Chinor fayzi baland


§ 8.2. O„zbekiston qishloq xo„jaligi solig„ining ahamiyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

§ 8.2. O„zbekiston qishloq xo„jaligi solig„ining ahamiyati 
1941-yil 3-iyulda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining ―Urush yillari 
qishloq xo‗jaligi hamda aholi daromad solig‗iga vaqtinchalik ustama 
to‗g‗risida‖gi Farmoni bilan oilasida bir nafar harbiy bo‗lgan 
bo‗lgan kolxozchilar oilasi, yakka tartibdagi xo‗jaliklarga 50 
foiz ustama, agar bu xonadonlarda ikki yoki undan ortiq 
harbiylar 
bo‗ladigan bo‗lsa butunlay ustamalardan ozod 
qilindi
125
. Davlat byudjetiga kelib tushayotgan mablag‗larni oqimini 
tezlashtirish maqsadida qishloq xo‗jalik solig‗i bir oy avval to‗lanishi 
belgilab 
qo‗yildi. 
Daromadga 
solingan 
ustama 
ishchi 
va 
xizmatchilarning faqat oylik maosh bilan to‗lanmadi, balki bu toifalarga 
bo‗lingan holda amalga oshirildi. Masalan, birinchi toifaga ishchilar va 
ularga tenglashtirilgan kishilar, ikkinchi toifaga daromad solig‗ini 
to‗lovchilar. Bu toifalarning o‗zida ham soliq to‗lovchi harbiy xizmatda 
bo‗lgan bo‗lmaganligiga qarab belgilandi. Bu ustama belgilashning 
asosiy xususiyati bo‗ldi
126
.
Urush davrining murakkab moliyaviy sharoitida iqtisod qilish 
darajasi mayda holatlargacha borib yetgan. Masalan, 1942 yildan 
respublika bo‗yicha telegraf jo‗natmalariga ketadigan harajatlarni 
qisqartirishga qaror qilindi. Hatto hukumat va boshqa markaziy 
boshqaruv organlari telegrammalari 100 so‗zgacha bo‗lishi, boshqa 
123
Вознесенский Н. Военная экономика СССР в период Отечественной войны. – Москва: 
Госполитиздат, 2004. - С.131. 
124
Гладков И.А. История социалистической экономики СССР. В 7 томах. Т.5. – Москва: Наука, 
1976-1980. –С.504.
125
Гладков И.А. История социалистической экономики СССР. В 7 т. ... – С.505-506. 
126
Плотников К.Н. Очерки истории бюджета Советского государства. – М.: Госфиниздат, 1955. – 
С. 305-309. 


182 
organ va tashkilotlar telegrammalarida so‗z miqdori 50 so‗zdan 
oshmasligi belgilandi. 
Oylik maoshlaridan iqtisod qilish maqsadida tashkilot, muassasa va 
korxonalarda asosiy hisoblanmaydigan shtat birliklari tugatildi. 
Qisqartirishlar butun tashkilotlarga ham taalluqli bo‗ldi. Bunday 
qisqartirishlar ro‗yxatiga turli tashkilot va muassasalar, savdo 
shaxobchalar ham kiritildi. Birgina 1942-yil 17-oktyabrdagi O‗zbekiston 
SSR XKK va KP(b) MQning 1390-sonli qo‗shma qarori asosida 
respublikada oylik maosh fondi 191906 so‗mni tashkil etuvchi, 501 shtat 
birligiga ega 29 ta tashkilot va muassasalar tugatildi
127
. Madaniy-
ma‘rifiy muassasalar tarmog‗i ham keskin qisqardi. 1940 yildan 
O‗zbekistonda 2859 madaniy muassasa ishlab turgan bo‗lsa, 1943 yilda 
1940 yildagiga nisbatan madaniy-ma‘rifiy muassasalar 500 taga 
qisqardi, qishloqlarda 221 ta kutubxona yopildi
128
.
1941-yil 21-noyabrda SSSR Oliy Sovetining ―SSSRdagi bo‗ydoq, 
yolg‗iz va farzandsiz fuqarolarga solingan soliqlar to‗g‗risida‖gi
129
Farmoniga ko‗ra bo‗ydoq, yolg‗iz va farzandsiz SSSR fuqarolarining 
soliq to‗lashi qonun bilan mustahkamlab qo‗yildi. Bu erkaklar uchun 20 
yoshdan 50 yoshgacha, ayollar uchun 20 yoshdan 45 yoshgacha qilib 
belgilandi. Bo‗ydoq, yolg‗iz va kichik oilali SSSR fuqarolaridan 
olinadigan soliq ish haqi olinadigan joyda hisoblanib, daromad solig‗i 
bilan bir vaqtda ushlab qolinar edi. Boshqa fuqarolardan (hunarmandlar, 
bino egalari, xususiy amaliyot bilan shug‗ullanuvchilar) ushbu soliq 
bevosita moliya organlari tomonidan mazkur yilda daromad solig‗ini 
hisoblash uchun aniqlangan daromad summasidan 6 foiz miqdorda 
undirilgan. Soliqlar bir yilda 4 marotaba teng qismlarga bo‗lib 
to‗langan
130
. Shuningdek, bu soliqni to‗lashda fuqarolar toifaga ham 
127
Qarang. Bobojonov X. Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʼzbekiston iqtisodiyotidagi transformatsion 
jarayonlar. Tarix.fan.boʼyicha fal.dokt. (PhD) diss. ... – Toshkent, 2018. - 102-103 betlar. 
128
Народное хозяйство Узбекской ССР за 50 лет (ст.сб.). – Ташкент: Узбекистан, 1967. – С.226-
227.
129
Григорьев В.В. Эволюция имущественного налогообложения физических лиц в России в ХХ 
веке // Евразийская адвокатура. 2018, №1. – С.11.
130
Толкушкин А.В. История налогов в России. – М.: Юристъ, 2001. – С-252. 


183 
bo‗lindi va ular belgilangan miqdorda soliq to‗laydigan bo‗ldilar. Soliq 
summalari qattiq va foizli stavkalarda belgilandi. Masalan, ishchilar va 
xizmatchilarga bir oylik maoshi 150 rubl bo‗lganda soliq miqdori 5 rubl, 
maosh 150 rubldan oshsa oylik maoshining 5 foizi to‗lanadigan bo‗ldi. 
Adabiyot va san‘at sohasida ishlaydigan kishilarga ham oylik 
maoshining 5 foizi miqdorida soliq belgilandi. Qolgan fuqarolar, 
xususan kolxoz, dehqon xo‗jaliklariga kiruvchi shaxslar yiliga 100 rubl 
to‗lashlari kerak bo‗lgan. Ayrim soliqlarga alohida summa turlari ham 
belgilandi, masalan, soliqqa tortilmagan fuqarolar yiliga 60 rubl 
to‗lashlari belgilab qo‗yildi
131
. 1944 yilga kelib uning miqdori bolasiz 
fuqarolar uchun 150 so‗m, bir bolaliklar uchun 50 so‗m va ikki 
bolaliklar uchun 25 so‗mga yetdi. Aynan shu yili qonun ―Kam bolali 
fuqarolar solig‗i‖, deb o‗zgartirildi va demografik pasayishni oldini olish 
maqsadida unda ―Qahramon onalar‖ imtiyozlari belgilandi
132
. 1945 yilga 
kelganda bu soliqlardan byudjetga 3,4 mlrd. rubl kelib tushgan
133

1941-yil 29-dekabrda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining ―Harbiy 
soliq to‗g‗risida
134
‖gi Farmoni chiqdi. Bu soliqni 18 yoshga to‗lgan 
SSSR fuqarolari to‗ladi. Unga ko‗ra mintaqalarga qarab 150 rubldan 600 
rublgacha bo‗lgan miqdorda qat‘iy belgilangan harbiy soliq joriy 
qilindi
135

Harbiy 
soliq 
qanday 
stavka 
bo‗yicha to‗lanishi 
to‗lovchilarning toifasi va ular oladigan daromadlarga bog‗liq bo‗ldi
136

Daromad oluvchi hunarmand, kosiblar ishchi va xizmatchilarga 
belgilangan soliq stavkasidan uch barobar ko‗p soliq to‗ladilar
137
. Yosh 
bo‗yicha harbiy xizmatga chaqirilishi yoki safarbar qilinishi lozim 
bo‗lgan, ammo safarbar qilinmagan yoki harbiy xizmatdan ozod 
131
Григорьев В.В. Эволюция имущественного налогообложения физических лиц в России в ХХ 
веке // Евразийская адвокатура. 2018, №1. – С.12.
132
Joʼraev Sh., Boboev S. Mahalliy soliqlar tarixi. – Buxoro, 2004. – 47-bet. 
133
Толкушин А.В. История налогов в России. – М,: Юристъ, 2001. – С-225. 
134
 
https://ru.wikisource.org/wiki/
. Murojat qilingan sana 5 oktyabr 2020-yil. 
135
Ушак Н.В. Теория и история налогообложения. Учеб пособ. / Н.В.Ушак. – Москва: Кнорус, 
2009. – С.57.
136
Тарасова В.Ф. Семыкина Л.Н., Сапрыкина Т.В. Налоги и налогообложение. – М.: КНОРУС, 
2007. –С.48. 
137
Гритчина М.Н. Налоговая полтитика в годы Великой отечественной войны // Региональная 
экономика: теория и практика. 2015, №40. – С.58.


184 
qilingan fuqarolar ular uchun maxsus belgilangan stavkalar bo‗yicha, 
hisoblangan soliq summasini 50 foizga ko‗paytirilgan tartibda to‗landi. 
Harbiy soliqdan Qizil Armiya askarlari, ofitserlar tarkibi, harakatdagi 
armiyada xizmatda bo‗lganlar, harbiy xizmatchilar oilalari, davlatdan 
yordam pul (posobiya) oladiganlar, I va II guruh nogironlari soliqdan 
ozod qilindi. Harbiy soliq 1946-yil 1-yanvardan bekor qilindi
138
.
Bu borada Respublika bo‗yicha statistik ma‘lumotlarga murojaat 
qilinadigan bo‗lsa, Toshkent viloyatida har bitta xo‗jalik a‘zosi uchun 
to‗lanadigan harbiy soliq 370 rublni, Andijon viloyatida 480 rublni, 
Surxondaryo viloyatida 420 rublni, Xorazmda 350 rublni, Samarqandda 
460 rublni, Farg‗ona viloyatida 360 rublni, Namangan viloyatida 460 
rublni, Buxoro viloyatida 470 rublni, Qoraqalpog‗iston ASSRda 390 
rublni tashkil etgan
139
. Bu soliq amal qilish davrida harbiy soliq bo‗yicha 
tushumlar 7,2 mlrd. rublni tashkil qildi
140
. Ma‘lumotlardan ko‗rinib 
turibdiki, viloyatlardan yig‗ilgan soliqlar turlicha bo‗lib, bunda ulardagi 
o‗ziga xos xususiyatlar hisobga olingan edi.
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1942-yil 10-aprelda ―Mahalliy 
soliq va yigʼimlar to‗gʼrisida‖gi Farmoni chiqdi. Unga muvofiq 
qurilishlardan undiriladigan soliqlar, yer rentasi, transport egalaridan 
olinadigan yigʼim va hayvonlar uchun yigʼimlar belgilandi . Ushbu 
meʼyoriy-huquqiy hujjatga muvofiq transport vositalari egalariga 
differentsiyalangan 
stavkalar 
biriktirilib, 
transport 
vositalariga 
quyidagilar kiritildi: avtomobillar, mototsikllar, velosipedlar, yaxtalar, 
qayiqlar, yaliklar (ikki yoki to‗rt eshkakli qayiqlar), paromlar (solsimon 
yassi kema), ot-arava transporti (xalq sanoatida ishlatiladigan otlar va 
boshqa hayvonlar). 
Shu o‗rinda ta‘kidlash lozimki, soliq siyosatidagi o‗zgarishlar 
ma‘lum ma‘noda davlatning iqtisodiyoti, siyosati va mafkurasida sodir 
bo‗lgan tanaffuslarda aks etadi. Shuningdek, soliqlar iqtisod 
rivojlanganligi, davlatning mustahkamligi, davlat funksiyalarining 
138
Joʼraev Sh., Boboev S. Mahalliy soliqlar tarixi. – Buxoro, 2004. 47-bet.
139
OʼzMА, R-837-fond, 32-roʼyxat, 3747-yigʼmajild, 265-varaq. 
140
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 6190-yigʼmajild, 4-varaq. 


185 
kenglik doirasi, iqtisod rivojiga ta‘sirlarning kuchaytirilishiga ko‗ra 
shakllandi va takomillashib stavkalar biriktirilib, transport vositalariga 
quyidagilar kiritildi: avtomobillar, mototsikllar, velosipedlar, yaxtalar, 
qayiqlar, yaliklar (ikki yoki to‗rt eshkakli qayiqlar), paromlar (solsimon 
yassi kema), ot-arava transporti (xalq sanoatida ishlatiladigan otlar va 
boshqa hayvonlar)
141
.
Shuni alohida qayd etish kerakki, katta markazlar va ittifoqdosh 
respublikalar poytaxtlarida istiqomat qiluvchilar qishloq aholisiga 
nisbatan 2-4 marta ko‗p soliq to‗ladilar. Bu farmoyishda transport 
solig‗ini to‗laydigan va to‗lamaydiganlar toifalariga ham ajratildi. 
Farmonning 28-moddasiga ko‗ra, bu soliqni shaharlarda ishchi, dala 
hovli va kurort qishloqlarda avtomobil, mototsikl, velosiped, yaxta, 
qiyiq, parom, ishlab chiqarishda foydalaniladigan ishchi ot - aravasi 
borlar transport solig‗ini to‗lashi belgilab qo‗yildi. Farmonning 29-
moddasida bo‗lsa oltin va platina hamda boshqa noyob metall 
qidiruvchilar, qazib olish hamda qayta ishlov bilan shug‗ullanuvchilar, 
xo‗jaliklari qishloq xo‗jaligi solig‗iga tortilganda otlari va boshqa 
jonivorlari hisobga olingan xo‗jaliklar, o‗zaro kelishuv asosida SSSR 
hukumati xorijiy davlatlarning diplomatik vakillari hamda konsullik 
vakillari, xorijiy avtomobil jamiyatlari a‘zosi bo‗lgan, shuningdek, 
ittifoqqa avtomobillar harakatlanishi to‗g‗risidagi xalqaro konvensiya 
asosida kelgan chet el fuqarolari, SSSR hududida 12 kun muddatdan 
ko‗p bo‗lmagan vaqtda yashagan xorij fuqarolari soliqdan ozod qilingan 
edi
142
.
Urush yillari kolxoz bozorlarida narxlar oshib borganligi, ommaviy 
hujumga uchragan shahar aholisining qishloqlarga ko‗chishi, ular bilan 
mol –mulkning ko‗chirilishi sababli ―Mulk solig‗i‖, ―Qishloq xo‗jalik 
solig‗i‖, ―Daromad solig‗i‖ kabi soliqlar stavkasi ko‗tarildi
143
.
SSSR XXK va SK VKP(b)ning 1942 yil 13 apreldagi ―Kolxozchilar 
uchun ish kunlarini majburiy oshirish to‗g‗risida‖gi Qarorida ish 
141
Раманова Л.С. Транспортное налогообложение: история развития и направления 
совершенствования // Вестник Бурятского государственного университета. 2015, №2. – С-88.
142
Артемьева О, Тропина Ю. История развития транспортного налога в России // Электронный 
научный журнал ―Вектор экономики‖. 2020, №10. / Вектор экономики /www.vectoreconomy.ry/ 
СМИ ЭЛ №ФС 77-66790, ISSN 2500-3666.
143
Joʼraev Sh., Boboev S. Mahalliy soliqlar tarixi. Buxoro, 2004. – 47 bet. 


186 
kunlarini majburiy oshirish bir yilga hisoblaganda mamlakatning 
noqoratuproq rayonlari hamda shimoliy va sharqiy hududlarida 60 
kundan 100 kungacha va 80 kundan 120 kungacha, paxtachilikka 
ixtisoslashgan hududlarda 100 kundan 150 kungacha qilib belgilandi
144
.
1942-yil 24-noyabrda SSSR XKK tomonidan (1882 – son) 
―Kolxozlar va yakka tartibdagi xo‗jaliklar tomonidan davlatga qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlarini majburiy tartibda yetkazib berilmasligi 
mas‘uliyati to‗g‗risida‖gi Qonun qabul qilindi
145
. Bu Qonun urushdan 
keyingi yillarda ham bekor qilinmagan etdi. Urushdan keyingi yillarda 
go‗sht, bug‗doy, kartoshka topshirish vazirliklar orqali qonuniy ravishda 
―hech qanday tortishuvlarsiz, sudsiz‖ amalga oshirildi. 1931-1942-
yillarda jismoniy shaxslardan, kolxoz xo‗jaliklari va yakka tartibdagi 
dehqon xo‗jaliklaridan olingan turar joy va madaniy-maishiy qurilishlar 
uchun to‗lov esa 1943-yilda bekor qilinib, daromad solig‗iga qo‗shib 
yuborildi
146
.
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1942-yil 10-sentyabrdagi Qarori 
asosida ―ov itlarini ro‗yhatdan o‗tkazish yig‗imi va tomoshalar uchun 
yagona soliqlar‖ joriy qilindi
147
. 1943 yilning may oyida ovchi itlarini 
ro‗yxatga olish uchun to‗lov kiritildi. Ushbu to‗lov ovchi itlarni ularni 
yetishtirish sohasidagi kitoblarda qayd qilish va qayd qilinganligi 
to‗g‗risida ko‗chirmalar olish uchun to‗lanar edi. Umumittifoq qayd 
qilish kitoblaridan ko‗chirma olish uchun bu to‗lov stavkasi 4 rublni, 
yordamchi kitoblardan ko‗chirma olish uchun esa 2 rublni tashkil etdi. 
To‗lov mablag‗lari bir xil miqdorda ittifoq respublikalarining davlat 
byudjetlari va ovchi itlarni yetishtirish sohasini rivojlantirish bo‗yicha 
chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun ittifoqdosh respublikalar 
Ministrlar Soveti huzuridagi davlat ovchilik inspeksiyalari tasarrufiga 
o‗tkazildi
148
.
144
Гритчина М.Н. Налоговая полтитика в годы Великой отечественной войны // Региональная 
экономика: теория и практика. 2015, №40. – С.61.
145
Попов В.П. Крестьянские налоги // Социологические исследования. 1997, №2. – С.97.
146
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 6190-yigʼmajild, 4-varaq. 
147
Гритчина М.Н. Налоговая полтитика в годы Великой отечественной войны // Региональная 
экономика: теория и практика. 2015, №40. – С.61.
148
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 6190-yigʼmajild, 4-varaq. 


187 
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1942-yil 10-apreldagi qarori bilan 
esa shahar va posyolkalarda (shaharchalarda) mahalliy Sovetlar 
tomonidan chorva egalaridan yig‗imlar tashkil qilindi. Davlat byudjetiga 
yig‗iladigan ba‘zi to‗lovlar boshqasiga almashtirildi yoki ular bilan 
birlashtirib yuborildi. 
Mahalliy byudjetlarni to‗ldirish maqsadida SSSR Oliy Soveti 
Prezidiumining 1942 yil 10 sentyabrda ―Tomoshalardan olinadigan soliq 
to‗g‗risida‖gi Qaror ham chiqarilib, unga asosan tomoshalardan 
to‗lanadigan yagona soliq kiritildi. Ushbu soliqni davlat, kooperativ, 
jamoat korxonalari va tashkilotlari pullik kinoseanslar, sirk tomoshalari 
va sport musobaqalarini o‗tkazishdan olgan yalpi daromadlaridan turli 
xil stavkalar bo‗yicha to‗lanishi yo‗lga qo‗yildi.
Undan tashqari davlat bojlari ham bo‗lib, ular maxsus vakolatga ega 
tashkilotlar – sud, davlat arbitraji, notarial idoralar, militsiya, FHDYO 
bo‗limlari, moliya tizimi organlari, Xalq deputatlari Kengashlarining ijro 
qo‗mitalari tomonidan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar 
manfaatlaridagi harakatlarni amalga oshirish hamda yuridik ahamiyatga 
ega bo‗lgan hujjatlarni topshirish, da‘vo va shikoyat arizalarini ko‗rib 
chiqish, bitimlar, vasiyatnomalar va ishonch kog‗ozlarini tasdiqlash, 
fuqarolik holatini yoki ZAGS qayd qilish, hunarmandchilik bilan 
shug‗ullanish uchun guvohnoma berish uchun olingan pul mablag‗lari 
edi
149
. Urush yillari turli sohalarda qisqartirish ishlari bo‗lib o‗tdi. Hatto, 
hukumat va markaziy organlari o‗rtasidagi turli telegramma 
yozishlarining so‗zlarining soni ham qisqartirildi
150

Vasiyatnoma, avtomobil va mototsikllarni hadya qilish to‗g‗risidagi 
bitimlarni tasdiqlatish hamda merosga egalik huquqi to‗g‗risida 
guvohnoma olish uchun to‗lanadigan davlat bojlari SSSR Oliy Soveti 
Prezidiumining 1943-yil 9-yanvardagi Qaroriga binoan bekor qilindi
151
.
Ikkinchi jahon urushi yillarida ixtiyoriy badallar to‗lash ya‘ni, aholi 
mablag‗larini Mudofaa Fondi va Qizil Armiya Fondiga jalb qilish ham 
keng tarqaldi. Bu jarayonda 1941-1945-yillar mobaynida byudjetga 
111,7 mlrd. rubl mablag‗ jalb qilinib, ulardan davlat va kooperativ 
149
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 6190-yigʼmajild, 4-varaq. 
150
OʼzMА, R-837-fond, 32-roʼyxat, 3260-yigʼmajild, 7-varaq. 
151
OʼzMА, R-837-fond, 32-roʼyxat, 3260-yigʼmajild, 4-varaq.. 


188 
korxonalardan tushgan to‗lovlar (sotsialistik xo‗jalikdan olingan 
daromadlar) 84,7 mlrd. rublni tashkil etdi
152
.
1943-yil 30-aprelda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining ―Aholidan 
olinadigan daromad solig‗i to‗g‗risida‖gi Farmoni qabul qilingan 
vaqtdan boshlab 40 yil davomida daromad solig‗ining asoslarini 
aniqlashtirib turdi
153
. Bu qarorga ko‗ra daromad solig‗i to‗laydiganlar 
uch toifaga SSSR fuqarolari, xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‗lmagan 
shaxslarga bo‗lindi
154
. Bu fuqarolar soliqni oylik maoshlaridan, xususiy 
daromaddan, mualliflik mukofotlaridan, asosiy ish joyidan tashqari 
olingan maoshlardan to‗laganlar va ularning soliq stavkasi ham belgilab 
qo‗yilgan
155
. Masalan, maoshi oyiga belgilangan mablag‗ 71 rubldan 
oshsa 35 foiz, 101 rubldan oshsa 8 rubl 20 kop., yana qo‗shimcha 13 
foiz (100 rubldan oshganligi uchun) hammasi bo‗lib 8 rubl 33 kop. 
to‗laganlar. Eng yuqori soliq 90 foizlik bo‗lib, 15.000 rubldan oshiq 
san‘atda, adabiyotda, ilm-fanda mualliflik huquqi uchun mukofot 
olganlar to‗lagan
156
.
Bu qonunga ko‗ra harbiy xizmatchilar, shuningdek, Sovet Ittifoqi 
Qahramonlari, 3 darajali Shon-shuhrat ordeni bilan mukofotlanganlar, 
Ikkinchi jahon urushi nogironlari, boshqa xizmat vaqtida nogiron bo‗lib 
qolgan harbiy xizmatchilar, daromad solig‗iga davlat tomonidan 
homiladorligi paytida vaqtinchalik nogironligi (ishsizligi) uchun, bola 
parvarishida bo‗lganligi uchun, boquvchisini yo‗qotganlar, shuningdek 
ish vaqtida jarohat olganlarga to‗lanadigan mablag‗lar kiritilmagan. Bu 
qonun ba‘zi o‗zgarishlar kiritib kelinishi bilan 1990 yilga qadar kuchda 
bo‗ldi.
Shu o‗rinda ta‘kidlab o‗tish lozimki, urush boshlanishi bilan turli 
soliq majburiyatlaridan tashqari ixtiyoriy fondlar ham tashkil etildi. 
Jumladan, davlat bankining barcha bo‗limlarida Mudofaa fondi tuzildi. 
Xalq o‗zining qimmatbaho buyumlari va pullarini mana shu bankka ham 
152
Толкушкин А.В. История налогов в России. ... – С. 253. 
153
Едронова В.Н., Телегус А.В. Элементы подоходного налогообложения физических лиц в 
налоговое политике советского периода // Финансы и кредит. – Москва. 2015. -№5, - С.55.
154
Толкушина А.В. История налогов в России. – Москва. Юристъ, 2001.
155
Петухова Н.Е. История налогообложения в России IX-XX вв. Учеб пособ / Н.Е.Петухова. – 
Москва. Вузовский учебник, 2008. – С. 360-361.
156
Едронова В.Н., Телегус А.В. Элементы подоходного налогообложения физических лиц в 
налоговой политике советского периода // Финансы и кредит. 2015, №5. – С 60.


189 
topshirdilar. Urushdan avvalgi yillarda aholidan soliqlar undirilgan 
bo‗lsa, urush yillari mahalliy aholi o‗z ixtiyori bilan mablag‗larni olib 
kelib topshirdi. Natijada bu yillar mudofaa fondiga 17,6 mlrd. rubl naqd 
pul, 13,2 kg. platina, 131,4 kg oltin, 9.519 kg. kumush, 1,7 mlrd rubllik 
qimmatbaho taqinchoqlar kelib tushdi
157
. O‗zbekistonda ham urushning 
dastlabki kunlaridan mudofaa jamg‗armasini tashkil etish maqsadida 
ishchilar, kolxozchilar, ziyolilar bir kunlik ish haqlari, kommunistik 
shanbaliklardan ishlab topilgan pullarni, fuqarolarning shaxsiy 
jamg‗armalari, qimmatbaho boyliklar, davlat zayomlari, buyumlar, oziq-
ovqat mahsulotlarini topshirdilar. Umuman, respublika aholisidan 
urushning dastlabki kunlaridayoq 30 mln. rubllik miqdorda pul, 
obligatsiya va qimmatbaho boyliklar tushdi. O‗zbekiston aholisi urush 
yillari mudofaa jamg‗armasiga jami 649,9 mln. rubl pul, 22 kg. oltin va 
kumush topshirdi
158
.
Bu davrda Mamlakat mudofaa fondi va Qizil Armiya fondi uchun 
aholidan undiriladigan soliqlar muntazam o‗zgarib, oshib bordi. Urush 
yillari aholidan olinadigan soliqlar 4,2 martaga o‗sdi. 1941-1945 yillarda 
byudjetga 111,7 mlrd. rubl mablag‗ kiritildi. Undan tashqari davlat 
zayomlari orqali ham byudjetga pul tushirib turildi. Davlat zayomlari 
orqali byudjetga 113,9 mlrd. rubl tushdi va bu harbiy holat davrida 
byudjet daromadining 10,2 foizini tashkil etdi. Davlat muassasalaridan 
kelib tushadigan soliqlar urush yillari 21,4 foizga o‗sdi. Umuman, urush 
yillari aholi tomonidan davlat byudjetiga 133 mlrd. rubl tushirildi va bu 
byudjet daromadining 11,9 foizini tashkil etdi. Shu tariqa sovet moliya 
va soliq tizimida davlat hisobi uchun soliqlarni undirish siyosati 
qattiqqo‗llik bilan amalga oshirib, davlat byudjetining haqqoniy 
to‗ldirishiga xizmat qildi
159
.
Xulosa qilib aytganda, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi 
qiyinchiliklarga qaramasdan sovet davlati moliya tizimida ma‘lum 
yutuqlarga erishildi. Soliqlarning katta qismi davlat tashkilotlarining 
157
Гритчина М.Н. Налоговая полтитика в годы Великой отечественной войны // Региональная 
экономика: теория и практика. 2015, №40. – С.63. 
158
Oʼzbekiston tarixi (1917-1991 yillar). Ikkinchi kitob. 1939-1991 yillar. – T.: Ozbekiston, 2019. – 12- 
bet. 
159
 
https://ru.wikisource.org/wiki/
.
Murojat qilingan sana 5-oktyabr 2020-yil. 


190 
davlat byudjeti uchun majburiy to‗lovlariga aylantirildi. Mamlakat xalq 
xo‗jaligi va aholining butun daromadlari urushni moliyalashtirishga va 
davlat byudjetini to‗ldirishga sarflandi. Urush tufayli qisqargan byudjet 
aholiga soliq va boshqa iqtisodiy majburiyatlarni ko‗paytirish orqali 
qoplandi. 1941-yildan 1945-yilgacha bo‗lgan davrda byudjetni to‗ldirish 
maqsadida yangi ko‗rinishdagi yangi soliq to‗lovlari joriy qilindi. 
Masalan, bo‗ydoq, yolg‗iz va kichik oilali SSSR fuqarolaridan 
olinadigan soliq ish haqi olinadigan joyda hisoblanib, daromad solig‗i 
bilan bir vaqtda ushlab qolinar edi. Daromad oluvchi hunarmand, 
kosiblar ishchi va xizmatchilarga belgilangan soliq stavkasidan uch 
barobar, katta markazlar va ittifoqdosh respublikalar poytaxtlarida 
istiqomat qiluvchilar qishloq aholisiga nisbatan 2-4 marta ko‗p soliq 
to‗ladilar. Biroq, urushdan keyingi yillarda aholidan byudjetga 
tushadigan soliq tushumlarining hajmi ancha qisqartirildi.
Sovet davlatida soliqlar tizimi shaklan sodda ko‗rinishda bo‗lsada, u 
sohaviy yo‗nalishlar jihatidan ichki murakkab tarmoqlashgan tarkibga 
ega bo‗ldi. Bu tizim bevosita oltita soliq solinadigan sohalar qismi va 
yettita tashkiliy sohalar bo‗limidan iborat edi. Tizimdagi oltita soliq 
olinadigan sohalar daromad solig‗i, mahalliy soliqlar, qishloq xo‗jaligida 
o‗z-o‗zini soliqqa tortish va davlat poshlinasi kabi shakllardan iborat 
bo‗lgan.
SSSR 
byudjetining 
tuzilishi 
SSSR 
Konstitutsiyasi 
bilan 
mustahkamlangan bo‗lib, ittifoqdosh respublikalarni vakolatlarini 
chegaralash SSSR va ittifoqdosh respublikalarning byudjet huquqlari 
to‗g‗risidagi Nizomga, MIQ va SSSR XKSning 1931 yil 21 dekabrdagi 
―Respublika va mahalliy byudjetlar‖to‗g‗risidagi qaror hamda 1959-yil
30 oktyabrdagi SSSR va ittifoqdosh respublikalarning byudjet huquqlari 
to‗g‗risidagi Qonun bilan tartibga solingan edi. SSSRda davlat tuzumi 
ittifoqdosh davlat – federatsiya bo‗lganligi sababli SSSR hukumati 
davlat byudjetini va ittifoqdosh respublikalar byudjetini birlashtirgan 
edi. U o‗z ichiga ittifoqdosh respublikalar davlat byudjeti, avtonom 
respublikalarning davlat byudjeti va mahalliy byudjetlarni (viloyat, 


191 
o‗lka), respublikalarga bo‗ysunuvchi shahar byudjetlarini, ishchilar 
poselkasi byudjetlarini, qishloq Kengashlari byudjetlarini olgan edi
160
.
Byudjet daromadlarining asosiy manbasi – xo‗jalik organlari, 
korxonalar, tashkilotlarning pul jamg‗armalari bo‗lib, ular majburiy 
bo‗lgan. Shu sababli davlat, kooperativ (kolxozlar ham shuni ichida), 
jamoat tashkilotlaridan olinadigan o‗z vaqtida to‗lanmagan soliqlar bahs 
munozarasiz yig‗ilgan. Agar byudjetga to‗lovlar fuqarolar tomonidan 
amalga oshirilmasa xalq sudlari yordamida undirilgan.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda sovet mamlakatida soliq 
tizimi sovet xo‗jaligiga asoslangan holda asta-sekinlik bilan o‗zgartirib 
borildi. Sovet davlatining harbiy harajatlari xalq ehtiyoji mollarini ishlab 
chiqarishni keskin qisqartirib yubordi. Xalq ehtiyoji mollariga bo‗lgan 
talab keskin ravishda oshib ketdi. Ikkinchi jahon urushi yillari 
okkupatsiya qilingan hududlarda soxta pullar ko‗payib, davlat 
g‗aznasiga mablag‗ kelib tushishi keskin pasayib ketdi. Pul mablag‗lari 
bozorlarda chayqovchilar tomonidan aylanar, aholining ko‗pchiligi pulni 
qo‗lda saqlab turishni lozim topgan edi. Ayni paytda urush yillari davlat 
g‗aznasidan muomalaga 55,4 mlrd. rubl chiqarildi
161
. Davlatning moliya 
va pul masalasida aniq chora – tadbirlar rejasini ishlab chiqishdan 
boshqa chorasi qolmadi. 1946-yilda pul islohotiga tayyorgarlik 
boshlanib, faqat shu yillardagi qurg‗oqchilik tufayli, ko‗rilgan talofatlar 
qisman 
tugatilgandan 
so‗ng 1947-yilning 16-dekabridan 29-
dekabrigacha bo‗lgan qisqa muddatda o‗tkazildi. 1947-yil 13-dekabrda 
SSSR Ministrlar Soveti va VKP(b) MQning ―Oziq – ovqat va sanoat 
mahsulotlariga kartochka tizimini bekor qilish va pul islohotlarini 
o‗tkazish to‗g‗risida‖gi Farmoni chiqdi. Unda ―hozirgi kunda rubl 
kursini oshirish hamda kartochka tizimini bekor qilish, kengaytirilgan 
savdoga va yagona davlat narxiga o‗tish maqsadida Sovet davlati oldida 
pul islohotlarini o‗tkazish vazifasi turibdi‖ – deb ta‘kidlandi
162
.
160
Толкушин А.В. История налогов в России. – М.: Юристъ, 2001. – С.225.
161
Ломшин В. Денежная реформа 1947 г. и отмена карточной системы // Регионология. 2010, № 
271. – С. 314.
162
// Известия. 14 декабря 1947 г.


192 
Islohotlar yashirincha boshlanganligi sababli pul islohotlari 
boshlanishidan uch kun avval barcha kassalar berkitildi. Islohotlar 
natijasida mamlakatda soxta pullarni aylanishiga barham berilib, 
chayqovchilikni 
kamayishiga 
sabab 
bo‗ldi. Banklarga foizga 
qo‗yilayotgan mablag‗lar ortdi. Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab 
chiqarish ham yo‗lga qo‗yildi. 1946 yilda sanoat mahsulotlarini ishlab 
chiqarish 20 foizga, ip-gazlama ishlab chiqarish 17 foizga, sherst 
mahsulotlari ishlab chiqarish 30 foizga, teri oyoq kiyimlar ishlab 
chiqarish 28 foizga, hayvon yog‗i 69 foizga, o‗simlik yog‗i 18 foizga 
o‗sdi
163
. 1947 yil 14 dekabrda SSSR Ministrlar Sovetining ―Oziq - ovqat 
va sanoat mahsulotlarini bitta qo‗lda sotish normalari to‗g‗risida‖gi 
Farmoyishi chiqdi. Unda bitta qo‗lga 2 kg., non, krupa va makaronlar
1 kg., go‗sht va go‗sht mahsulotlari 1 kg., kolbasa mahsulotlari 0,5 kg., 
smetana 0,5 kg., sut 1 litr, shakar 0,5 kg., ip matolar 6 metr, ip 1 ta 
g‗altak, paypoq 2 poy, teri, tekstil, rezina oyoq kiyimlar 1 dona, xo‗jalik 
sovuni 1 dona, atir sovun 1 dona, gugurt 2 ta korobka, kerosin – 2 litr 
qilib belgilandi
164
. 1947-yil 16-dekabrga kelib kartochka tizimi ham 
bekor qilindi.
Soliq to‗lovchilarni ro‗yxatga olish soliq organlari hamda boshqa 
davlat va nodavlat organlar va tashkilotlar, shuningdek, adliya va 
statistika organlari, fuqarolik holatini qayd etuvchi organlar, notariatlar, 
davlat banki va uning bo‗linmalari hamda bojxona organlari tomonidan 
amalga oshirildi. Ayni paytda davlat poshlinasi ham mavjud bo‗lib, u 
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1942 yil 10 apreldagi ―Davlat 
poshlinasi stavkalari to‗g‗risida‖gi, SSSR Davlat bankining 1945-yil 20-
iyuldagi ―Davlat poshlinasini to‗lash tartibi va davlat poshlinasi 
markalarini hisobga olish va sotish to‗g‗risida‖gi hamda SSSR oliy 
Soveti Prezidiumining 1979 yil 29 iyundagi ―Davlat poshlinasi 
to‗g‗risida‖gi qonunlari asosida olindi.
163
Петренко В. О необходимости и результатах денежной реформы 1947 года в Советком Союзе // 
ВЕСТНИК КамчатГУ. 2018, №43. – С. 56.
164
Ломшин В. Денежная реформа 1947 г. и отмена карточной системы // Регионология. 2010, № 
271. – С. 314.


193 
Davlat poshlinasini sud tashkilotlari, arbitraj organlar, notarial va 
fuqarolik holatini qayd etuvchi organlar, davlatga kelib ketuvchilarni 
qayd etish va pasportlarni qayd etish organlari, shahar va qishloq moliya 
bo‗limlari, turli xil ruxsatnomalar beruvchi organlar hamda muhalliy 
sovetlar organlar, notarial idoralar bo‗lmagan sharoitda davlat 
poshlinasini mahalliy ijroko‗mlar oldi.
Davlat poshlinasi hujjatlashtirish va hujjatlar berilganligi uchun 
fuqarolar, tashkilotlar hamda barcha korxonalardan olindi. Davlat 
poshlinasi oddiy va proporsional turlarga bo‗lingan. Oddiy poshlinalar 
qatiy stavkalar orqali belgilansa, proporsional poshlinalar hujjat 
summasiga qarab miqdor jihatdan o‗zgarib borgan.
Davlat poshlinasi markalari belgilangan tartibda sudlar, notaril 
kontoralar va kassalarga bo‗lib, ular Davlat banki ko‗rsatmalari asosida 
sotilgan. Sotilgan markalar qaytarib olinmagan yoki boshqasiga 
almashtirilmagan
165

Davlat arbitraj organlarida ko‗riladigan ishlar bo‗yicha poshlinalar 
asosan shartnomalar tuzish, ular bo‗yicha bahsli holatlarni bartaraf etish, 
bekor qilish, bajarish davomida yuzaga kelgan o‗zgarishlarni qayd etish 
va shartnoma bo‗yicha qarorlarni da‘vo sudiga tortish hujjatlaridan 
olingan. Davlat arbitraj ishlari bo‗yicha quyidagi miqdorda poshlinalar 
olingan. SSSR Ministrlar Soveti arbitrajida – 10 rubl, Respublikalar 
Ministrlar Soveti arbitrajida 50 rubl, boshqa davlat arbitraj organlarida 
25 so‗m bo‗lgan. Bu mablag‗ mulkiy va nomulkiy baxsli ishlarda 
ishning harakatiga qarab o‗zgarib turgan edi.
1954-yili SSSRda amaldagi tizimga muvofiq byudjetga aylanma 
solig‗i, notovar oparetsiyalardan olinadigan soliq, foydadan ajratmalar 
va boshqa to‗lovlarni to‗lash lozim bo‗lgan xo‗jalik organlari ro‗yxatga 
olingan. Soliq to‗lovchilarni ro‗yxatga olish tuman, shahar moliya 
165
Joʼraev Sh., Boboev S. Mahalliy soliqlar tarixi. – Buxoro, 2004. – 65 bet. 


194 
bo‗limlari tomonidan korxona va tashkilotlarning joylashgan hududi 
bo‗yicha ikki yilda bir marotaba amalga oshirilgan edi
166
.
1956 yildan soliq nazorati xizmat vazifasiga qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini aholi tomonidan shartli ravishda davlatga yetkazishni 
tashkil etish vazifasi kiritildi. Qishloq xo‗jaligi solig‗idagi islohotdan 
keyin qishloq aholisining soliq to‗lovi hajmi pasaydi, 1956 yil 1 martdan 
esa soliq vakili shtati tugatildi va bu to‗lovlarni qabul qilish qishloq 
kengashlari zimmasiga yuklatildi. 1959 yilda soliq nazoratlari davlat 
daromadlari nazoratlari(inspeksiyalari) bilan birlashdi. Natijada soliq 
uchastkalari hududiy deb ataladigan, soliq nazoratchilari vazifasini 
davlat daromadlari bo‗yicha inspektorlar bajaradigan bo‗ldi. 
Shundan so‗ng 1960 yil 7 mayda ―Ishchi va xizmatchilarning ish 
haqidan soliqlar olishni bekor qilish to‗g‗risida‖gi Qonuni chiqdi. Unga 
ko‗ra daromad solig‗i hamda SSSRning bo‗ydoq, yolg‗iz va kam bolali 
fuqarolarga solinadigan soliqni ishchi va xizmatchilarning ish haqidan 
olish 1965-yil 1-oktyabrdan boshlab batamom bekor qilish belgilandi. 
SSSRning bo‗ydoq, yolg‗iz va kam bolali fuqarolari to‗laydigan soliqni 
ishchi va xizmatchilarning asosiy ishlab turgan joylaridagi ish haqidan 
olish oyiga 500 so‗mgacha bo‗lganda 1960 yil 1 oktyabrdan, oyiga 600 
so‗mgacha bo‗lganida 1961 yil 1 oktyabrdan, oyiga 700 so‗mgacha 
bo‗lganida 1962 yil 1 oktyabrdan to‗xtalishi belgilandi
167
.
Shu bilan birga, ta‘rif stavkalari va vazifa maoshlari oyiga 1000 
so‗mgacha bo‗lgan miqdorda belgilangan ishchi va xizmatchilardan 
daromad solig‗i olish batamom to‗xtatilib, ularning qo‗liga tegadigan ish 
haqi shu stavkalar va maoshlardan olinib kelgan soliqning butun 
summasi miqdorda ko‗paytirilishi belgilandi
168
. 1964 yil SSSR Oliy 
soveti ―Ta‘lim, sog‗liqni saqlash, uy-joy kommunal xo‗jaligi, savdo va 
umumiy ovqatlanish hamda xalq xo‗jaligining boshqa tarmoqlarida 
166
Толкушкин А. В. История налогов в России. 
М.: «Юристъ», 2001. – С. 248.
167
Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining Qonuni. Ishchi va xizmatchilarning ish haqidan soliqlar 
olishni bekor qilish toʼgʼrisida // Qizil Oʼzbekiston. 1960 yil 10 may. 
168
Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining Qonuni. Ishchi va xizmatchilarning ish haqidan soliqlar 
olishni bekor qilish toʼgʼrisida // Qizil Oʼzbekiston. 1960 yil 10 may. 


195 
xizmat qiluvchi aholi oylik maoshlarini oshirish to‗g‗risi‖gi Qonunni 
qabul qildi. 1964 yil 23 dekabrda O‗zbekiston SSR Oliy Soveti 1965-
yilga davlat byudjetini tasdiqladi. Bu yillarda O‗zbekiston yetti yillikni 
1.840.681 ming rubl daromad, 1.840.486 harajat va 2.195 daromad bilan 
tugatgan bo‗lsa,
169
yuqoridagi qonunga ko‗ra O‗zbekiston ijtimoiy – 
madaniy tashkilotlar xodimlarining maoshi 84 mln. rublga oshirish 
belgilandi
170
. Ayni paytda birgina ijtimoiy – madaniy tomoshalarga 1965 
yilning o‗zida 923.341 ming rubl sarflash belgilandi. Bu 1964 yilga 
nisbatan 128.117 ming rubl, yoki 16,1 foizga oshiq qilib belgilandi. 
Yetti yillik rejani 2.195 daromad bilan tugatgan respublika byudjetida 
birgina ijtimoiy – madaniy tadbirlarga belgilangan mablag‗ning o‗zi 
sovet xo‗jasizligining bir ko‗rinishi edi. 
Soliq to‗lovlaridan tashqari 1965-1985 yillarda Sovet Ittifoqida 
to‗lov va yig‗imlar ham mavjud bo‗lgan. To‗lovlar, alohida jismoniy va 
yuridik shaxslarga tashkilotlar tomonidan ko‗rsatilgan ma‘lum harakat 
yoki xizmat uchun olinadigan to‗lovni nazarda tutardi. 1962 yilda 
aholidan mamlakat byudjetiga kelib tushgan mablag‗lar 6,1 mlrd.rublni 
tashkil etgan bo‗lib, u davlat byudjetiga kirimning 7,2 foiziga to‗g‗ri 
kelgan edi. Statistik ma‘lumotning e‘tiborli tomonida shundaki, keyingi 
o‗n yilliklarda ham mana shu miqdor o‗zgarmay qoldi. 1986 yilga kelib 
aholining daromad solig‗idan kelib tushgan kirim 3,9 foizni (ijtimoiy 
ta‘minotning 3,9 foizini qo‗shmaganda) tashkil etdi. Umuman, bu 
yillarda umumiy byudjetga kelib tushgan daromad solig‗i 6-6,8 foizni 
tashkil etdi
171
.
SSSRda o‗z-o‗zini soliqqa tortish tizimi ham mavjud bo‗lgan. Bu 
fuqarolarning ijtimoiy va madaniy qurilish va obodonlashtirish ishlari 
bo‗yicha mahalliy tadbirlarda naqd pul yoki beg‗araz mehnat bilan 
169
Муратходжаев В. Бюджет завершаюшего года семилетки // Экономика и жизнь. Март 1965 г. – 
С.8. 
170
Муратходжаев В. Бюджет завершаюшего года семилетки // Экономика и жизнь. Март 1965 г. – 
С.9. 
171
Едронова В., Телегус А. Элементы подоходного налогообложения физических лиц в налоговой 
политике Советского периода // Финансы и кредит. 2015, №40. – С.61.


196 
ixtiyoriy ravishda ishtirok etish shaklida namoyon bo‗lgan edi. SSSR 
Oliy Soveti Prezidiumining 1983-yil 5-martda ―SSSR Oliy Soveti 
Prezidiumining ―Mahalliy soliqlar va yig‗imlar to‗g‗risida‖gi Farmoniga 
o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi Farmoniga asosan 
o‗z-o‗ziga soliq solish tartibini joriy etish va belgilash huquqi 
ittifoqdosh respublikalarga berildi. 
Shunday qilib, bu davrda sovet hukumati tomonidan iqtisodiyotga 
bozor elementlarini kiritish uchun soliq tizimini takomillashtirishga 
harakat qilindi, ammo amalda buni imkoni bo‗lmadi, chunki SSSRda 
ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi va rejali iqtisodiy siyosat amaliyotda 
davom etayotgan edi. Qishloq xo‗jaligida amalga oshirilgan islohotlar 
ham o‗z samarasini bermadi
172

Urushdan keyingi yillarda jamiyat hayotida amalga oshirilgan 
o‗zgarishlar jarayonida ittifoq miqyosida iqtisodiyotni tiklash masalasiga 
e‘tibor 
kuchaytirilib, 
O‗zbekistonda 
esa 
qishloq 
xo‗jaligini 
rivojlantirishda asosan davlat rejalarini bajarish ishlari avj oldirilgan edi.
Qishloq xo‗jalik solig‗ini joriy etishda quyidagi omillar e‘tiborga 
olingan. Bular – yerlarning ma‘muriy bo‗linishi, yerlarning hosildorligi, 
turli hududlarning mahalliy xususiyatlari, yerlarning suvga va bozorga 
hamda daromad obyektlariga yaqinligiga
173
e‘tibor qaratilganligini 
ko‗rish mumkin.
O‗sha davrda O‗zbekiston SSR da mavjud bo‗lgan 9 ta viloyat va 
Qoraqalpog‗iston ASSRdagi qishloq xo‗jaligi solig‗iga e‘tibor 
qaratadigan bo‗lsak, kartoshka bo‗yicha viloyatlar kesimida soliq 
miqdori farq qilganligini ko‗rish mumkin ya‘ni kartoshka ekiladigan 
hududlar bo‗yicha 1-o‗rinda Toshkent viloyati – 143 so‗m, 2-o‗rinda 
Samarqand viloyati – 140 so‗m, 3-o‗rinda Farg‗ona, Andijon va 
Namangan – 113 so‗m, 4-o‗rinda Qoraqalpog‗iston ASSR va Xorazm 
viloyati – 106 so‗m, 5-o‗rinda Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo – 
172
Петухова Н.Е. История налообложения в России IX-XX вв. Учеб пособ. – Москва. Вузовский 
учебник, 2008. – С. 373-374. 
173
Oblomurodov N., Tolipov F. Oʼzbekistonda soliqlar tarixi. – Toshkent, IQTISOD-MOLIYA. 2009. – 
B.156. 


197 
91 so‗m qilib belgilangan. Sabzavot va poliz ekinlaridan olinadigan 
soliq 1-o‗rinda Toshkent viloyat – 280 so‗m, 2-o‗rinda Samarqand 
viloyati – 251 so‗m, 3-o‗rinda Farg‗ona, Andijon va Namangan – 240 
so‗m, 4-o‗rinda Qoraqalpog‗iston ASSR va Xorazm viloyati – 208 so‗m, 
5-o‗rinda Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo – 182 so‗m qilib 
belginlangan
174
.
Bu davrda qishloq xo‗jalik soliqlarini undirishda moliya organlariga 
ham alohida topshiriqlar berildi. Masalan, O‗zbekiston SSR Ministrlar 
Soveti tomonidan 1950 yil 10 avgustda qabul qilingan 1393-sonli 
qarorida qishloq xo‗jaligi solig‗i undiriladigan obyektlar, ayrim hollarda 
chorva molining to‗la va to‗g‗ri hisobga olinishini ta‘minlashda moliya 
organlariga amaliy yordam ko‗rsatish va molni to‗la-to‗kis hisobga olish 
zarur bo‗lganida hovlima-hovli yurib hamda yaylovlarga borib mollarni 
sanab ko‗rish lozimligi ko‗rsatildi. Moliya organlarining soliq hisoblash 
ishlari ustidan nazoratni kuchaytirish, soliqni xato hisoblashlarga, 
qonunda ko‗rsatilgan yengilliklarni berishda chalkashliklar yuz berishiga 
yo‗l qo‗yilmasligiga va to‗lov xabarnomalarini soliq yig‗ish vaqtida 
topshirish kerakligi belgilandi. 
Bu davrda qishloq xo‗jaligi ekinlaridan olinadigan soliqlar 
mahsulotlarning turi va viloyatiga qarab ham o‗zaro farq qilar edi. 
Xususan, donli va boshqa ekinlardan olinadigan soliq Toshkent 
viloyatida – 67 so‗m, Farg‗ona, Andijon va Namangan viloyatlarida – 62 
so‗m, Samarqand viloyatida – 59 so‗m, Buxoro viloyatida – 54 so‗m, 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida – 52 so‗m, Qoraqalpog‗iston 
ASSR va Xorazm viloyati – 42 so‗m qilib belgilangan. 
Bog‗ va rezavor mevalardan olinadigan soliq Toshkent viloyatida –
272 so‗m, Samarqand viloyatida – 263 so‗m, Farg‗ona, Andijon va 
Namangan viloyatlarida – 228 so‗m, Buxoro, Qashqadaryo va 
Surxondaryo viloyatlarida – 188 so‗m, Qoraqalpog‗iston ASSR va 
Xorazm viloyatida – 164 so‗mni tashkil etgan.
174
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 6190-yigʼmajild, 4-varaq. 


198 
Tokzorlardan olinadigan soliq Toshkent viloyatida – 280 so‗m, 
Samarqand viloyatida – 277 so‗m, Farg‗ona, Andijon va Namangan 
viloyatlarida – 262 so‗m, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida – 238 
so‗m, Qoraqalpog‗iston ASSR, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida – 
220 so‗mga to‗g‗ri kelgan. 
Pichanzorlardan 8 so‗m miqdorida O‗zbekiston SSR bo‗yicha bir 
xildagi soliq yig‗ib olingan.
Mahsuldor hayvonlardan olinadigan soliqlar ayniqsa sigirdan eng 
yuqori ko‗rsatkichi 3000 so‗m va eng past miqdori 2000 so‗m, qo‗y va 
echkilardan hudud bo‗yicha 5 xil turda undirilgan, faqat cho‗chqalardan 
respublika miqyosida bir xil 800 so‗m qilib belgilangan. 
Uy xo‗jaligida foydalanilgan ish hayvonlaridan ot, tuya va 
xachirlarga 2000 so‗m, ho‗kiz va buqadan 1000 so‗m va asal-arilarning 
bir uyasidan 1000 so‗m qilib Respublika miqyosida bir xil ko‗rsatkichga 
keltirilgan
175

Tahlil etilayotgan yillarda qishloq xo‗jaligi soliqlarini undirilishi 
jarayonida hududiy o‗ziga xosliklar ham kuzatilgan. Jumladan, 1956 
yildagi statistik ma‘lumotlarga murojaat qilib, Xorazm viloyati 
tumanlari kesimida to‗xtalsak (bu paytda viloyatda 2 ta shahar va 10 ta 
tuman bo‗lgan): Urganch tumani – 91,9 %, Xiva tumani – 96,6 %, 
Xanqa tumani – 98,7 %, Xozarasp tumani – 95,1 %, Gurlan tumani – 
101,2 %, Shovot tumani – 93,3 %, Mang‗it tumani – 85,2 %, Yangi-ariq 
tumani 103 %, Qo‗shko‗pir tumani – 98 %, Yangibozor tumani – 95,4 
%, Bog‗ot tumani – 99,4 % ga bajargan bo‗lsa, 10 ta tuman kesimida 
e‘tibor bersak umumiy hisobda 96,5 % ni tashkil etgan
176

Ma‘lumotlardan ko‗rinib turibdiki, Gurlan va Yangi-ariq tumanlarida 
belgilangan miqdordan oshiq bajarilgan, Mang‗it va Urganch 
tumanidagi soliqlar yig‗imi boshqa tumanga nisbatan kamroq bajarilgan 
hamda qolgan tumanlar to‗liq to‗lamaganligini ko‗rish mumkin. 
175
Shu oʼrinda qayd etish kerakki, Oʼzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1962 yil
3 noyabrdagi Farmoniga asosan qoramollarga toʼlanadigan soliq stavkalari oʼzgartirilgan edi. OʼzMА,
R-2454-fond, 6-roʼyxat, 683-yigʼmajild, 10-varaq. 
176
Xorazm VDА, R-40-fond, 1-roʼyxat, 291-yigʼmajild, 3-4-varaqlar. 


199 
Shu o‗rinda qayd etish kerakki, ayrim kolxozlar davlat oldidagi 
majburiyatlarini o‗z vaqtida bajarmaganlik holatlari ham bo‗lib turgan. 
Masalan, 1949 yilda ko‗p viloyatlar qarzdorlik bilan chiqdi. Respublika 
bo‗yicha bu qarzdorlik miqdori 14,0 mln. rublni tashkil etdi.
O‗sha vaqtlarda mas‘ul tashkilotlarning o‗tkazgan tekshiruvlari 
natijasida birgina Toshkent viloyatidagi Yangiyo‗l tumanida joylashgan 
Andreyev nomidagi kolxoz bo‗yicha 37 ta kolxozchilar xo‗jaliklari va 
Farg‗ona viloyatidagi Qo‗qon tumanida joylashgan 3 ta qishloq 
kengashidagi 72 ta xo‗jalik hisobga olinmaganligi aniqlangan
177
.
Shu tariqa hisobga olish ishlari va to‗lov xabarnomalarini yuborish 
ishlarining kech boshlanishi va to‗lov xabarnomalarini yuborish ishlari 
juda sekin amalga oshirilishi soliqlar Qonunda belgilangan muddatlarda 
to‗lanmasligiga olib kelgan
178
.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‗zbekiston SSR Vazirlar Kengashi
1949 yil 20 avgustdan kechiktirilmagan holda moliya organlari 
rahbarlarining qishloq xo‗jaligi solig‗ini amalga oshirish bo‗yicha 
ishlarning olib borilishi to‗g‗risida ma‘ruzalarini muhokama qilish, 
xo‗jaliklar, chorva va boshqa daromad manbalarini to‗liq hisobga 
olishni, hamda soliq summasini hisoblash va imtiyozlar taqdim etish 
jarayonlarining 
natijalarini 
1949 
yil 

sentyabr 
sanasidan 
kechiktirmagan holda muhokama qilish, barcha ishlarni butunlay 
tamomlash 
maqsadida 
soliq 
summasini 
hisoblash 
va 
to‗lov 
xabarnomalarini topshirish jarayonining nazoratini kuchaytirish, 
sentyabr oyidan kolxozchilarning asosiy qismi paxta terimi bilan band 
bo‗lishini hisobga olgan holda topshirilgandan so‗ng soliqlarni 
muddatidan oldin to‗lash to‗g‗risida ommaviy-tushuntirish ishlarini 
tashkil qilish va amalga oshirish, moliya sohasi xodimlarini ularning 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri majburiyatlarini bajarish bilan bog‗liq bo‗lmagan 
boshqa ishlardan ozod qilish vazifalari topshirildi
179
.
177
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 6190-yigʼmajild, 34-varaq.
178
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 6190-yigʼmajild, 35-varaq. 
179
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 6190-yigʼmajild, 36-varaq 


200 
Shu o‗rinda ta‘kidlash joizki, O‗zbekistonda ham qishloq xo‗jalik 
soliqlarini yig‗ish ishlari mamlakat rahbariyati tomonidan chiqarilgan 
Farmonlar, Qonunlar asosida boshqarilgan bo‗lsada, respublikada bu 
sohada mutaxassislarning yetishmasligi, mavjud xodimlarning ham o‗z 
ishini puxta egallamaganligi, ishni bajarishda qo‗pollik va ishni 
tushunmaslik holatlari urushdan keyingi ilk yillardayoq bir qator 
muammmolarni keltirib chiqardi. Bu borada O‗zbekiston SSR Ministrlar 
Sovetining (1948 yil 2 iyuldagi 1085-sonli) ―1948 yilda qishloq xo‗jaligi 
solig‗ini yig‗ish bo‗yicha ishlar qoniqarsiz bajarilganligi to‗g‗risida
180
‖gi 
Qarori hamda O‗zbekiston SSR Ministrlar Sovetining (1948 yil 20 iyul 
1557-sonli) ―1948 yil uchun qishloq xo‗jaligi solig‗i to‗g‗risida‖gi 
Qarori chiqdi. Ushbu qarorlarda undirilishi lozim bo‗lgan soliqlarni 
to‗lash, soliqlarni o‗z vaqtida yig‗ish va soliq organlari xodimlarining 
vazifalari ko‗rsatib o‗tildi. Soha faoliyatini takomillashtirish yuzasidan 
qarorlar ketma-ket chiqarilgan bo‗lsada, biroq, boshqaruvning yanada 
markazlashtirilishi, rejani bajarishning qat‘iy talablarini yanada 
kuchaytirilishi, tabiiyki hisobotlarni faqat qog‗ozlarda qolib ketishiga, 
belgilangan vazifalar bo‗lsa oxiriga yetkazilmay, soxta ma‘lumotlar 
bilan to‗ldirish yo‗liga o‗tib olindi. Masalan, hisobotlarda: ―Toshkent 
viloyatining qator tumanlarida, jumladan, Kalinin, Toshkent, Yuqori-
Chirchiq, Qorasuv Mirzacho‗l, Sirdaryo va Xovos tumanlaridagi 
xo‗jaliklarda daromadlar to‗liq hisobga olinmaganligi, soliqqa 
tortiladigan daromadni aniqlash hamda soliqni hisoblash va imtiyozlarni 
taqdim etishda qonun buzilishi holatlariga yo‗l qo‗yilganligi – 
ta‘kidlangan
181
.
Soliqqa oid qonunlarning qo‗pol ravishda buzilishi mehnatkashlar 
tomonidan ular soliqqa noto‗g‗ri tortilayotganligi to‗g‗risida shikoyat 
arizalarining yozilishiga ham sabab bo‗lgan. 1948 yilda Farg‗ona 
180
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 6190-yigʼmajild, 58-varaq.
181
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 6190-yigʼmajild, 34-varaq.


201 
viloyati bo‗yicha 5964 ta, Qashqadaryo viloyati bo‗yicha esa – 5086 ta 
shikoyat kelib tushgan, ularning aksariyati asosli bo‗lgan
182
.
Bu 
paytda 
Xorazm 
viloyatining 
ba‘zi tumanlarida ham 
kolxozlarning daromad solig‗i bo‗yicha yillik hisobotlarini tekshirish 
jarayonida qonunlar qo‗pol tarzda buzilgani aniqlangan. Masalan, 
Gurlan tuman moliya bo‗limi 1949 yil uchun kolxozlardan olinadigan 
daromad solig‗ini 19 ta kolxoz bo‗yicha 31.686 rublga kam, Qo‗shko‗pir 
tuman moliya bo‗limi esa 18 ta kolxoz bo‗yicha 6.895 rublga ko‗p va 19 
ta kolxoz bo‗yicha 8.420 rublga kam hisoblangan. Shovot tuman moliya 
bo‗limi 46 ta kolxoz bo‗yicha 417 ming rublga teng bo‗lgan soliqqa 
tortilmaydigan daromadlarni ayirib tashlamagan va buning oqibatida 
ushbu kolxozlar bo‗yicha soliq 25.062 rublga ko‗p hisoblangan. Bunday 
hatoliklar qator tumanlarda mablag‗larni jamlashning kvartal rejalari 
kolxozlardan daromad solig‗i bo‗yicha avans to‗lovlarini qonunda 
belgilanganidan ko‗p miqdorda undirish hisobiga oshirib bajarilishiga va 
shu bilan bir vaqtda boshqa to‗lov manbalari bo‗yicha rejalar 
bajarilmasligiga olib kelgan
183

Tahlil etilayotgan yillarda soliq tizimidagi o‗zgarishlar jarayonida 
1953 yil 8 avgustda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining ―Qishloq xo‗jaligi 
solig‗i to‗g‗risida‖gi Qonuni
184
qabul qilindi va bu qonun qishloq 
xo‗jaligi soliqlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat bo‗lib qoldi. Qonunga 
ko‗ra, kolxoz a‘zolari va fuqarolar xo‗jaliklari soliq to‗lovchilariga 
aylanishdi. Qishloq xo‗jaligi solig‗i har bir xo‗jalik foydalanuviga 
topshirilgan yer maydonlari hisobidan kelib chiqib belgilandi. Bunda 
qurilish bilan band bo‗lgan yerlar, o‗rmonlar, butazorlar, umumiy 
foydalanuvdagi yo‗llar hisobga olinmadi. Tashkilot va korxonalarning 
ishchilari va xizmatchilariga yakka tartibdagi va jamoaviy bog‗ hamda 
ekin maydonlari uchun ajratilgan yerlar, qo‗rg‗ondan tashqari yerlar 
182
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 4341-yigʼmajild, 6-varaq. 
183
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 6190-yigʼmajild, 121-varaq. 
184
Сборник законов СССР. 1938-1961. – Москва: Изд. Советов народных депутатов СССР, 1971. – 
С. 682. 


202 
hisobga olinmadi. 50 m
2
kam yer maydonlaridan ham soliq undirilmadi. 
Soliq 0,01 ga yer maydonidan qat‘iy norma asosida hisoblandi
185
.
O‗zSSR Ministrlar Soveti ―1959 yilgi qishloq xo‗jaligi solig‗ini 
o‗tkazish haqida‖
186
gi qarorida ko‗rsatilishicha, 1959 yilda o‗rtacha 
viloyatlarda tamorqa yerlariga stavka belgilangan bo‗lib bu 3 ilovada 
ko‗rsatilgan.
Ushbu jadvalda keltirilgan ma‘umotlarda sug‗oriladigan yerlardan 
olinadigan soliq 4 toifaga bo‗lingan bo‗lib, ya‘ni Toshkent, Andijon, 
Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlariga 23 so‗m, Farg‗ona 
va Qashqadaryo viloyatlari – 22 so‗m, Buxoro viloyati – 21 so‗m, 
Qoraqalpog‗iston ASSR va Xorazm viloyati – 18 so‗m miqdorida soliq 
belgilangan. Sug‗orilmaydigan yerlarga Qoraqplg‗iston ASSR va 9 ta 
viloyatga bir xil narx ya‘ni – 8 so‗m miqdorida belgilab qo‗yilgan.
Shu o‗rinda qayd etish kerakki, RSFSR Ministrlar Sovetiga esa 
zarur hollarda qishloq ho‗jaligi soliq stavkalarini o‗zgartirish huquqi 
berildi. Ittifoqdosh respublikalar Vazirlar Kengashiga, avtonom 
Respublikalar Vazirlar Kengashiga, o‗lka va viloyat Kengashi 
ijroko‗mlari, respublika o‗lka va viloyat stavkalaridan kelib chiqib, zarur 
holatlarda xo‗jalik daromadi, iqtisodiy xususiyati va qishloq xo‗jaligi 
hosildorligidan kelib chiqib alohida qishloqlar uchun soliq stavkalarini 
belgilash imkoni ham berildi. Alohida hudud uchun soliq stavkalarini 
belgilashda, yer maydonlarini qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ekishga 
ishlatilganligi va bozorlarning mavjudligi ham inobatga olingan edi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, qishloq xo‗jaligi solig‗i bo‗yicha 
keng tizimli imtiyozlar o‗rnatilgan bo‗lib, unga ko‗ra soliq to‗lovlaridan 
qishloq 
maktablari 
o‗qituvchilari, 
agronomlar, 
zootexniklar, 
gidrotexniklar, yer quruvchilar, melioratorlar, veterinarlar, vrachlar va 
feldsherlar, o‗rta medik personallar, kolxoz, sovxoz va boshqa qishloq 
xo‗jaligi korxona va tashkilot rahbarlari ozod etildi. Soliq imtiyozlari 
tabiat falokatlaridan aziyat chekkan xo‗jaliklarga, vaqtincha moddiy 
185
Oblomurodov N., Tolipov F. Oʼzbekistonda soliqlar tarixi. – Toshkent, 2009. – B.156.
186
OʼzMА, R-837,-Fond, 38-roʼyxat, 8514-yigʼmajild, 55-varaq.


203 
qiyinchilikni 
boshdan 
o‗tkazayotganlarga hamda ko‗chmanchi 
xo‗jaliklarga berilgan. Moliyaviy soliq organlari tomonidan hisoblangan 
va fuqarolar tomonidan bir xil miqdorda 2 marta qishloq xo‗jaligi 
g‗aznasiga 15 avgust va 15 oktyabrgacha pul mablag‗i to‗landi
187
.
Xulosa qilib aytganda, tahlil etilayotgan yillarda iqtisodiyotni 
tiklash uchun soliqlarni kamaytirish va ayrimlarini bekor qilish ishlari 
amalga ham oshirildi. Lekin, O‗zbekiston xom ashyo yetishtirib 
beruvchi respublika bo‗lganligi sababli soliqlarni undirishda ham ittifoq 
miqyosida asosiy o‗rinlardan birini egalladi. Chunonchi, soliqqa 
tortiladigan daromadlarda pulli daromadlar asosiy o‗rinni egalladi. Ular 
asosan paxta yetishtirishdan olingan daromadlar bo‗lib, u muntazam 
ko‗payib turgan edi. 
O‗zbekiston SSR Ministrlar Sovetining (1949-yil 2-iyulda 1085 – 
sonli) ―1949 yil uchun qishloq xo‗jaligi solig‗i to‗g‗risida‖gi qarorida 
qishloq 
xo‗jaligining ayrim tarmoqlaridan olinadigan soliqqa 
tortiladigan daromadlarning o‗rtacha normalari tasdiqlandi. Unda 
belgilangan vazifalardan kelib chiqib, bog‗dorchilikni tiklash va 
rivojlantirish maqsadida barcha hududlarda mevali bog‗lar hosil 
berishning dastlabki ikki yilida qishloq xo‗jaligi solig‗iga tortilishdan 
ozod qilindi. 
Shu o‗rinda qayd etish kerakki, bu davrda ham soliq sohasi, 
xususan, qishloq xo‗jaligi soliqlarining yig‗imida qator kamchiliklar 
kuzatildi. Ayrim hollarda soliq inspektorlarining yordamchilari 
tomonidan uy xo‗jaliklarining hisobga olinmaslik hamda kolxozlar 
xo‗jaliklaridagi o‗lchovlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar va boshqa nazorat 
materiallaridan to‗liq foydalanilmaganlik holatlari ham uchrab turdi. 
Oqibatda ba‘zi xo‗jaliklar, ekinlar, chorva va daraxtlar hamda 
dehqonchilik bilan bog‗liq bo‗lmagan boshqa daromadlar to‗liq hisobga 
olinmadi, hatto oila a‘zolarining soni ham noto‗g‗ri hisoblanishi 
holatlari qayd etildi.
187
Толкушкин А.В. История налогов в России. – М.: Юрист, 2001. – С. 269.


204 
Undan tashqari, hisobga olish va to‗lov xabarnomalarini yuborish 
ishlarining kech boshlanishi hamda to‗lov kvitansiyalarini yetkazish 
jarayonidagi uzilishlar soliqlarni qonunda belgilangan muddatlarda 
to‗lanmasligiga olib kelgan edi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin