Chinor fayzi baland


Shayboniylar hukmronligi davrida kax qanday soliq turi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

10. Shayboniylar hukmronligi davrida kax qanday soliq turi 
edi? 
a) Armiya ehtiyojlari uchun pichan va yem undirish
 
b) Faqat hunarmandlardan olinadigan to‗lov turi
 
c) Askarlarning ish haqini berish maqsadida undirilgan to‗lov
d) Xonlar va o‗g‗lonlar bir joydan ikkinchi joyga ko‗chib 
o‗tayotganlarida olingan to‗lov turi
 
 
 


156 
 
7-BOB. ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTON GENERAL-
GUBERNATORLIGIDAGI SOLIQ SIYOSATI 
§ 7.1. Rossiya imperiyasi davrida soliq siyosatining shakllanish 
asoslari 
Rossiya imperiyasi Turkistonni zabt etgach, o‗lka iqtisodiyotini 
imperiya manfaatlariga xizmat qilishga yo‗naltirish maqsadida amalga 
oshirilgan tadbirlar orasida mustamlaka o‗lkada metropoliya soliq 
siyosatining 
asosiy 
yo‗nalishlarini 
belgilash, 
yerga 
egalik 
munosabatlarini tartibga solish va yangi soliq tizimini barpo etish 
alohida ahamiyat kasb etgan. Turkiston o‗lkasini boshqarish bilan 
bog‗liq hukumat qarorlari va boshqa hujjatlarda o‗lkadagi soliq siyosati 
tamoyillari va yo‗nalishlari belgilab berilgan. Rossiya imperiyasi 
tomonidan mustamlakachilikning ilk davrlarida mustamlakadan soliq 
olishning ishlab chiqilishi va yer solig‗i tartibiga o‗zgartirishlar 
kiritilishi, 
mintaqada 
tashkil 
etilgan 
soliqlar 
tizimi 
ijtimoiy 
muammolarni keltirib chiqargan omillardan biri bo‗lgan.
Rossiya imperiyasining Moliya vazirligi va Turkiston ma‘muriyati 
o‗rtasidagi soliq va moliyaviy munosabatlarning rivojlanishi XIX 
asrning 60-80 yillarida harbiy yurishlar natijasida Turkiston general-
gubernatorligining tashkil topishi jarayonida yaqqol namoyon bo‗ladi. 
Rossiya imperiyasining Turkistondagi ma‘muriy boshqaruvini tashkil 
etishga mustamlakachilikning ilk bosqichlaridayoq; kirishilgan bo‗lib, 
uning tashabbuskorlari ham asosan harbiylar bo‗lgan.
Turkiston general-gubernatorligini boshqarish bo‗yicha ilk dasturiy 
hujjatlarning ishlab chiqilishida harbiy vaziyat hal qiluvchi ahamiyatga 
ega bo‗ldi. Ular yangi hududlar bosib olinishi bilan yuzaga kelgan va 
qoida tarzida ―muvaqqat‖ xususiyatga ega edi. Chunonchi, Sirdaryo va 
Yettisuv viloyatlarini ―boshqaruv to‗g‗risidagi nizom‖ 1867 yili ―tajriba 
tarzida uch yilga‖ joriy qilingan. Undan tashqari, 1868 yilning iyunida 


157 
―Zarafshon okrugini boshqarish muvaqqat qoidalari‖, ―Farg‗ona 
viloyatini boshqarish bo‗yicha 1873 yil muvaqqat nizom‖, ―Amudaryo 
bo‗limini boshqarish bo‗yicha 1874 yil 21 may nizomi‖ ham ishlab 
chiqilib, qabul qilingan edi
86

Imperator Aleksandr II tomonidan 1886 yil tasdiqlangan ―Turkiston 
o‗lkasini boshqarish haqidagi Nizom‖ asosida o‗lkani boshqarish 
Markaziy tizimi bo‗limlari belgilandi. Unga muvofik 1-bo‗lim: 
Ma‘muriy nazorat; 2-bo‗lim: Moliya-xo‗jalik ishlari; 3-bo‗lim: Soliqlar 
va shaharlar mablag‗larini boshqarish; 4-bo‗lim: Maxsus bo‗limlardan 
iborat 
edi.
1899 yil bo‗limi uyezdlar, esa o‗lka general-gubernatorligi huzurida 
―Diplomatiya ishlari bo‗yicha amaldorlik‖ tashkil etildi. Ma‘muriy 
jihatdan o‗lka viloyatlar, volostlar, uchastkalar sifatida boshqariladigan 
bo‗ldi. 
Toshkent 
Turkiston 
general-gubernatorligi 
markaziga 
aylantirildi
87
.
Rossiya imperiyasi Turkistonni o‗z tarkibiga qo‗shib olgach, 
soliqlar tizimini joriy qila boshladi. Keyinchalik soliq majburiyatlari 
Turkistonda o‗troq sharoitda yashayotgan dungan, uyg‗ur, rus va ukrain 
aholi qatlamiga ham solinadi. Soliq va yig‗imlardan tashqari, mahalliy 
aholi har yilda mehnat va xo‗jalik majburiyatlarini ham bajarishi shart 
edi.
Soliqlar shakli va hajmi bilan bog‗liq savollar, ularni xalqdan qay 
tarzda undirish masalalari mustamlakachi hukumat siyosatining asosini 
tashkil qilar edi. Ma‘muriy boshqaruv tashkilotlari, yer tuzilishi va 
boshqa masalalar singari, bu masalani ham asta-sekinlik bilan hal eta 
boshladi. 
1868 yildayoq o‗lkadagi moliya xo‗jalik sohalarini nazorat qilish 
uchun Rossiya Davlat Nazorat kengashining tasarrufida ish yuritadigan 
Turkiston Nazorat palatasi tashkil etildi. Nazorat palatasining asosiy 
86
Аbduraximova N.А., Ergashev F.R. Turkistonda chor mustamlaka tizimi. T.: Аkademiya, 2002. – 44 
bet. 
87
Joʼraev Sh., Boboev S. Mahalliy soliqlar tarixi. – Buxoro 2004. – 35 bet. 


158 
faoliyati kreditlar berish, davlat soliqlarini yig‗ish, Turkistondagi turli 
mustamlaka boshqaruv idoralari va g‗aznalarning moliyaviy hisobotini, 
pul muomalasiga oid hujjatlarini taftish qilish, ya‘ni mablag‗ sarf-
xarajatlari ustidan nazoratni yo‗lga qo‗yishdan iborat edi.
Asosan taftish funksiyasiga ega bo‗lgan mazkur idora kredit berish 
va davlat yig‗imlarini to‗plash bilan shug‗ullanuvchi viloyat, uyezd 
g‗azna va boshqaruvlarining hisob-kitob daftarlari hamda pul muomalasi 
hujjatlarini 
taftish 
qilar, 
narx-navo 
bilan 
bog‗liq 
moliya 
operatsiyalarining to‗g‗riligini tekshirar edi. Barcha davlat muassasalari 
Nazorat palatasiga hisobot taqdim etishlari shart edi. 
Turkiston G‗azna palatasi. 1869-yilda Rossiya Davlat kengashining 
qarori bilan Toshkentda Moliya vazirligi tasarrufida ish yurituvchi 
Turkiston G‗azna palatasi tashkil etilgan. Uning faoliyat doirasiga 
Turkistonda yagona kassa tizimini joriy qilish, aksiz yig‗imlarini 
boshqarish hamda nazorat qilish vazifalari kirgan. Aksiz sohasida 
amalga oshirilgan ishlar tufayli g‗aznaga tushgan foyda yil sayin 
ko‗payib borgan. Turkistonda bug‗doydan olingan vino, tayyor pivo, 
meva va asaldan olingan aroq uchun aksiz soliqlari hamda banderol 
(xarid mollari ustiga yopishtiriladigan yorliq qog‗ozi) va savdo-sotiq 
uchun beriladigan guvohnoma patenti yig‗uvlaridan katta daromad 
mablag‗i olingan. 
Bundan tashqari, spirtli ichimliklar, tamaki, shakar va yoritish 
(fonus) yog‗lariga solingan barcha aksiz soliqlari ham katta foyda 
keltirgan. 
Bu 
sohaning 
yildan-yilga 
kengayishi 
Rossiya 
sarmoyadorlariga katta daromad keltirgan. Mayxona va ichkilik 
do‗konlarini ochishga ruxsat beradigan, ularning faoliyatini nazorat 
qiladigan ko‗plab boshqaruv idoralarining amaldorlari ham bundan katta 
daromad ko‗rgan. XX asr boshiga kelib o‗lkada spirtli ichimliklarni 
ulgurji sotish jami 118 ta manzilda amalga oshirilgan, chakana sotish esa 
jami 1298 ta manzilda yo‗lga qo‗yilganligi bu boradagi daromad 
ko‗lamini tasavvur qilish uchun yetarli fakt bo‗lib xizmat qiladi. 


159 
Shu tariqa Turkiston G‗azna palatasi Aksiz nazoratini 1886 yilgacha 
amalga oshirib kelgan. 1886-yildan esa maxsus Aksiz boshqarmasi olib 
borgan. Keyinchalik tamaki, gugurt, shakar, neft ishlab chiqarish va 
sotishga ham aksiz soliqlari joriy qilingan. Aksiz boshqarmasining 
hisobotida qayd etilishcha, Turkistonda o‗tkir ichimliklar savdosining 
keng yoyilishi Toshkent-Orenburg temir yo‗li qurilishida rus ishchilari 
sonining keskin ortishi, umuman, o‗lkada rus aholisining ko‗payishi, 
o‗lkada aroq-vino zavodlarining qurilishi hamda ichkilik sotiladigan 
muassasalar tarmog‗ining kengayishi, harbiy qismlar, kazaklarning 
hamda imperiyaning ichki guberniyalaridan ko‗chirib keltirilgan rus 
aholisining spirtli ichimliklarga talabi oshganligi bilan izohlangan. 
Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida Turkistonda soliq turlari 
turli-tuman bo‗lib, XX asr boshlarida Buxoro amirligida 86 ta, Xiva 
xonligida 34 ta, Qo‗qon xonligida (1876 yilgacha) 32 ta soliq turlari 
mavjud edi. Bu davrda o‗lkadagi soliq yig‗imlar va majburiyatlar bilan 
bog‗liq vazifalarni Turkiston Xazina palatasi amalga oshirar edi. Rus 
hukumati Turkistondagi feodal ilg‗or bo‗lgan soliqlarni nisbatan 
anarxistik kapitalistik soliqlar tizimi sifatida tartibga soldi
88
. Aynan shu 
paytda Turkistonda yangi davr tizimiga xos hududiy jihatdan 
umumdavlat va mahalliy, qonuniy jihatdan daromad soliqlari qiymat 
soliqlari, boj to‗lovlari, turli yig‗im hamda to‗lovlar tizimlari vujudga 
keladi. Rossiya imperiyasi o‗lkada soliq tizimining bunday tartibda 
shakllanishida 1865 yil 9 fevralda qabul qilingan ―Umumrossiya 
savdo-sotiq qilish huquqi‖ qonuni hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗lgan.
Rossiya imperiyasi o‗lkada bo‗lgan 100 ga yaqin soliq turlarininig 
qayd etilgan 6 ta guruh soliqlari asosida ixchamlashtirilishi albatta, bu 
davrda kamayganligi sifatida qabul qilinmasligi kerak. Chunki tarixiy 
manbalar bo‗yicha imperiya hukmronligi o‗rnatilishi davridagi 
―O‗lkaning metropoliya uchun iqtisodiy ahamiyatliligi‖ bu yerda 
soliqlar shakllarining ko‗payganligidan dalolat beradi. 
88
Joʼraev Sh., Boboev S. Mahalliy soliqlar tarixi. – Buxoro, 2004. – 35 bet. 


160 
Qishloq xo‗jaligida bu davrda xiroj, tanob tizimi saqlab qolingan 
bo‗lsa-da, bir qancha qo‗shimcha yig‗imlar qisqartirildi, lekin endilikda 
saqlab qo‗yilgan qishlok idoralariga soliqlarni faqatgina pul sifatida 
to‗lash zarur edi.
1886-yil ―Turkiston o‗lkasini idora qilish to‗g‗risidagi yangi 
Nizom‖ ga ko‗ra:
- vaqfdan tashqari barcha yerlar xazinaniki deb e‘lon qilindi;
- yer jamoa-hovli sifatida foydalanishga topshirildi;
- xiroj va tanob o‗rniga oklad tizimi joriy etilib, uning muddati 6 yil 
deb belgilandi va uning hisobi o‗rtacha yalpi daromad bilan 
aniqlanadigan bo‗ldi;
- Amerika navi paxtasini kupaytirish uchun olinadigan daromad 
oddiy ekinlarga nisbatan 4-5 barobar ko‗p bo‗lsada, ular uchun bir xil 
miqdordagi imtiyozli paxta solig‗i joriy etildi.
1867-yil gubernatorlik ma‘muriyati ko‗chmanchi aholi o‗tov 
yig‗imini (2,75 so‗m) joriy etib, 1882-yil uni 4 so‗mga yetkazdi. U 
soliqlar smetasida joy egallagan bo‗lib, u 27-29, 3 % ni tashkil etardi.
1865-yil savdo va kosibchilik bilan shug‗ullanish huquqini olish 
uchun boj to‗lash haqidagi qonun amalda soliq tizimida zakot tizimi 
o‗rninin egalladi. Lekin kosibchilikning soliqlardagi salmog‗i 4,3 
qismgina edi xolos.
1867-yilgi Nizomning 255-bandiga muvofiq, (1867-yil 11-iyulda 
qabul qilingan Yettisuv va Sirdaryo viloyatini vaqtinchalik boshqaruv 
holati bo‗yicha) Yettisuv va Sirdaryo viloyatida yashovchi ko‗chmanchi 
xalqlardan har bir o‗tov uchun - 2 rub. 75 kop. soliq olish o‗rnatilgan
89

279-bandiga ko‗ra, Sirdaryo viloyatida o‗troq, yashayotgan aholi 
yetishtirgan dexqonchilik mahsulotlaridan avvalgidek xiroj va tanob 
soliqlari olinar edi. Xiroj yig‗ilgan hosilning o‗ndan bir (1/10) qismi 
hajmida olinar, tanob solig‗ining hajmi esa aniq belgilanmagan edi. 
Shahar va qishloqlarda soliq yig‗ish bo‗yicha - xo‗jalik jamoatchilik 
89
Проект положения об управлении в Семиреченской и Сырдарьинской областях. - СПб., 1867. – 
С. 49. 


161 
boshqarmasi faoliyat ko‗rsatar edi. Ushbu soliqlar dehqonchilik bilan 
shug‗ullanuvchi barcha aholidan olinar edi. Yuqoridagi soliq 
majburiyatlaridan ayrim shaxslargina faqat imperatorning ruxsati bilan 
ozod qilinishi mumkin edi
90

Nizomning 295-bandiga muvofiq, vaqf yerlari viloyat boshqarmasi 
hujjatlari bo‗yicha soliqdan ozod qilingan yoki soliq to‗laydigan 
yerlarga ajratilgan edi. Qaytadan taqdim qilinadigan vaqf yerlari 
umumjamoat soliqlari asosida o‗z badallarini to‗lab borishi shart edi va 
ushbu qoidalar asosida zemstvo yig‗imlari va majburiyatlarini o‗tash 
ham belgilangan edi. 1867 yilgi nizom loyihasida mahalliy aholiga 
tegishli yerlarni davlat mulkiga aylantirish haqida e‘lon qilinmagan edi, 
shuning uchun ham soliq va yig‗imlar nima uchun olinayotgani 
ko‗rsatilmagan. 
O‗lkani 
bosib 
olish 
hali 
o‗z 
nihoyasiga 
yetkazilmaganligi tufayli bunday ehtiyotkorlikka rioya qilingan edi.
1870-yilda general-gubernator topshirig‗iga binoan Sirdaryo 
viloyatining o‗troq aholisidan xiroj, tanob va boshqa yig‗imlar olish 
bekor qilinib, buning o‗rniga yer solig‗i joriy qilindi. 1870 yilda bu soliq 
miqdori 288.504 rub. qilib belgilangan bo‗lsa, 1871 yilda ushbu yer 
solig‗ining miqdori 367.208 rub.ga yetkazilgan. Farg‗ona viloyati aholisi 
soliqlarni 1876-yildan boshlab, ya‘ni xonlik tugatilgandan so‗ng to‗lay 
boshlaganlar. Keyingi yillarda soliq hajmi 5 foizdan - 10 foizga oshib 
bordi
91

Bulardan tashqari o‗lkada bu davrda zemstvo, yer hovli, o‗rmon, 
mol-mulk, kvartira, kasalxona, uy hayvoni saqlash, temir yo‗l, 
bandargox, harbiy konfiskatsiya, evakuatsiya kabi soliqlari va yig‗imlari 
joriy etilgan bo‗lib, ular markazlashgan tizim asosida to‗planar edi
92
.
Manbalarda Turkiston o‗lkasi aholisi boshqa mintaqalardagiga 
nisbatan ko‗proq, soliq to‗laganligi haqidagi ma‘lumotlar ham uchraydi.
90
Проект положения об управлении в Семиреченской и Сырдарьинской областях. - СПб., 1867. – 
С. 53. 
91
Ergashev F., Аbduraximova N., Suguralieva F. Turkistonda mustamlaka moliya-xoʼjalik idoralari 
tizimi. - Toshkent: Аkademiya, 2008. – 77b. 
92
Joʼraev Sh., Boboev S. Mahalliy soliqlar tarixi. Buxoro 2004. –36 bet 


162 
Davriy matbuot materiallaridan birida Turkiston aholisi, turli xil 
soliqlarni qo‗shib hisoblaganda jon boshiga 3,5 rubl miqdorida, 
imperiyaning boshqa joylaridagi aholi esa 1,9 rubl to‗lashi qayd 
etilgan
93
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin