O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA VA KIMYO FAKULTETI ILMIY VA METADOLOGIK KIMYO KAFEDRASI MASALALAR YECHISH METODIKASI FANIDAN “Kimyoviy reaksiyalarning tezligi.Kimyoviy muvozanat mavzusini axborot texnologiyalari asosida o’qitish metodikasi” mavzusida KURS ISHI BAJARDI:
RAHBAR: TO’RAYEVA. X
Chirchiq-2023
Reja: Kirish. I. Kimyoviy reaksiya tezligi haqida ma’lumot 1.1.Kimyoviy reaksiya tezligi. 1.2. Kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar.
1.3. Kataliz va katalizatorlar.
II. Kimyoviy muvozanat 2.1.Qaytar va qaytmas reaksiyalar.
2.2. Kimyoviy muvozanat konstantasi.
2.3.Geterogen sistemali kimyoviy reaksiyalar muvozanati.
2.4.Kimyoviy muvozanatning siljishi.Le Shatele prinspi.
III. AKT asosida o’qitish metodikasi 3.1 Kimyoviy muvozanat mavzusini axborot texnologiyalari asosida o’qitish metodikasi.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Mavzuning dolzarbligi:Yurtimizda yoshlarimizning chuqur bilim egallashlari uchun Kimyo fanini o‘qitishni rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Bu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
Ushbu konsepsiya xalq ta’limi tizimida kimyo fanini o‘qitishni
rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi. Bunda:
-ta’lim sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirish;
-kimyo fani davlat ta’lim standarti talablarining ta’lim sifati va kadrlar
tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;
-kimyo fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
qo‘yiladigan malaka talablarini amaliyotga tatbiq etish;
-kimyo fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek o‘qitish
metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini individuallashtirish
tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
-kimyo fanini umumta’lim fanlari bilan o‘zaro integratsiyasi va
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish;
-kimyo fanining mazmuni, mustaqil hayotda qo‘llash imkoniyati bo‘lgan
kimyoviy savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini
shakllantirish;
-kimyo fanini o‘qitishda variativ o‘quv modullarini ishlab chiqish;
umumiy o‘rta ta’lim jarayoniga milliy, umuminsoniy va ma’naviy
qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakl, usul va
vositalarini keng joriy etish;
-o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda
kimyo fani bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy
usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;
-kimyo fani bo‘yicha nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish, kundalik
hayotiy jarayonlarda duch kelgan muammolarni hal qilishda foydalana
olishga yo‘naltirish;
-kimyo ta’limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni
joriy etish;
-o‘quv-tarbiya jarayoni samaradoriligini va natijaviyligini ta’minlashda
innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini tadbiq etish;
-kimyo fani moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
-davlat ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan kompetensiyalarga
asoslangan baholash mezonlarini joriy etish belgilangan. Kurs ishining maqsadi:Mazkur kurs ishidan maqsad O’quvchilarga kimyoviy reaksiya tezligi va muvozanat mavzularini qulay usullar asosida o’rgatish, turli konsentratsiyalarning o’zaro bog’liqligini o’rganish.