Tinglovchilarning zamonaviy ta’lim va innovasion texnologiyalar sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “SWOT – tahlil” metodidan foydalaniladi.
“SWOT - tahlil” jadvali
S -
Mashg‘ulotlarni rejalashtirishning kuchli tomoni
Tayyorgarlik turlarini to‘g‘ri taqsimlanishi
W-
Mashg‘ulotlarni rejalashtirishning kuchsiz tomoni
Shug‘ullanuvchilarni jismoniy tayyorgarligining inobatga olinmasligi
O-
Mashg‘ulotlarni rejalashtirishning imkoniyatlari
Shug‘ullanuvchilarni ko‘rsatkichlari o‘sishi
T-
To‘siqlar
Yuklamar miqdorini me’yordan oshishi
MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN USLUBIY KO’RSATMALAR
Mavzuni o‘rganish tufayli talabalarga qo‘yiladigan talablar: 1) jismoniy rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar va sharoitlami bilish va ularga nisbatan bo‘ladigan munosabatni to‘g‘ri baholash;
2) jismoniy rivojlanishni o‘rganish jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarda ushbu jarayonning ahamiyati naqadar yuqori ekanligiga ishonchni yaratish.
Mustaqil tayyorlanish jarayonida quyidagilami bilish kerak: 1) berilgan dastlabki ma’lumotlar asosida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilaming jismoniy rivoj topishiga tegishli omillami;
2) daftarda jismoniy tarbiya va sportchilaming antropometrik qiyofasini aks ettirishni;
3) mashg‘ulotlar paytida tushunilmagan savollami o‘qituvchidan so‘rab olish uchun to‘g‘ri ifodalash.
MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1. Qaddi-qomat tushunchasi, xillari va buzilishlari.
2. Somatoskopiya tushunchasi, aniqlash usullari.
3. Antropometriya tushunchasi, ko’rsatkichlari, ularni aniqlash.
4. Jismoniy rivojlanganlik va uni baholash usullari.
5. Basketbolchilarda tana tuzilishining jihatlari.
SEMINAR №4 Mavzu: Mushak yuklamasining bolalar asab tizimi va tayanch-harakat apparatining funktsional holatlariga ta`siri.
Reja:
Mushak yuklamasining bolalar asab tizimi va tayanch-harakat apparatining funktsional holatlariga ta`siri.
Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tekshirish shakllari va uslublari.
Bolalar va o‘spirinlar organizmining ish faoliyatiga jismoniy yuklamalarning ta`siri..
Mavzu maqsadi - talabalarga sportchilar tanasining faol holatini, musobaqa faoliyatiga tayyorgarlik va jismoniy ish qobiliyatining darajalarini baholash.