Mavzu vazifalari: 1) kerakli sinamalami amalga oshirish;
2) olingan barcha ma’lumotlami tibbiy me’zonlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish;
3) shifokor tekshirishlari, asbob-uskunalar va faol sinamalar yordamida olingan natijalami majmuaviy holatda baholash.
Ortostatik kollaps deganda nimani tushunish kerak?
Venalardagi qonni yurakka qaytishining o’zgarishi yurak-qon tomir tizimiga jiddiy ta’sir o’tkazadimi?
Novakki testi chiniqqan, chiniqmagan va qayta tiklanish davrida davo jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llasa bo‘ladimi?
Kislorodni maksimal qabul qilishni bilvosita usulda aniqlash maqsadida yurakning qisqarish sonini aniqlash shartmi?
Kislorodni maksimal darajada qabul qilishning kamchiliklaridan forig‘ bo‘lish maqsadida, uni bilvosita, ya’ni nomogrammalar qo‘llab aniqlasa bo‘ladimi?
Maksimal darajada kislorod qabul qilishning bevosita usulining kamchilikiariga tekshiriluvchining xohishi-motivatsiya va muolajaning qiynab yuborishi kiradimi yoki yo‘qmi?
Maksimal darajada kislorodni qabul qilish sinamasining kamchiliklari nechta va ularga nimalar kiradi?
Kuchanish amalini «qora quti» ga kirish ta’siri sifatida ishlatsa bo‘ladimi?
«qora quti»ga kirish ta’siri ko‘pincha jismoniy yuklama orqali amalga oshirilishi rostmi?
«qora quti» tamoyili faol sinamalarni nima qiladi?
“ASSESMENT” METODI.
Metodning maqsadi: mazkur metod ta’lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, nazorat qilish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi va amaliy ko‘nikmalarini tekshirishga yo‘naltirilgan. Mazkur texnika orqali ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati turli yo‘nalishlar (test, amaliy ko‘nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo‘yicha tashhis qilinadi va baholanadi.