amaliy jihatdan har qanday dori bo‘lib, o‘zboshimchalik bilan davolash naqadar xavfli ekanligini urg‘ulaydi.
Turmush - turmushdagi allergenlar
uy changi, uy hasharotlari, epidermal allergenlar (hayvonlaming juni va qazg‘olari, soch), uy-maishiy vositalar (kir yuvish kukunlari va boshqalar) dir.
Changli allergenlar
bir qator o‘simliklaming diametrlari 35 mkm dan oshmaydigan changidir.
Eshakem (krapivnitsa)
terida ba’zan shilliq pardalarda qichima, qavariq-bo‘rtish, po’rsildoq toshmalar paydo bo’lishi bilan kechadigan kasallikdir.
Diatezlar
adekvat ta’sirlarga tananing odatdan tashqari patologik javobidir.
Fizikaviy allergenlar
issiq, sovuq, mexanik ta’sir, terini nurlanishi va boshqalar oid bo’ladi.
Idiosinkraziya
muayyan ta’sirlarga nisbatan sezuvchanlikni oshib ketishidan kelib chiqadigan kasallik - patologik holat bo’lib, unda terida va shilliq pardalarga qon quyilishlar, terining shishib ketishi, arterial qon bosimini tushib ketishi, hazm qilish jarayonini izdan chiqishi va h.k. belgilari namoyon bo’ladi.
Venali qon to‘liqligi
a’zo yoki to‘qimalarni qonga to‘lishining ko‘payishi va ularda venalardan qonning qaytishini susayganligi oqibatida, qon aylanishi sekinlashishidir.