Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv-seminari yakunida (talabalarning o‘quv seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida) yoki o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda talaba talabalarni, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda talabalarni bahslashish imkoniyatiga o‘rgatadi.
Maqsad:
Ushbu texnologiya talabalarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
O‘tkazish texnologiyasi.
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich. O‘qituvchi talabalar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bo‘lgan muammoni, yoki o‘rganilgan bo‘limni belgilab oladi;
- o‘qituvchi o‘quv mashg‘ulotida avval har bir talaba yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa bo‘lib ishlanishi haqida talabalarga ma’lumot beradi;
- mashg‘ulot davomida har bir talaba o‘z fikrini erkin holda to‘liq bayon etishi mumkin ekanligi eslatib o‘tiladi.
2-bosqich. Har bir talabaga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi;
f – fikringizni bayon eting.
S – fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating
M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring
U – fikringizni umumlashtiring
Har bir talaba yakka tartibda tarqatilgan qog‘ozdagi FSMUning 4 bosqichini o‘z fikrlarini yozma bayon etgan holda to‘latadi.
3- bosqich Har bir talaba o‘z qog‘ozlarini to‘latib bo‘lgach, o‘qituvchi ularni kichik shuruhlarga bo‘linishlarini iltimos qiladi yoki o‘zi turli guruhlarga bo‘lish usullaridan foydalangan holda talabalarni kichik guruhlarga bo‘lib yuboradi.
O‘qituvchi har bir guruhga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi;
O‘qituvchi kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich bo‘yicha yozishlarini taklif etadi.
4- bosqich. Kichik guruhlarda avval har bir talaba o‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari o‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi;
Guruh a’zolari FSMU ning 4 bosqichini har biri bo‘yicha umumlashtirib, uni ximoya qilishga tayyorgarlik ko‘radilar;
Fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir talaba o‘z fikrlarini himoya etishi, isbotlashi mumkin.
5- bosqich. Kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarini ximoya qiladigan guruh vakili har bir bochqichni alohida o‘qiydi (iloji boricha izoh bermagan holda). Ba’zi bo‘limlarni isbotlashi, ya’ni guruhning aynan nima uchun shu fikrga kelganini aytib o‘tishi mumkin.
6- bosqich. O‘qituvchi mashg‘ulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi;
Quyidagi savollar bilan talabalarga murojaat qiladi:
Ushbu mashg‘ulot yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarga o‘rgandingiz?
Ushbu texnologiyani o‘quv jarayonida qo‘llanilishi qanday samara berdi?
Ushbu texnologiyani qo‘llanilishi, talabalarda qanday xislatlarni tarbiyalaydi, nimalarni shakllantiradi, ularning qanday fazilatlarini rivojlantiradi?
Ushbu texnologiyaning o‘quv jarayonining qaysi bosqichida qo‘llanilgani ma’qul va nima uchun?
Ushbu texnologiyani dars jarayonida qo‘llanilishi talabalarga nima beradi va nimaga o‘rgatadi?
Ushbu texnologiyani yana qanday tartibda yoki qanday shaklda o‘tkazish mumkin?
Ushbu treningda o‘qituvchining asosiy vazifasi nimadan iborat.
IZOH: yuqorida keltirilgan savollar har bir treningning mazmuni, maqsadidan kelib chiqib o‘qituvchi tomonidan talabalarga yoki talaba talabalarga berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |