1-bosqich. Muammoning ichiga “sho‘ng‘ish”: - Vizualizatsiya.
- Muammoning dolzarbligini aniqlash.
- Muhokama uchun masalalar doirasini belgilash.
- Dastlabki xulosalar chiqarish.
2-bosqich. Mantiqiy izlanish: - YAngi ma’lumotni taqdimot qilish.
3-bosqich. Keys ustida ishlash: - Oraliq ma’lumotni taqdimot qilish.
- Oraliq xulosalar chiqarish.
- YAkuniy ma’lumotni taqdimot qilish va xulosalarni chiqarish.
«Keys-stadi» usuli bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish misoli
ASSESSMENT Assessment – «kompetensiya» tushunchasi ostida birlashgan ishbilarmon sifatlar, bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni baholash jarayoni. Assessment tarkibiga turli baholash usullarini (ishbilarmon o‘yinlar, testlar, intervyular, savolnomalar) mujassamlagan bo‘lib, ma’lum masalalarda kompetentlik darajasini aniqlab berish imkonini beradi.
I shbilarmon o‘yin (business game) – odatda yagona syujet bilan birlashgan ishchi vaziyatlarni modellashtiruvchi barcha topshiriqlarning yig‘indisi. Ishbilarmon o‘yinlar bir nechta asosiy formatlarda olib borilishi mumkin:
- Guruh ichida muhokama (ishtirokchilarga rollarni taqsimlab yoki rollarni taqsimlamay turib);
- Juftliklarda rolli o‘yinlar (suhbatlar, muzokaralar va h.k.);
- SHaxsiy yondashish orqali qilingan taxliliy taqdimotlar;
- Inbasket (in-basket – resurslar va vaqtni rejalashtirish, xujjatlarni taxlil qilish).
Intervyu (interview) – ekspert bilan ishtirokchi o‘rtasida uning ishi va mehnat faoliyati to‘g‘risida suhbat.
Baholash mezonlarini kelishish (assess agreement) – kompetensiyalarga ko‘ra ishtirokchiga integral baho qo‘yish jarayoni bo‘lib, unda ekspertlar ishtirokchining o‘rni va ishbilarmon o‘yin va intervyu natijasida qo‘yilgan bahoni talqin etishadi va umumiy xulosaga kelishadi.
Qaytarma aloqa (feedback) – ishtirokchi va uning rahbariyatining e’tiboriga og‘zaki va yozma shaklda assessment natijalarini etkazish, unda ishtirokchining kuchli va ojiz tomonlari ko‘rsatilib, keyingi rivojlanish bosqichi bo‘yicha tavsiyalar berish.
Assessment o‘tkazish davomida asosiy guruh va shaxsiy kompetensiyalar (yoki ko‘nikmalar) baholanadi:
- Strategiyani tushunish;
- Istiqbolni aniqlash;
- Hamkasabaga yo‘nalish;
- Taxliliy va tizimli fikrlash va qaror qabul qilish;
- Natijaga yo‘nalish (maqsadlar qo‘yish, tashabbuskorlik, stressga chidamlilik);
- YAngiliklarni qabul qilishga ochiqlik (erkin fikrlash, vaziyatlarga moslashish qobiliyati, shaxsiy taraqqiyotga intilish, ijodiy fikr yuritish);
- Rejalashtirish (vaqtni boshqarish, faoliyatni rejalashtirish, resurslarni boshqarish, loyihani boshqarish);
- Ijro etishni boshqarish (maqsadlar qo‘yish, vakolatni o‘zganing zimmasiga yuklash, ijro etishni nazorat qilish);
- Jamoada etakchilik (vaziatli, emotsional);
- Ta’sir o‘tkazish (ishontirish va muzokara o‘tkazish ko‘nikmalari);
- Kommunikativ kompetentlik;
- Ustozlik;
- Jamoada ishlash (birlashib ishlash qobiliyati, jamoani shakllantirish, jamoada hamkorlikda faoliyat yurg‘izish).