f – fikringizni bayon eting.
S – fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating
M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring
U – fikringizni umumlashtiring
|
Ta’limdan tashqari «Elpig‘ich» texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi.
- Jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;
- Muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish mahorati;
- Murosali qarorlarni topa olish mahorati;
- O‘zgalar fikriga hurmat;
- Xushmuomalalik;
- Ishga ijodiy yondashish;
- Faollik;
- Muammoga diqqatni jamlay olish mahorati.
O‘qitishning samaradorligini oshirishda o‘quv jarayonida «Blits-o‘yin», «CHorraha», «Muamala texnologiyasi» turli ish o‘yinlari texnologiyasi kabilardan ham foydalanish mumkin. Masalan, «Agar mer bo‘lsam», «Men shunday qilgan bo‘lardim» kabilar.
Yuqorida misol tariqasida keltirilgan ushbu zamonaviy uslublar mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan texnologiyalar talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga yordam beradi.
Endi biz yuqorida aytilgan fikrlar va tavsiyalar asosida ba’zi bir pedagogik texnologiyalar qo‘llanilgan dars uslublaridan namunalar berishga harakat qilamiz.
Скарабей технологияси
«Skarabey» interaktiv texnologiya bo‘lib, u talabalarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya talabalarga mustaqil ravishda bilishning sifati va saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U ayni paytda turli g‘oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
«Skarabey» texnologiyasi har tomonlama bo‘lib, undan o‘quv materialining turli bosqichlarini o‘rganishda foydalaniladi.
- Boshida – o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida («aqliy xujum»);
- Mavzuni o‘rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash, ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o‘rganish, yangi jihatlarini ko‘rsatish;
- Oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.
«Skarabey» texnologiyasi talabalar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U talabalar tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni engillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko‘rsatish mumkin.
«Skarabey» alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o‘quv jamoalarida qo‘llanishi mumkin.
Ta’limdan tashqari mazkur uslub tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- O‘zgalar fikriga hurmat;
- Jamoa bilan ishlash mahorati;
- Faollik;
- Xushmuomalalik;
- Ishga ijodiy yondashish;
- Imkoniyatlarini ko‘rsatish ehtiyoji;
- O‘z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
- «men»ligini ifodalashga imkon beradi;
- o‘z faoliyati natijalariga mas’ullik va qiziqish uyg‘otadi.
Dostları ilə paylaş: |