Arterial gipertenziya
|
qon bosimini arterial tizimda ko’tarilishi tushuniladi va unda arterial qon bosimi 140/90 mm.simob ustuniga teng hamda undan ham baland bo’lishi mumkin.
|
Mitral klapanlar
|
yurakning chap bo‘lmasi va qorinchasiga oid qopqoqchalardir.
|
Anamnez
|
bemorning hayot sharoiti va kasalliklari tarixi haqida so‘rab-istab to‘planadigan ma’lumotlaming yig‘indisini bildiradi.
|
Shamollatish
|
turli moslamalar yordamida bo’shliqlardagi havoni yangilashni anglatadi.
|
Pnevmotaxometriya
|
nafas tezligini yozib olishni anglatadigan usul.
|
“JISMONIY TARBIYA GIGIYENASI VA SPORTNING
TIBBIY-FIZIOLOGIK ASOSLARI” FANI BO’YICHA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI.
KEYS-STADI
«Keys-stadi» (Case-study) – bu real yoki modellashtirilgan vaziyatni muhokama va taxlil qilib, xulosa chiqarishga asoslangan ta’lim tizimi. «Keys-stadi» usuli o‘zida rivojlantiruchi ta’lim texnologiyalarini, jumladan, shaxsiy va jamoaviy taraqqiyot jarayonlarini mujassamlashtirgan bo‘lib, talabalarning turli shaxsiy sifatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. «Keys-stadi» – faol ta’lim usuli tushunilib, u o‘qituvchi tomonidan ochiq yoki berkitilgan muammosi mavjud aniq vaziyatni ifodalovchi topshiriqni talabalar o‘rtasida muhokama qilishni tashkil etishdir.
Keys o‘zi nima? Keys – bu hayotiy voqea bo‘lib, o‘z ichida zarur ma’lumotga ega: guruhda muhokama qilish uchun taklif qilinib va masala bo‘yicha talabalarning nuqtai nazarini aniqlashga qaratilgan qaror qabul qilish hamda muammo yoki nizoning echimini topishga mo‘ljallangan pedagogik uslub.
Keysni baholash mezonlari:
Keysni muhokamasi va taxlilini tashkillashtirishda g‘oyalarni generatsiya qilish usulini qo‘llash alohida o‘rin tutadi. Mazkur usul «aqliy xujum» deb nom olgan. Ta’lim jarayonida «aqliy xujum» usuli ishtirokchilarning ijodiy faolligini muhim rivojlantirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
«Aqliy xujum» uch fazadan iborat.
Keysni taxlil qilish bosqichlari:
Dostları ilə paylaş: |