3 baho “qoniqarli” - sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fanining o‘rni va ahamiyatini bilishi; sport tibbiyoti fanining maqsadi hamda vazifalari; O‘zbekistonda sport tibbiyotini tashkil etish asoslari; umumiy sport patologiyasi asoslari; sportchilarning kasallanishi va jarohatlanishi; sport-pedagogik nazorat mazmuni va metodlari haqida bilimga ega bo‘lishi kerak. - yoshlar va o‘quvchilarni jismoniy tarbiyasida shifokor nazorati; sportda ish qobiliyatini tiklash asoslari; davolash jismoniy tarbiyasi asoslari; o‘quvchilarning jarohatlanishi; yurak qon-tomir tizimi kasalligi, nafas olish organlari, moddalar almashinuvining buzilishi va tomir kasalliklari; jarohatlar va asab tizimi kasalligi, tayanch-harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasini haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
2 baho “qoniqarsiz” Belgilangan talablarni umuman bajarmasa, aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik, bilmaslik.
Oraliq nazorat ma’ruza o‘qituvchisi tomonidan qabul qilinadi. Oraliq nazorat yozma shaklda ma’ruza mashg‘ulotlarida o‘tilgan mavzular yuzasidan variantlar asosidagi savollarga javob yozish orqali o‘tkaziladi.