Ertalabki gigienik badantarbiya
|
an’anaviy sog‘lomlashtiruvchi vosita bo‘lib, ko’pgina majmuaviy masalalarni yechish imkonini beradi.
|
Immunitet
|
tananing jiddiy maxsus chidamliligi bo’lib, uning yuqumli va yuqumsiz agentlar (ta’sir o’tkaza olish hususiyatiga ega bo’lgan barcha narsalar) va moddalarga berilmasligi, patogen mikroblarning ko’payishiga va zahar ishlab chiqarishiga yo‘l qo‘ymasligi, qarshi tura olish jihatiga aytiladi
|
Immun tizim
|
o’ta darajadagi murakkab biologik tizimdir. Ularning faoliyat ko‘rsatish a’zolari - qismlari limfotsitlar bo‘lib, ulaming umumiy soni 1010 (10.000.000.000 - o‘n million) darajaga yetadi.
|
Komplement
|
odam va hayvonlardan yangi olingan qon zardobidagi bakteritsid xususiyatli modda.
|
Interferon
|
bu tanada va hujayrani o‘stirilgan namunasi - kulturasida sintez qilinadigan kichik molulekulali oqlik bo‘lib, virus holida hujayra ichidagi mikrotanachalarning ko‘payishini (urchishini) to‘xtatuvchi vositadir.
|
Stress
|
haddan tashqari kuchli qo‘zg‘atuvchilarning ta’siri ostida tanada vujudga keladigan me’yordan o‘tib ketgan holatni bildiradi.
|
Allergiya
|
maxsus allergen ta’sirida, ushbu allergenga nisbatan tana sezuvchanligini ortishidir yoki oddiy so’z bilan aytganda, yotsirash ma’nosini anglatadi.
|
Biologik allergenlar
|
mikrotanachalar, viruslar, zamburug’lar, vaksinalar, zardoblar (yuqumli kasalliklar: sil, qorin tifi, oqsim) allergiya bilan kechadi.
|
|