Chivin orqali yuqadigan kasalliklar juda xavfli bmt yangiliklar markazi ma’lum qilishicha, yaqinda jsst mutaxassislari ishtirokida chivin chaqishi bilan odamga yuqadigan kasalliklarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tgan


Zika virusi bolalarga keyinchalik qanday ta'sir ko‘rsatadi?



Yüklə 221,02 Kb.
səhifə5/5
tarix16.05.2023
ölçüsü221,02 Kb.
#114681
1   2   3   4   5
Chivin orqali

Zika virusi bolalarga keyinchalik qanday ta'sir ko‘rsatadi?
“Mikrotsefaliya – bu qora quti”, - deya yozadi jurnalist Ana Kaseras (Ana Caceras). Shifokorlar u yura olmaydi, gapira olmaydi deyishgan edi. Biroq ular xato qilishdi.
Ko‘plab holatlarda shifokorlar haq bo‘lib chiqishadi: mikrotsefaliya og‘ir oqibatlarga olib keladi, bolalar hayotdan erta ko‘z yumishadi. Zika virusi eng og‘ir holatlarni yuzaga keltiradi.
Hozircha bu yangi kashfiyot, shuning uchun virus tufayli mikrotsefaliya bilan tug‘ilgan bolalar qanday rivojlanishini oldindan aytish qiyin. Misol uchun tsitomegalovirus miyadagi hujayralarni shikastlantiradi, shuning uchun asab to‘qimasi keragicha rivojlanmaydi. Zika virusi ham shunday ishlashi mumkin.
Mikrotsefaliyani qaytarish mumkin emas, bunday bolalarning maksimal ravishda imkonli rivojlanishi bilan davolashga erishish mumkin.
Butun dunyoda bu borada nimalar amalga oshirilmoqda?
Vaktsinasiz va maxsus dorilarsiz ko‘p narsaga erishib bo‘lmaydi. Mamlakatlar sayyohlar uchun maslahatlar ro‘yxatini ishlab chiqishmoqda va homilador ayollarga xavfli joylarga bormaslikni tavsiya qilishmoqda.
Braziliya va Salvadorda homiladorlikni biroz muddatga qoldirishni taklif qilishmoqda (Salvadorda 2018 yilgacha). Bu maslahatga rioya qilish oson emas (ayniqsa Salvadorda, bu yerda kontratseptsiya qimmat turadi).
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bir necha yo‘nalishda ish olib boryapti:
Tashxis va testlarni rivojlantirish. Bu vaksina va davolashni ishlab chiqishga qaraganda muhimroq vazifadir. Sifatli test o‘tkazishsiz kimni davolash kerakligi va kasallikning qay darajada avj olganini aytib berish mumkin emas.
Chivinlar ko‘payishining oldini olish. Insonlarga kasallikni yuqtirib olish xavfini kamaytirish uchun himoya vositalari zarur.
Epidemiya tarqalgan mamlakatlarga vrachlik yordamini ko‘rsatish. Misol uchun, u yerda mikrotsefaliyasi bo‘lgan bolalarga nevrolog va fizioterapevtlarning yordami kerak.
Tashkilot virus tarqalgan mamlakatlarga borish bilan bog‘liq cheklovlarni belgilamayapti. Biroq ba'zi mamlakatlar homiladorlarga xavfli mintaqalarga bormaslikni maslahat berishmoqda.
Hozirgi vaqtda Zika virusi bilan kurashishning eng samarali usuli dezinseksiya, ya'ni chivinlarga qarshi kurashish bo‘ladi. Bu to‘planib qolgan suvlarni yo‘q qilish va insektitsidlardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Chivinlar ko‘plab kasalliklarni tarqatgani tufayli Zika virusi atrofidagi hadiklar ular bilan kurashishda qo‘l kelishi mumkin. Vaktsina ishlab chiqish arafasida, yil oxirigacha sinovdan o‘tkaziladi. Zika virusining ta'siri bilan bog‘liq noma'lum masalalar yaqin yillarda aniqlanadi, zararlangan bolalar esa imkoni boricha o‘sish va rivojlanishda davom etadi, shifokorlar esa qayta tiklanishning eng samarali usullarini izlaydilar. Shuning uchun hozirda mazkur virus qay darajada xavfli ekanini aytish mushkul. Bu masala o‘rganib chiqish bosqichida ekan, ehtiyotkorlik choralarini qo‘llash foydadan xoli bo‘lmayd
Yüklə 221,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin