Kimyoviy tarkibi. Topinambur kartoshkalarida oqsillar, polisaxaridlar, aminokislotalar, organik va yog4 kislotalar aniqlangan. Vitamin Bl, B2, C miqdori kop bo'lib, polivitaminli o'simlik hisoblanadi. Yer ustki qismidagi vitamin yer ostki qismidagi - kartoshkasidagidan ko'p. Shuningdek, undagi vitamin C miqdori oddiy kartoshkadagidan 5 barobar ortiq. Topinambur kartoshkalarining vitamin tarkibi, mg % quruq massaga nisbatan quyidagicha:
C-98,1-108,1; B5-0,2-0,9;
Bl-1,2; B2-4,0-7,9;
B6-0,12-0,22; B7-10,0-24,0.
B3-2,4-8,8;
1 kilogramm topinamburda 60-70 mg korotin uchraydi. Topinambur tarkibida katta miqdorda polikislotalar uchraydi, ularga limon, olma, qahrabo kislotasi, fumar kislotasi kiradi.
Topinambur tugunagida 19-30% inulin, 2-3% protein, 1-2,5% oqsil, 0,5-1,0 % yog4, 1-1,5% kletchatka, 15-25% AEM (Azot tutmagan ekstraktiv moddalar.) ni tashkil etadi. Yashil massasida esa 26-29% quruq moddalar, 2,5-3,5% protein, 2,5-3% oqsil, 0,32-0,58% yog4, kletchatka 3,5-5,l%, AEM (Azot tutmagan ekstraktiv moddalar) 96,3-21,6% ni tashkil etadi.
Bargi, poyasida 4% triptofan va leysin aniqlangan. 1 kilogramm yashil massada 60-130 mg karotin aniqlangan.
Topinambur o'simligining kimyoviy tarkibi
1 - jadval
Modda
|
Xom massa miqdori, %
|
Tuganaklarida
|
Yer ustki qismida
|
Quruq moddalar,
|
22,5
|
29,5
|
Shakar
|
16,9
|
4,0
|
Selluloza
|
1,9
|
10,9
|
Yogxlar
|
0,1
|
0,4
|
Oqsil
|
2,3
|
2,2
|
Klechatka
|
4,2
|
18,1
|
73
w^ * V и n i * I
НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2020 йил 2-сон
Organik polioksikislotalar miqdori quruq massaga nisbatan - 6 - 8% bo'lib, ular asosan limon, olma, malon, qahrabo, fumar kislotalaridan iboratdir.
Yuqoridagi ma'lumotlardan ma'lum bo'ldiki, shifobaxsh o'simlik va mevalar tabiiy biologik faol moddalarga boy ekan. Shuning uchun bunday o'simliklardan olinadigan dorivor moddalarga extiyoj tobora ortib bormoqda. Chunki bunday moddalar tirik organizm uchun bezarar xisoblanadi. Bunday xususiyatli tabiiy moddalar Helianthus tuberosus (topinambur) o'simligida ham ko'plab uchraydi.
Shundan kelib chiqib Topinambur o'simligininmg tarkibini kimyoviy jixatdan tahlil qilish va tuganagidan pektin moddasini ajratib olishni maqsad qilib olindi.
Maqsadni amalga oshirish uchun Topinambur o'simligining yer ustki va ildiz meva qismini ekstraksiya usulida ekstraktiv moddalari ajratib olindi va kimyoviy jixatdan tahlil qilindi. Olingan natijalar 2-jadvalda keltirilgan.
Topinambur o'simligi tarkibidagi kul, namlik va ekstraktiv moddalr miqdori
2-jadval
O'simlik organi nomi
|
Namlik.
%
|
Kul,
%
|
Ekstraktiv moddalar
|
Metanol
96%
|
Metanol 40%
|
Suv
|
Ko'k massasi
|
71,9 %
|
2,4 %
|
27,5 %
|
20,1 %
|
22,6 %
|
Ildizi va tuganagi
|
78,6 %
|
1,9 %
|
21,6 %
|
18,2 %
|
19,1 %
|
Ajratib olingan ekstraktiv moddalari va kul tarkibi o'rganildi.
Olingan natijalardan (2-jadval) ma'lum bo'ldiki, spirtli ekstraktlardan foydalanib konsentrlangan xlorid kislota va rux kukuni ta'sirida qizil rangli eritmani hosil bo'lishi, flavonoidlar borligidan dalolat berdi.
Yanada aniqroq bo'lishi uchun, ekstraktiv moddalarga ammiak eritmasidan qo'shib qizdirilganda flavononollarga xos zarg'aldoq sariq rang, qo'rg'oshin (II)-atsetat ta'sirida flavonlarga xos tiniq sariq rangli cho'kma, alyuminiy xloridning 5% li eritmasidan tomizilganda, eritma rangi ko'pchilik flavonoidlarga xos bo'lgan sariq rangga bo'yalishi va temir (III)- xloridning spirtdagi 5% li eritmasidan ta'sir ettirilganda flavonoidlarga xos bo'lgan yashil rang hosil bo'ldi.
Spirtli eritmaning tarkibida vitaminlar borligini aniqlash uchun eritmaga qizil qon tuzining to'yingan va temir (III)-xloridning 1,0 % li eritmalaridan qo'shib chayqatilganda, suyuqlik ko'k ranga bo'yalishi, ekstraktiv moddalar tarkibida askorbin kislota borligini bildiradi.
74
' ■■■"■■■.
Ш II П I M
НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2020 йил 2-сон
Bundan tashqari 0,01% li metilen ko'ki va 10 % li natriy bikorbanat eritmasidan quyib qizdirilganda suyuqlikni rangsizlanishi, ekstrakt tarkibida T-lakton 2,3-degidro-L-gulon kislota, yani C vitamini borligi ma'lum bo'ldi.
Ta'kidlash joizki, o'simlik tarkibidagi kul elementlari ichida koproq Ca, Mg, Fe mavjud ekan. Shu bilan birga yashil massasi tarkibida 5-6 % gacha Ca va 3-3,5 % gacha magniy mavjudligi aniqlandi.
O'simlikning yashil va tuganagining ekstraktiv moddalari tarkibida organik kislotalardan limon kislotasi mavjudligini sifat reaksiyasi orqali aniqlandi. Buning uchun ikkita probirkalarga gaz chiqish trubkasi o'rnatildi va ularga 10 tomchidan sul'fat kislota tomizib, probirkalar qizdirildi. Aloxida ikkita probirkalar olinib biriga bariy gidroksid eritmasidan tomizildi, ikkinchi probirkaga ikki tomchi iodning kaliy iodiddagi eritmasidan tomizildi va rangsizlantirish uchun 10 % li natriy gidroksid eritmasidan qo'shildi. Qizdirilayotga birinchi probirkadan gaz chiqish boshlanishi zaxoti, trubkasini bariy gidroksid eritmasi mavjud probirkaga tushirilganda, eritma rangsizlandi. So'ngra, gaz chiqish nayini ikkinchi probirkaga tushirildi. Ikkinchi probirkada o'ziga xos xidli och sariq cho'kma hosil bo'ldi. Ikkinchi probirkani qizdirib xuddi shunday tajriba o'tkazilganda yuqoridagidek xolat namoyon bo'ldi. Demak, xaqiqatdan ham limon kislotasi mavjud ekan.
Limon kislotasi a-gidroksikislota xisoblanib, sul'fat kislota ishtirokida qizdirilganda dekarboksillanish jarayoni ketib, natijada atsetonga aylanadi.
OH
HOOC-CH2 -C-CH2-COOH
COOH
Ekstraktiv moddalarni qog'oz xromatografiya usulida tekshirilganda ham flavonoidlarga, gidroksikislotalarga hamda vitaminlarga xos bo'lgan ma'lumotlar olindi.
Demak, Helianthus tuberosus (topinambur) o'simligining tarkibi dorivor moddalarga boy ekan.
Keyingi tajribalarimizni topinambur tuganagi tarkibidagi moddalarni ajratib olishda gidroliz-ekstraksiya usulidan foydalanildi.
Adabiyotlardan ma'lumki, yer nok tuganagi tarkibida oqsillar, pektin, aminokislotalar, organik va yog4 kislotalar aniqlangan. Shular orasida pektinlar yuqorida ko'rsatilgan moddalar orasida alohida o'rin tutadi.
Pektin moddalar tabiiy yuqorimolekulyar birimalar sinfiga mansub bo'lib, ular tarkibida turli reaksion faol funksional guruxlar bo'ladi va ular bilan turli poliomeranalogik reaksiyalar o'tkazish imkoniyati mavjuddir. Bunday reaksiyalar asosida turli tabiiy dorivor moddalar xosil qilish mumkin.
75
w^ * V и n i * I
НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2020 йил 2-сон
Shu nuqtai nazardan topinamur tuganagidan turli sharoitlarda gidroliz-ekstraksiya usulida pektin moddasi ajratib olinidi. Bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat:
Topinamburni maydalash va keyingi jarayoniga tayyorlash;
Maydalangan mahsulotni 15-30° C yuvish (chang, loy va shakar moddalardan
qutilish), gidrolizga tayyorlash;
Efir moylari va boshqa moddalardan qutilish (spirt muhitiga 60-70°C xaroratda)
ekstraksiyalash;
Ekstraktni filtrlash va yana spirtda yuvish;
Gidroliz-ekstraksiyalash (turli sharoitlarda);
Ekstraktni sovutish, filtrlash va issiq distillangan suvda yuvish;
Ekstraktni fil'trlash, sovitish va ishqoriy muhit yordamida neytrallash;
Neytrallangan ekstraktni bug'latish va oz miqdordagi spirt bilan qayta ishlash;
Hosil bo'lgan siropni sentrifugalash orqali pektinni ajratib olish va doimiy
og'irlikka keltirish.
Yuqoridagi sxema bo'yicha ajratib olingan pektin moddalari - amorf poroshoklar bo'lib, och sarg'ish rangdan to och jigarrang ranggacha, nordon tamli va tarkibida 5-7 % namni saqlaydi (bo kadi). Qizdirilganda suvda erishi kuzatildi va xar xil kolloid eritmalar hosil qilindi.
Ajratib olingan pektin moddalari na'munalarining fizik-kimyoviy xossalari titrometrik va viskozimetrik hamda boshqa usullarida o'rganildi.
Olingan natijalar quyidagi 3-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |