CLASSIFICATION AND CERTIFICATION OF BIOLOGICALLY ACTIVE SUBSTANCE
' ■■■"■■■.
Ш II П I M
НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2020 йил 2-сон
Topinamburni ilk marta Yevropaga XVII asrda sayohatchi Samuel de Shamplen olib kelgan bo "lib, u topinambur tuganaklarini Kanadadan Fransiyaga yuborgan va uning ta'mi hamda sifatini artishoknikiga tenglashishini isbotlagan. Shu davrdan boshlab topinambur Evropaning koplab davlatlariga tarqala boshlagan (topinamburning tarqalishida unga turlicha nomlar ham berila boshlangan - "kanada kartoshkasi", "djirasol", "quyoshli ildiz"). Hozirda topinamburdan fruktoza, spirt, likyor, vino va pivo olish mumkin, yana ushbu osimlikning tuganaklari belgiyaliklar, gollandlar, fransuzlar, nemislar va angliyaliklar oshxonasining an'anaviy ingrediyentlari hisoblanadi.
Topinamburning biokimyoviy tarkibi va dorivor - profilaktik hususiyatlariga bolgan qiziqish AQSh, Yaponiya, Kanada, Belgiya, Gollandiya, Germaniya, Vengriya kabi koplab davlatlarda sezilarli miqdorda osdi. Topinamburdan olinadigan va qandli diabet hastaligiga chalinganlar uchun inulin koplab davlatlarda rasman tabiiy, zararsiz va inson uchun oziq ingrediyenti deb tan olingan [1-4].
Rossiyada topinambur XVII asrdan beri malum va mashhur bo'lib, lekin sabzavot sifatida emas, balki dorivor osimlik sifatida qo'llanilingan.
1991 yildan so'ng Rossiyada va boshqa davlatlarda topinamburni yetishtirish kuchayib bordi. Undan asosiy maqsad dorivor preparatlar olish bolgan (masalan "Topinambur", "Dolgolet" kabi preparatlar) *3-5].