MAY 2023 ISSN: 2181-3558 33
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO FANINING TURLI XIL PEDAGOGIK USULLARI VA TARKIBINING TAMOYILLARI Xolmurodova Laziza Erkinovna Qashqadaryo viloyati Qarshi Davlat Universiteti Kimyo-biologiya fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi o’qituvchisi Annotatsiya . Oliy ta’limda umumiy va noorganik kimyo kursining kasbiy-
pedagogik yo‘naltirilganligi, tuzilmaviy tarkibi va taxlili, maqolada ana shu
tamoyillar haqida fikr yuritilgan.
Tayanch so‘zlar: kimyo, metodika, tizim, kasbiy-pedagogik, tamoyil, tarkibi va taxlili. Аннотация . О профессионально-педагогической направленности,
структурном составе и анализе курса общей и неорганической химии в
высшем образовании, об этих принципах говорится в статье.
Базовые слова: химия, методика, система, профессионально-
педагогическая, принцип, состав и анализ.
Annotation . The professional-pedagogical orientation of the course of
general and inorganic chemistry in higher education, its structural composition and
planning, the article reflects on these principles.
Base words: chemistry, methodology, System, Professional-pedagogical,
principle, composition and reasoning.
Kirish (Introduction)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoyishi va 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy
ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida “Elektron
ta’lim” milliy tizimini yaratish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 16 apreldagi PQ–1740-son qarori, Vazirlar
Mahkamasining 2012-yil 25-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi huzurida ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish
markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 228-sonli qarori hamda mazkur sohaga
tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishda ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: noorganik kimyo fanini
moddalarni simmetrik ko‘rinishlarga ajratish asosida talabalarga o‘qitish
metodikasi nuqtai nazaridan kimyo, psixologiya, pedagogika hamda metodikaga
tegishli adabiyotlarni tadqiqot muammosi yuzasidan atroflicha taxlil etib chiqildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, talabalar uchun
moddalar tavsifi va ular bilan bog‘liq kimyoviy jarayonlarni simmetrik
ko‘rinishlarga ajratib talabalarga o‘rgatish muammosi yuzasidan ta’lim berishning
yaxlit metodikasi taqdim etilganligida o‘z aksini topadi.