MAY 2023 ISSN: 2181-3558 45
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH olib kiradi va oxirgi uchquniga qadar yonib turadi. Urushda ishtirok etish, o’sha
davrda yashash qiyin bo’lgani hammaga ma’lum. Ammo shunday vaziyatda ham
foyda keltirish hammaga ham emas. Bizni ajdodlarimiz esa mana shunday qiyin
vaziyatlarda ham mardonavor kurashib, qahramonlik ko’rsatishgan. Va ushbu
holatlarni yanada jonlantirish maqsadida yurtimizda ko’plab inshootlar barpo
etilgan. Bundan ko’zlangan maqsad albatta, katta bo’lgan. Sababi bu yerlarga
tashrif buyurgan har bir inson bundan bohabar bo’la oladi. Tariximiz buyukligi,
o’tmishda yashash, urush davrida yashash oson bo’lmaganligini qurilgan binolaru
inshootlardan ham bilib olishlari mumkin. Bu bizni o’tmishimizni eslatib turadi.
Ya’ni o’zligimizni unutmaslik maqsadida desak adashmaymiz. Keksalarni , urush
qatnashchilarini doim yodda saqlash va ularni hurmatlarini joyiga qo’yish umidida
shunday ko’rinishdagi inshootlar yurtimizdagi ko’plab manzillarda joylashgan.
O’zbekistonda ushbu kun 1999-yildan beri keng nishonlanib kelmoqda. Bunga
birinchi Prezidentimizning hissalari katta desak ham bo’ladi. Chunki aynan ular
bunday inshootlarni barpo qilish yo’lida bo’lganlar hamda 9-mayni bayram deya
e’lon qilganlar.
Navbatdagi rasm esa “Motamsaro ona”,- deb nomlanadi. O’z farzandini
urushga yuborgan va u yerdan uning halok bo’lgan habarini eshitgan ko’plab
onalar hissiyotlari, kechinmalari mana shu haykalda jamlangan. Albatta, shuni
aytib o’tishimiz kerakki har davrda ona farzandim deb yashaydi, farzand dog’ini
ko’tarish esa har kimni ham cho’ktirib qo’yadi.Motamsaro ona haykali – ikkinchi
jahon urushida halok bo’lgan O’zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag’ishlab