Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
46 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
Toshkent shahrida 1999 yilda bunyod etilgan, “Xotira va qadrlash” maydoniga 
o’rnatilgan haykal. Unda farzand(lar)i urushdan qaytmagan motamsaro ona 
qiyofasi aks ettirilgan. Onaning yuzlarini ajin bosgan, qaddi bukilgan, g’amga to’la 
nigohlari yerga qadalgan. Bir haykalda har bir ona ichki kechinmalari va dardlari 
aks ettirilgan desak adashmagan bo’lamiz. 
Mana shunday davrda yashab turib ham bizga ma’naviy asarlar, boyliklar 
qoldirgan o’z davrining mashhurlari ham yo’q emas. Ular urushdan, har bir ona 
faryodidan, ushbu davrdagi kechinmalardan qaysidir ma’noda ilhomlanib o’z 
kechinmalarini qog’ozga she’r va asarlar ko’rinishida bitishgan. Oʻzbekiston 
Respublikasi mustaqillikka erishgach, 35 jildli Xotira kitobi tayyorlanib, nashr 
qilindi. 2000-yilda Toshkentdagi Mustaqillik maydoni xiyobonida maxsus majmua 
qurildi. 9-may — kuni yurtimizda Xotira va Qadrlash kuni sifatida har yili 
nishonlanadigan boʻldi. Buni g’alaba kuni sifatida nishonlash noto’gri bo’ladi. 
Chunki bu bu urushda juda ko’p qurbon berilgan va qon bilan yutilgan. Ammo shu 
xolatda ham ular o’z vatanlari uchun jon berishgan qahramonlardir. Xattoki ushbu 
kun va shahid ketgan ajdodlarimiz uchun yurtimiz shoirlari o’tmishdan tasirlanib 
she’rlar ham bitishgan. 
Ular… minglab, balki milyon edilar, 
Yashashga tug’ilgan inson edilar, 
Shirin jon edilar, iymon edilar, 
Hali ushalmagan armon edilar. 
Nogoh, changal urib dahshatli balo, 
Ularni shu kunga etdi mubtalo
Sirti xo’p yaltiroq, asli ajdaho, 
Sochdi g’azabini-yovuz va yuho… 
Ayblarin bilmasdan hayron edilar. 
Ayblari emish xalqiga dushman, 
Ularga yot emish shu yurt, shu gulshan, 
Qalb-u fikrlari emish chirk, tuban 
Vatanni to’ntarib tashlashga tuban 
Ahd etgan, go’yokim nodon edilar. 
Dillarni titratur jaxoniy olam
Ruhlar chirqirashin tinglaymiz har dam, 
Bu dardni yozganda toqatsiz qalam- 
Shaharim, qishlog’im, chamanim, dalam- 
Ular Qodiriy va Cho’lpon edilar. 
Vale, bu dunyoda oliy hakam bor, 
O’shal qudrat erur mangu ustuvor
Shahidlar bong urib har shomu shahar, 
Bizni ogoh etar, bo’ling deb xushyor, 
Ular xalqimizga qalqon edilar, 
Abadiy barhayot vijdon edilar. 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin