Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
88 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
Jismoniy tarbiya tarbiyaning ajralmas qismlaridan biri bo‘lib, maktabda 
tarbiyaning boshqa tomonlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bu bilan jismoniy 
tarbiya inson shaxsining har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi. Bolani oilada 
jismoniy jihatdan tarbiyalash u tug‘ilgan kundan boshlanadi. Bu davrda jismoniy 
tarbiya, asosan, uning to‘g‘ri o‘sishi va sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydigan 
gigiyenik talablarga rioya qilishdan, jismoniy jihatdan parvarishlashdan iborat 
bo‘ladi. Jismoniy tarbiya bolaning jismoniy kuchi va kishi psixik faoliyatining 
moddiy negizi bo‘lgan markaziy nerv tizimini o‘stirish va taraqqiy ettirish bilan 
birga, uning aqliy qobiliyatlarini to‘g‘ri о‘si shiga ham yordam beradi. Jismoniy 
tarbiya axloqiy tarbiya bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxs uzluksiz ta’lim jarayonida 
dunyoviy, ilmiy bilimlarni o‘zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab 
chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o‘zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida 
ma’naviy-axloqiy sifatlami tarbiyalab boradi. Shaxsda o‘zlashtirilgan bilim, 
faoliyat ko‘nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib 
boradi. Yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga 
ega bo‘lish uchun shaxs o‘z oldiga muayyan maqsadni qo‘ya olishi hamda unga 
erishish yo‘lida tinimsiz izlanishi, o‘qib-o‘rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy 
raqobatga chidamli, malakali kadr bo‘lib shakllanadi.[1, 6-bet.] 
Mulohaza va takliflar 
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mardlik, qat’iylik, o‘zini tuta bilishlik, 
matonatlilik kabi axloqiyirodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli 
o‘yinlar va sport o‘yinlari. turli estafetalar bolalar o‘rtasida jamoali, o‘rtoqlik va 
do‘stlik hissini o‘z oldidagi va sport jamoasi oldidagi burchini, mas’uliyatlilik va 
talabchanlikni his qilishni tarbiyalaydigan eng yaxshi vositalaridandir,
Xulosa qilib ichki jismoniy madaniyat jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi 
bo‘lib, unga quyidagilar kiradi: 
- inson a’zolarining tuzilishi va ularning funksional kamoloti.
-a’zolar, nerv va harakat, suyak-muskul tuzilishi, badanning uyg‘unligi va 
ularning funksional faoliyatini boshqarish;
- o‘quvchilar sog‘ligini mustahkamlash; - gigiyena qoidalariga ko‘nikish; - 
o‘quvchilami bar tomonlama mohirligini o‘stirish;
- bo‘lajak ishchi, mehnatkashlarning jismoniy va fizik sifatlarini, kasb 
ahamiyati jihatidan shakllantirish, ish qobiliyatlarini oshirish;
- o‘quvchilarning jismoniy va yosh xususiyatlari uchun sharoit yaratish;
- o‘quvchilaming iroda, chidamlilik, qat’iyan intizom, do‘stlik hissini kamol 
toptirish; - kasbiy, jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin