Sayohat paytida oilangiz qanday ehtiyotkorlik choralarini ko'rishi kerak?
Chet elga safar qilishni rejalashtirgan har bir kishi, borayotgan mamlakatning unga kirib kelayotganlar uchun qo’ygan har qanday cheklovlar, karantin talablari yoki boshqa tegishli tavsiyalar borasidagieslatma bilan tanishishi kerak.
Safar paytidagi odatiy ehtiyot choralarini ko'rishdan tashqari, karantin yoki o'z davlatingizga qaytib kirisni t’qiqlashning oldini olish uchun Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining veb saytida COVID-19 haqidagi so'nggi ma'lumotlar bilan tanishib borish tavsiya etiladi.
Safar davomida barcha ota-onalar va ularning farzandlari standart gigiyena qoidalariga amal qilishlari kerak: qo'llarini tez-tez yuvib turing yoki kamida 60% alkogol mavjud qo'l antiseptigni qo'llang, to’g’ri respirator gigiyena qoidalariga rioya qiling (og'iz va burunni egilgan tirsak yoki qog'oz dastro’mol bilanberkitish, yo'talayotganda yoki aks urganda salfetka ishlatib, uni darhol tashlab yuborish, yo'talayotgan yoki aks urayotgan kishi bilan yaqin masofada muloqot qilmaslik). Bundan tashqari, ota-onalarda doim yonlarida antiseptik, bir marta ishlatiladigan salfetkalar va dezinfektsiyalaydigan nam salfetkalar bo'lishi tavsiya etiladi.
Qo'shimcha tavsiyalar quyidagilarni o'z ichiga oladi: samolyotga yoki boshqa transport vositasiga chiqqaningizda o'rindiq, uning qo'l qo’yiladigan qismi, sensorli ekran va boshqalarni dezinfeksiyalash vositasi bilan arting. Siz va farzandlaringiz yashaydigan mehmonxonada yoki boshqa joyda foydalaniladigan buyumlarning sirti, eshik tutqichlari, masofadan boshqarish pulti va boshqa jihozlarni tozalash uchun dezinfeksiyalash vositasidan foydalaning.
Dostları ilə paylaş: |