Formula Bajariladigan amal = 122*0,003
122 sonini 0,003 soniga ko‗paytiradi.
=(A4+V7)*S2^2 A4 va V7 katakchalardagi sonlarning
yig‗indisi S2 katakchadagi sonning
kvadratiga ko‗paytiriladi.
=A1< B1
agar A1 katakchadagi son qiymat B1
katakchadagidan kichik bo‗lsa, bu
mantiqiy formulaning qiymati
ROST bo‗ladi. Aks holda
YOLG‟ON bo‗ladi
=SUM(F1:F15) F1:F15 diapazonining qiymatlari
yig‗indisini hisoblaydi.
Formulalarda arifmetik amallar quyidagi tartibda bajariladi:
birinchi bo‗lib darajaga ko‗tarish amali, ikkinchi bo‗lib ko‗pay-
tiruv va bo‗luv amallari, oxirida qo‗shuv va ayiruv amallari
bajariladi. Amallarni prioriteti bo‗yicha bajarilish tartibini buzish
uchun oddiy qavslardan foydalaniladi. Agar formulada oddiy
qavslarga olingan ifoda bo‗lsa, u oldin bajariladi. Masalan,
=(V3+S3)^2 formulada avval qavs ichidagi ifoda hisoblanib,
keyin darajaga ko‗tarish amali bajariladi.
Formulani katakchaga kiritishda boshqa katakchaning adresi
ishtirok etsa uni klaviaturadan qo‗lda terish yoki o‗sha katakcha
adresini ko‗rsatish yo‗li bilan kiritish mumkin. Formula kiritish
jarayonida katakcha adresini formulada ko‗rsatish uchun adresi
ko‗rsatilishi lozim bo‗lgan katakcha ustida sichqon tugmachasi
bir marta bosilsa shu katakchaning chegarasi harakatdagi ramka
ko‗rinishiga keladi va formulada shu katakchaning adresi paydo
bo‗ladi. Formulani muharrirlash to‗g‗ridan-to‗g‗ri katakchada
bajarilishi yoki formulalar satrida amalga oshirilishi mumkin.
Formuladan nusxa olish. Formulalarga nusxa ko‗chirish
amallarini qo‗llaganda operand sifatida ishtirok etgan katakcha
118
adreslari nusxa qo‗yilgan katakchaga nisbatan mos ravishda
joylashgan katakchaning adresiga o‗zgarib qoladi. Bular