nisbiy adreslar deyiladi. Masalan,
S1 katakchada
=A1+V1 formula
yozilgan bo‗lsa, shu formuladan nusxa ko‗chirib
S5 katakchaga
qo‗ysak u formula
=A5+V5 ko‗rinishda bo‗lib qoladi. Agar
nusxa ko‗chirishda formulada ishtirok etuvchi adreslarni
o‗zgartirmagan holda qoldirish lozim bo‗lsa ularni
absolyut adres ko‗rinishida yozish lozim. Absolyut adres qilib yozish
uchun katakchaning adresidagi ustun nomi va satr nomeri oldiga
$ (dollar) belgisi qo‗yiladi. Masalan, =
$D$3 ko‗rinishida
yozilgan adres nusxasi ko‗chirilganda
D3 katakchani ko‗rsatadi.
Shuningdek, zarur bo‗lganda aralash murojaatlarni ham qo‗llash
mumkin. Masalan, =
$D3 formuladan nusxa ko‗chirilganda
uning faqat satriga nisbatan o‗zgarish bo‗lishi mumkin.
Excelda qo‗shni katakchalarga nusxa ko‗chirishning oson
usuli mavjud bo‗lib, u quyidagicha bajariladi:
1) Nusxasi ko‗chirilishi lozim bo‗lgan katakcha (diapazon)
joriy qilib olinadi.
2) Sichqon ko‗rsatkichi katakchaning pastki o‗ng burchagiga
keltirilib, u ―+‖ belgi ko‗rinishiga o‗zgargandan so‗ng sichqon
tugmachasi bosilgan holda satr yoki ustun bo‗yicha sudrab
kerakli joyga keltirib qo‗yib yuboriladi.
Funksiyalardan foydalanish. Funksiyalar
ko‗p
uchraydigan amallarning tayyor dasturi bo‗lib, Excelda ulardan
keng foydalaniladi.
Masalan, bir nechta
qiymatlarning
yig‗indisini yoki ularning o‗rta qiymatini, logarifmik va
trigonometrik funksiyalarning qiymatlarini hisoblash va h.k.
Odatda formulalarda fuktsiyalarni
«Мастер функций» imkoniyatlaridan foydalanib qo‗yiladi. Buning uchun formulalar
satri yonidagi
funksiya qo‗yish (