«Мастер диаграмм» bir nechta interaktiv muloqatli
darchalar ketma-ketligidan tashkil topgan bo‗lib, ularning har
biriga mos javoblarni bergandan so‗nggina zaruriy diagrammani
olish mumkin. Yuqorida keltirilgan muloqatli darcha ularning
boshlang‗ichi bo‗lib, bu paneldan kerakli diagrammaning tipi va
ko‗rinishi tanlanadi. Buning uchun
«Тип:» sohasidan diagram-
maning tipi tanlanadi. Masalan, gistogramma, grafik, aylana,
halqa va h.k. O‗ng tomondagi paneldan diagrammaning ma‘lum
bir ko‗rinishi tanlanadi va
«Далее» tugachasi bosiladi. Keyingi
chiqqan muloqotli darchalarga ham shu yo‗sinda kerakli javoblar
beriladi va oxirgi darchaning
«Готово» tugmachasi bosilganda
kerakli diagramma hosil bo‗ladi. Oraliq muloqotli darchalarda
diagrammani ustun yoki satr bo‗yicha yaratish, uning koordinat
o‗qlarini nomlash, qiymatlarini qo‗yish, ―afsonalar‖ (legenda)
yozish, uni kerakli joyga qo‗yish kabi amallarni bajarish
mumkin.
Yаratilgan diagrammaning nusxasini boshqa dastur muhitida
yaratilgan hujjatlarga ham qo‗yish mumkin. Masalan, MS Word,
MS Power point va b.
Nazorat savollari va topshiriqlar: 1.
Excel elektron jadvali qanday imkoniyatlarga ega?
2.
Excel elektron jadvalining interfeysidagi asosiy sohalar va
ularning vazifalarini ko‗rsating.
3.
Elektron jadval fayllarini ochish va saqlash usullarini ko‗rsa-
ting.
4.
Elektron jadvaldagi ma‘lumotlarni ularnig turlari bo‗yicha
kiritish va muharrirlash usullarini ko‗rsating.
5.
Matematik formulalarni kiritish usullarini ko‗rsating.
6.
Diapazonlarni ajratish usullarini va ular ustidagi amallarni
ko‗rsating.
7.
Jadval elementlari ustidagi amallar qanday bajariladi?
8.
Xodimlarning oylik maoshini shartli hisoblash amaliy jadvalini
yarating.
9.
Matematik formulalarda funksiyalardan qanday foydalaniladi?
10.
Jadval ma‘lumotlari qanday sortirovka qilinadi?
11.
Jadval ma‘lumotlari ustida filtratsiya amali qanday bajariladi?
12.
Elektron jadvallar asosida diagrammalar qanday quriladi?