D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


Shovqin va uning tirik organizmlarga ta’siri



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

 Shovqin va uning tirik organizmlarga ta’siri 


210 
Odam salomatligini saqlashda turli ekologik omillarning roli juda katta. 
Ekologik omil deganda, kishi sog‘ligiga salbiy yoki ijobiy ta‘sir etuvchi tashqi 
muhitdagi holatlarni tushunish mumkin. Ekologik omillar o‘z tabiatiga ko‘ra 
fizikaviy, kimyoviy va biologik ko‘rinishlarga ajratiladi.
Fizikaviy omillarga quyidagilar kiradi: 

Shovqin va infratovush; 

Issiqlikdan nurlanish; 

Elektromagnit nurlanish; 

Radioaktiv nurlanish; 
Fizik omillar kishi organizmiga kun bo‘yi tinimsiz ta‘sir etib turishi 
natijasida insonning mo‘tadil hayot tarsi buziladi, sog‘ligi yomonlashadi. 
Shahardagi shovqin ijtimoiy omil bo‘lib qoldi. Bakteriolog Robert Kox bundan 
taxminan yuz yil oldin ―bir kun kelib inson vabo va xolera kasalligidan qanday 
nurlangan bo‘lsa, shovqinga qarshi shunday kurashishga to‘g‘ri keladi‖, deb 
aytgan edi. 
Bugungi kunga kelib bu so‘zlar haqiqatga aylanganligini transport, sanoat 
teznologiyasi rivojlanishi, uydagi elektr jihozlaridan chiqadigan tovushlar, 
radioqurilmalarda ko‘rish mumkin. Shovqin kunlik hayotimizni o‘rab olgan bo‘lib, 
ertalabki soat tovushi (56-80 dB) dan uyg‘onamiz, radiodagi musiqa eshitirishlari 
70 dB, ko‘chadagi transport shovqinlari o‘rtacha 70-80 dB, ish joyidagi shovqin 
80-90 dB ni tashkil qiladi. Shovqinni atrof-muhitga keng tarqatayotgan eng xavfli 
omillardan biri avtotransport vositalari hisoblanadi. Hozirgi kunda yer yuzida 700 
milliondan ortiq avtotransport mavjud.
Shularning 30% i AQSH lariga to‘g‘ri kelsa, O‘zbekistonda 1,3 million 
avtomobil mavjud. Avtomobillar o‘zidan faqatgina zaharli gazlar chiqarib 
qolmasdan shovqin ham tarqatadiki, bugungi kunda bu eng muhim dolzarb 
muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Quyida avtomobillardan chiqadigan 
shovqinlar ularni inson sog‘ligiga ta‘siri haqida to‘xtalamiz. Inson organizmiga 
salbiy ta‘sir qiluvchi har qanday yoqimsiz ovoz shovqin deb yuritiladi. Shovqin 
inson organizmiga quyidagicha ta‘sir etadi: 


211 

Insonning markaziy asab sistemasiga; 

Bosh miya yarim sharlari taranglashib, insonda charchoqlik kelib 
chiqadi; 

Odam bezovtalanadi; 

Eshitish sezgisi pasayadi; 

Insonning diqqat qilish qobiliyati buziladi; 

Yurak va qon-tomir funksiyasi buziladi; 

Uyquda cho‘chish, yaxshi dam olmaslik hollari kuzatiladi; 
Shovqinnin har bir inson har xil qabul qilishi mumkin va u quyidagilarga 
bog‘liq bo‘ladi: 

Inson salomatligiga; 

Inson kayfiyatiga; 

Inson yoshiga va hokazolar; 
Yengil avtomashinalar uchun shovqinning ruxsat etilgan shovqin darajasi 84 
dB, avtobuslar uchun 89 dB (avtotransport tezligi ortishi bilan bu ko‘rsatkich 
ortadi). 
Shovqinni kamaytirish maqsadida yo‘llarni kengaytirish, ko‘kalamzorlarni 
ko‘paytirish kerak, chunki yo‘lning bir metr kengayishi shovqinni 4-6 dB 
kamaytiradi, daraxtlar va boshqa o‘simliklar esa shovqinni yutadi.
Navoiy shahrida shovqinni kamaytirish maqsadida barcha yo‘llar 1-2 metrga 
kengaytirildi. Yo‘l atroflari ko‘kalamzorlashtirildi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatadiki, aholiga doimiy ta‘sir ko‘rsatadigan shovqin bu transport shovqinidir. 
Avtotransportlar chiqaradigan shovqin darajasi har yili bir desibelga ortib 
bormoqda. Shovqin ta‘siri alohida guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Jumladan, korxonalar shovqini, turar joylardagi shovqin, transport shovqini 
va boshqalar. Shovqin va uning manbalarini quyidagi sxemada ham ko‘rsatish 
mumkin: 
Temir yo‘llardan 
chiqadigan shovqin 
Samolyotlardan 
chiqadigan shovqin 


212 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin