NAZORAT SAVOLLARI
1.
Ekologik muammolar fanining vazifasi, fanni o‘qitilishidan maqsad
nima?
2.
Ekologik muvozanatning ijtimoiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?
3.
―Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida‖ gi Qonun haqida nimalarni
bilasiz?
4.
Qaysi taraqqiy etgan mamlakatlarda atmosferaning ifloslanish darajasi
eng yuqori?
5.
Tabiatni muhofaza qilish nimaga kerak?
6.
Nima uchun Orolni asrash borasida Xalqaro hamkorlik zarur?
7.
Nima uchun atmosfera havosini muhofaza etish maqsadida Xalqaro
shartnomalar tuziladi?
8.
Biosfera so‘zi qanday ma‘noni anglatadi?
9.
Biosfera qanday qobiq?
10.
Biosfera o‘zida qanday qatlamlarni qamrab olgan?
11.
Biosfera tog‘risidagi ta‘limotni kim rivojlantirgan?
12.
Akademik V.I.Vernadskiy ta‘riflagan biogeokimyoviy tamoyillarini
sanab bering.
13.
Ekologik muammolarni falsafiy talqini nimada namoyon bo‘ladi?
14.
Ekologik muammolarning kompleks xarakterini izohlay olasizmi?
15.
Ozon qatlamining yemirilishi va unga sababchi omillarni sanab bera
olasizmi?
16.
Ekologik tarbiya jarayonida eng muhimi nima deb o‘ylaysiz?
17.
O‘zbekistonda eng yirik sanoat korxonalari qaysi viloyatda
joylashgan?
18.
Navoiy viloyatining ekologik xavfli tumani qaysi?
19.
Osimliklardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?
20.
Qanday qo‘riqxonalarni bilasiz?
21.
Suv havzalarini ifloslanishi haqida nima bilasiz, uni oldini olishda
sizningcha eng muhimi nima?
220
22.
Atmosfera havosini muhofaza qilishda siz qanday hissa qo‘shayapman
deb o‘ylaysiz?
23.
Nega Orolni qayta to‘ldirib bo‘lmayapti?
24.
Prezidentimizning qaysi asarlarida Ekologik muammolar haqida
fikrlar aytilgan?
25.
Siz O‘rta Osiyo xalqlarining tabiatni muhofaza qilish borasida olib
borgan ishlarini bilasizmi?
26.
―Avesto‖ saboqlari haqida nimalarni bilasiz?
27.
Sohibqiron Amir Temurning mamlakat obodligi, tabiatni muhofaza
qilish borasidagi ishlarini maqtovga sazovor deyish mumkinmi?
28.
Tabiatni huquqiy muhofazalash nima?
29.
Tabiatni muhofaza qilish borasidagi qabul qilingan qonunlarning
ahamiyati nimada?
30.
Ekologik ma‘naviyat va ekologik tarbiya deganda nimani tushunasiz?
31.
Axloqiy tarbiyali inson ekologik tarbiyali ham hisoblanadimi?
32.
Yer osti boyliklarini muhofaza qilishning maqsadi nima?
33.
Nima uchun Ekologik muammolarni hal qilishda hamma ishtirok
etishi kera?
34.
―Navro‘z‖ bayramining ekologik muammolarga bog‘liqligi bormi?
35.
―Tabiatni muhofaza qilish haqidagi tushunchalarni bolalarga emas,
ota-onalarga singdirish kerak‖, deyishadi bu to‘g‘rimi?
36.
―Issiqlik effekti‖ni vujudga keltirgan sabablarni ko‘rsating.
37.
Ozon qatlami yemirilib boraversa, qanday falokat yuz berishi
mumkin?
38.
Tabiatdagi muvozanat nimaning hisobiga buzilayapti?
39.
Kislorodni mo‘tadil bo‘lib turishi uchun nimalarga e‘tibor berish
kerak deb o‘ylaysiz?
40.
Siz o‘zingizni ekologik tarbiyaga ega deb hisoblaysizmi? (izohlar
bilan tushuntiring).
221
41.
O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan?
42.
―Qizil kitob‖ ga kiritilgan o‘simliklarni yiqqanlik uchun qanday
javobgarlik mavjud?
43.
O‘simlik dunyosi bilan bog‘liq qanday holat uchun O‘zbekiston
Respublikasining ―Jinoyat kodeksi‖ da qanday javobgarlik belgilangan?
44.
Qanday hollarda o‘rmondan qo‘shimcha foydalanish mumkin?
45.
Qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsuloti nima
qilinadi?
46.
Qanday hollarda o‘rmondan foydalaniash huquqini cheklash, to‘xtatib
qo‘yish yoki taqiqlash mumkin?
47.
Orol dengizi suvidan davlatlararo foydalanishning huquqiy holati
belgilanganmi?
48.
Suv omborlari, gidrouzellar va boshqa suv inshootlaridan foydalanish
tartibi qanday?
49.
Qanday holatlar ekologik nuqtai nazardan xavf tug‘diradigan
vaziyatlar hisoblanadi?
50.
Ekologik ofat mintaqasi deb qanday joylar e‘lon qilinadi?
51.
Orol bo‘yidagi ekologik xavf-xatar haqida matbuotda dastlab qachon
chiqish qilingan?
52.
O‘zbekiston Respublikasida atmosfera havosini muhofaza qilishning
qanday huquqiy manbai mavjud?
53.
―Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida‖ gi qonunning
asosiy vazifalari nimadan iborat?
54.
O‘zbekiston Respublikasida kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va
ulardan foydalanish tartibi qanday amalga oshiriladi?
55.
Atmosfera havosiga zararli ta‘sir ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar tartibi
qanday?
56.
―Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida‖ gi qonun hujjatlarini
buzganda qanday jazolanadi?
222
57.
Biofiltrlar qanday inshoot va ular nimalardan qurilgan hisoblanadi?
58.
Biofiltrlarda nima uchun biokimyoviy jarayonlar jadal kechadi?
59.
Sprinklar sistemasi nimalardan iborat?
60.
Biofiltrlar qanday shaklda bo‘ladi va ichi nimalar bilan to‘ldirilgan
bo‘ladi?
61.
Biofiltrlarning qavatlardagi qalinligi va diametrining qalinligi necha
metrga teng?
62.
Filtrlovchi materiallar nimalarni hosil qiladi?
63.
Suvning tozalanishi ikki bosqichda o‘tadi, ular qaysilar?
64.
Tuproq quruqlikning qanday qismi hisoblanadi?
65.
Tuproqning asosiy komponentlarini sanab bering.
66.
Tuproqning hosildorlik miqdorini nima belgilab berib turadi?
67.
Tuproqda qanday sharoitlarda modda almashinuvi doimiy holda sodir
bo‘ladi?
68.
Nima sababdan tuproq butunlay yaroqsiz holga kelib qoladi?
69.
Tuproq eroziyasini nima yuzaga keltiradi?
70.
Shovqin-suronning insonning salomatligiga ta‘siri qanday?
71.
Yoqimli shovqinlarga misollar keltiring.
72.
Shovqin-suronlarning salbiy ta‘sirlarini sanab bering.
73.
Shovqinni qabul qilish kishining qanday holatlariga bog‘liq?
74.
Inson shovqindan himoya qilinganmi?
75.
Sayyoramiz hududlarida ekologik taraqqiyotning darajasi qanday?
76.
Yerning turli hududlaridagi hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarni
sanab bering.
77.
Global ekologik kollaps xavfi to‘g‘risida qachon aniqlangan?
78.
Inson tomonidan yaratilgan sun‘iy biogeotsenozlar tabiiy singari
barqaror bo‘la oladimi?
79.
Ekologik vaziyatning insonga hamda tabiatga ta‘siri qanday?
80.
O‘zbekiston Respublikasining ―Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida‖
gi qonuni qachon qabul qilingan?
223
81.
Ushbu qonunning mohiyati nimadan iborat?
82.
Mamlakatimiz tarixida tabiatni muhofaza qilishga doir dastlabki
tadbirlar va ularning sabab hamda oqibatlari nimalardan iborat?
83.
O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilishning tarixiy
ahamiyati va uning xususiyatlari nimalardan iborat?
84.
O‘zbekistonda qabul qilingan ―Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida‖
gi qonunning ahamiyati va uni tartibga soladigan munosabatlar haqida nimalarni
bilasiz?
85.
Chiqindi suvlarning payo bo‘lishi va ularning suv havzalariga ta‘siri
qanday?
86.
Chiqindi suvlarining inson organizmiga ta‘siri bormi? Ular haqida
nimalarni bilasiz?
87.
Suvning sarfi nimaga bog‘liq?
88.
Suv iste‘moli haqida I.M.Tavartkladze va boshqa olimlarning fikri
qanday?
89.
Turar joylardan chiqadigan chiqindi suvlarning sanitariya normasi
haqida nimalarni bilasiz?
90.
Chiqindi suvlarni tindirishdan asosiy maqsad nima?
91.
Cho‘kma xo‘jalik chiqindi suvlaridan qanday yo‘l bilan ajratib
olinadi?
92.
Chiqindi suvlarni tindirishga mo‘ljallangan hovuzlar necha guruhga
bo‘linadi va ular qaysilar?
93.
Tik tindirgichning chuqurligi va eni necha metr? Tindirilish vaqtichi?
94.
Ikki yarusli tindirgichda cho‘kmaning achish jarayoni qanday
kechadi?
95.
Biologik suv havzalarining kattaligi va chuqurligi necha metr bo‘ladi?
96.
Biologik suv havzalaridan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
97.
Chiqindi suvlarning suv havzalarida tozalanishi uchun qancha vaqt
sarflanadi?
98.
Tindirilgan suv qayerga tushiriladi?
|