213
ish o‘rinlarida, davolash muassasalarida va aholi ko‘p turib qoladigan joylar uchun
shovqin normalari ishlab chiqilgan. Bu normalar vaqtga qarab belgilanadi.
Masalan, turar joylardagi shovqin normasi kunduz kuni ancha yuqori soat 23
dan keyin esa past bo‘lishi kerak. Hatto soat 23 dan keyin bolaning baland ovozda
yig‘lashi (80 dB) qo‘shnilarga xalaqit bersa, shikoyat qilishlari mumkin.
Shovqindan himoyalanish maqsadida quyidagi
ishlarni amalga oshirish
kerak. Texnik
choralar, me‘morchilik va loyihalash ishlari, ma‘muriy choralar,
tarbiyaviy ishlar. Texnik choralar olib borishda transport vositalaridan chiqadigan
shovqinlarni kamaytirish maqsadida ularni texnik tomondan takomillashtiriladi.
Loyihalash ishlarida shaharni qurishda shovqinni kamaytirish uchun nimalarga
e‘tibor berish kerakligi aniqlanib, loyiha tuziladi.
Ma‘muriy chora deganda, aholi zich joylarda, davolash muassasalarida, tor
ko‘chalarda me‘yoridan ortiqcha shovqin chiqarmaslik talab qilinadi. Bu choralarni
amalga oshirish maxsus idoralar zimmasiga yuklatilgan.
Ma‘muriy choralar uchun maxsus qarorlar va standartlar ishlab chiqilgan.
Tarbiyaviy choralarni
olib borishdan oldin, kishilar jamoatchilik joylarida
qanday tartiblarga rioya qilish kerakligini bilishlari kerak. Ana shunda jamoat
joylari,
turar joylarda, madaniyat va istirohat bog‘larida kishilar boshqalarga
xalaqit bermaslikka harakat qilishadi. Demak, yosh avlodda ―o‘zingga ravo
ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma‖ degan aqidaga amal qilib
tarbiyalash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek, yoshlarga shovqinning zararli
ta‘siri haqida ma‘lumot berish kerak.
Shunda ular nafaqat o‘zlari
shovqin chiqarmaydi, balki boshqalarni ham
shovqin chiqarishga qo‘ymaydi, natijada necha ming kishining sog‘ligiga zarar
yetmaydi.
Dostları ilə paylaş: