Genofond – ma‘lum guruhdagi individlarning (populyatsiyalar,
populyatsiyalar guruhi yoki turning) barcha genlari yig‘indisi.
Genotip – organizmning barcha genlari yig‘indisi.
Gomoyoterm – tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmagan holda tana
harorati doimiy bo‘lgan (issiq qonli) hayvonlar.
Kanserogenlar – xavfli o‘smalar kelib chiqishiga sababchi bo‘ladigan
moddalar yoki fizik omillar.
Konsumentlar – fotosintez yoki xemosintez yo‘li bilan to‘plangan tayyor
organik moddalarni iste‘mol qiluvchi organizmlar yig‘indisi.
Koevolyutsiya – tabiat va jamiyatning bir-biriga mos, o‘zaro mutanosib
rivojlanishi.
Litosfera – Yerning ustki ―qattiq‖ qobig‘i.
Monitoring – atrof-muhit holatining kuzatish, baholash va oldindan
bashorat qilish tizimi.
Mutagen – mutatsiyani keltirib chiqaruvchi har qanday omil.
Noosfera – ―aql qobig‘i‖, biosfera taraqqiyotining yuqori bosqichi.
Ozuqa zanjiri – biri ikkinchisiga ozuqa bo‘ladigan organizmlarning ketma-
ket keladigan zanjiri.
Produsentlar – anorganik moddalardan organik moddalar yaratuvchi
avtotrof organizmalar.
Populyatsiya – bir turga mansub bo‘lgan individlar yig‘indisi hisoblanib,
umumiy genofondga ega, muayyan sharoitda va maydonda tarqalgan.
Redusentlar – hayot faoliyati davomida (bakteriyalar, zamburug‘lar)
organik qoldiqlarni anorganik moddalarga parchalovchi organizmlar.
Reintroduksiya – organizmlarni yo‘qolib ketgan joylarda qayta tikalsh.
Sinekologiya – ekologiyaning hamjamoalar tuzilishi, energetikasi,
dinamikasi, shakllanishi, tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi kabilarni o‘rganadigan
bo‘limi.
Suksessiya – muayyan hududlardagi biosenozlarning tabiiy omillar yoki
inson ta‘sirida ketma-ket almashinishi.