D. A. Shadibekova


Xizmatlar sohasini rivojlantirishning xorij tajribasi



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/62
tarix28.11.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#167277
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62
xizmatar sohasi darslik

 
3.2. Xizmatlar sohasini rivojlantirishning xorij tajribasi 
 
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ro‗y berayotgan tub 
o‗zgarishlar xizmat ko‗rsatish va servis tushunchasiga ham nazariy ham amaliy 
jihatdan yangicha yondashuvni taqozo qilmoqda. XX asrning oxiridan boshlab chet 
el iqtisodchilari o‘zlarining ishlanmalarida xizmat ko‗rsatish faoliyati 
samaradorligi ko‗rsatkichlarini ilmiy jihatdan tadqiq qilishga ommaviy shaklda 
e‘tibor qarata boshladilar. 
Shunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xizmat ko‗rsatish 
sohasining rivojlanib borishi insonlar moddiy farovonligi va turmush sifati 
darajasini oshishiga olib keldi. Ma‘lumki, XIX asrning oxirlarida E.Engel 
tomonidan aholi daromadini o‗sishi bilan iste‘mol tarkibini o‗zgarishini statistik 
jihatdan bog‗liqligi asoslangan edi. E.Engelning qoidasiga ko‗ra, aholining 
turmush sharoiti va daromadlari darajasi qanchalik yuqori bo‗lsa, iste‘molchi 
sarfining katta qismini yuqori sifatli tovarlar va xizmatlarga sarflaydi. Ya‘ni, bitta 
gap bilan aytganda, aholining daromadlari qanchalik yuqori bo‗lsa, ular oilaviy 
byudjetining kam qismini oziq-ovqat mahsulotlariga, ko‗p qismini esa servis 
xizmatlariga sarflashadi. Rivojlangan mamlakatlarda oilaviy byudjetning 18-20%i 
oziq-ovqat mahsulotlarining iste‘moliga, 35-40%i esa xizmatlarga sarflanadi. 
Xususan, turli xil tovar va xizmatlarga to‗lov qobiliyatini daromadga nisbatan 
egiluvchanlik koeffitsenti va boshqa yo‗nalishdagi tadqiqotlar buning yaqqol isboti 
bo‘ladi. Masalan, V.Fyuks xizmat ko‗rsatish sohasini kengaytirish sabablaridan 
biri sifatida sanoat va qishloq xo‗jaligiga nisbatan xizmat ko‗rsatish sohasida 
unumdorlikni past darajada o‗sishi deb hisoblaydi. V.Fyuks tomonidan, sanoat, 
qishloq xujaligi va xizmat ko‗rsatish sohasida ish bilan bandlik taqsimoti aholi jon 
boshiga to‗g‗ri keladigan real yalpi ichki mahsulot bilan chambarchas bog‗liq 


109 
degan fikri o‗z tasdig‗ini topmoqda. Uning ta‘kidlashicha, agarda qishloq xo‗jaligi 
hissasi daromadlarga talab elastikligi farqi bilan tushuntirilsa, xizmat ko‗rsatish 
sohasidagi o‗zgarishlar uchinchi sektor (xizmat ko‗rsatish)ni birinchi (qishloq 
xo‗jaligi) va ikkinchi (sanoat) sektorga nisbatan past unumdorlik darajasi bilan 
ifodalanadi. Bu haqida sanoatda yalpi omilli unumdorlik o‗sishi va xizmat 
ko‗rsatish sektorini rivojlanishi o‗rtasidagi yuqori korrelatsiya koefitsenti 
mavjudligidan dalolat beradi.
Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda milliy xo‗jaliklarning alohida tarmoqlarida 
unumdorlik (samaradorlik) darajasidagi farq XX asrning 70 yillaridan tadqiqot 
predmeti bo‗la boshlagan. O‗sha davrdayoq kapital sig‗imining yuqoriligi bilan 
ajralib turadigan (sanoat va qurilish xo‗jaligi) iqtisodiyot sektorlariga nisbatan jonli 
mehnati ko‗p bo‗lgan tarmoqlarda (xizmat ko‗rsatish) unumdorlik yuqoriligi tan 
olingan. Bu haqida V.Baumol, S.Blekmen va E.Volflor o‗z tatqiqotlarida to‘xtalib 
o‗tishgan. Quyidagi jadvalda 1995-2015 yillarda rivojlangan mamlakatlarda 
xususiy unumdorlik ko‗rsatkichlaridan birining o‗sish sur‘ati statistikasi 
keltirilgan. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin