11.7 – §. Berilgan tekislikka parallel bo’lgan urinma tekislik o’tkazish
Berilgan tekislikka parallel va sirtga urinuvchi tekislik o’tkazish masalalari asosan egri chiziqli sirtlarga tegishlidir.
11.14-rasm.
Berilgan T(AD∩AB)tekislikka parallel qilib va Φ shar sirtiga urinma tekislik o’tkazish 11.15-rasmda keltirilgan. Izlangan urinma tekislik ikkita bo’lib, ularni ikkita kesishuvchi to’g’ri chiziq tarzida tasvirlash qulaydir. Urinma tekislikni yasash uchun proeksiyalar tekisliklarini bir marta almashtirish usuli yordamida berilgan T tekislik proeksiyalovchi tekislik vaziyatga keltiriladi. Sharning ham yangi almashtirilgan proeksiyasi yasalib, so’ngra izlangan urinma tekisliklarning izlarini berilgan tekislikning yangi vaziyatiga parallel qilib, o’tkazish etarlidir. Yasash algoritmi quyidagicha:
B′1′ ga perpendikulyar qilib, yangi proeksiyalar O1x1 o’qi o’tkaziladi va T tekislikning V1 dagi yangi frontal proeksiyasi A1″D1″B1″ hamda sharning O1″ marakazli proeksiyasi hosil qilinadi;
teskari proeksiyalash yo’li bilan, urinish nuqtalarining E′, E″va F′, F″ proeksiyalari aniqlanadi;
E va F nuqtalardan berilgan tekislikning AD va AB tomonlariga parallel qilib to’g’ri chiziqlar o’tkaziladi. Natijada, izlangan urinma parallel tekisliklarning proeksiyalari hosil qilinadi. Yasashdan ko’rinib turibdiki, masala ikkita urinma tekislikka ega.