D. Djanabayev, Sh. Murodov, A. Xolmurzayev chizma geometriya


-§. Silindrik sirtlarining yoyilmalarini yasash



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə103/141
tarix07.01.2024
ölçüsü1,65 Mb.
#202401
növüУчебник
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   141
Chizma geometriya SH.M.

10.3-§. Silindrik sirtlarining yoyilmalarini yasash


Silindrik sirtlarning yoyilmalarini yasashda nog’mal kesim va dumalatish usullaridan foydalaniladi. Har ikkala usul bilan ham yoyilmani yasashda silindrik sirt approksimatsiya qilinib prizmatik sirtga keltiriladi va masala prizmaning yoyilmasini yasash kabi bajariladi.
Umuman biror silindrning yoyilmasini yasash uchun: silindr yoyilmasida qatnashadigan yasovchilarning haqiqiy uzunliklari aniqlanadi; qo’shni yasovchilar orasidagi asos yoylarining haqiqiy uzunliklari topiladi; planimetrik yasashlarga asosan silindr elementlari ketmaket yoyilmada yasaladi.
10.6,a-rasmda yasovchilari frontal vaziyatda va asosi H tekislikda yotgan og’ma, elliptik silindr tasvirlangan. Bunday silindrning yoyilmasi (10.6,b-rasm) normal kesim usulida bajarilgan. Silindrik sirt prizmatik sirtga approksimatsiya qilinadi. Buning uchun silindr asosini ixtiyoriy bo’laklarga bo’linadi (rasmda 8 ta teng bo’lakka bo’lingan).



10.6-rasm

Bu holda silindrni 8 yoqli prizmaga almashtiriladi. Silindrning yasovchilariga perpendikulyar bo’lgan N(NV) tekislik bilan kesishish chizig’i yasaladi. Kesishish chizig’i, ya’ni normal kesimning haqiqiy kattaligi aylantirish usuli bilan topiladi.


Silindrik sirtning yoyilmasini yasash uchun chizma qog’ozining bo’sh joyida ixtiyoriy a0 to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Yoyilmaning boshlanish chizig’i deb 1A yasovchi olingan. a0 to’g’ri chiziqqa uzunligi nog’mal kesimning perimetriga teng bo’lgan [A0A0] kesma o’lchab qo’yiladi. Bu kesmaga A0 nuqtadan boshlab A0L0=A0L0, L0K0=L0K0, K0F0=K0F0,... kesmalar o’lchab qo’yilib oraliqdagi L0, K0, F0, ... nuqtalar aniqlanadi. Bu nuqtalar orqali a0 to’g’ri chiziqqa perpendikulyarlar o’tkaziladi. 10.6-rasmda silindr yasovchilarining frontal proeksiyalari o’z haqiqiy uzunliklariga teng ekanligini ko’rish mumkin. Shuning uchun yasovchilarning frontal proeksiyadagi uzunliklari o’lchab olinib, yoyilmadagi mos perpendikulyarlarga qo’yiladi. O’lchab qo’yilgan kesmalarning ikkinchi uchlari tekis egri chiziq bilan tutashtiriladi. Hosil bo’lgan 0 figura silindr yon sirtining yoyilmasi bo’ladi. 0 figura silindrning asosi va normal kesimning haqiqiy kattaligi bilan to’ldirilib, to’la yoyilma hosil qilinadi
Asoslari aylanish o’qiga perpendikulyar bo’lgan to’g’ri doiraviy silindr yon sirtining yoyilmasi to’g’ri to’rtburchakdan iborat bo’lib, bunday to’rtburchakning tomonlari 2R va h0 ga teng bo’ladi (10.7,a,b-rasm). Bu erda R – asosning radiusi, h – silindrning balandligi. Asosi H tekisligiga tegishli va o’qi unga perpendikulyar bo’lgan to’g’ri doiraviy silindrning to’la yoyilmasini yasash 10.7,b-rasmda ko’rsatilgan.
Bunda silindrning 1o2o (1′2′,1″2″) yasovchisi yoyilmaning boshlanish chizig’i deb olingan.

a) b)
10.7-rasm.

Ixtiyoriy a0 to’g’ri chiziq o’tkazib, unga [1010] – 2R kesma o’lchab qo’yiladi va u teng 8 bo’lakka bo’linadi. Kesmaning har ikkala uchidan a0 to’g’ri chiziqqa perpendikulyarlar chiqarilib, ularga 10101=h kesma, ya’ni silindrning balandligiga teng kesmalar o’lchab kuyiladi. Hosil bo’lgan 1010110110 to’g’ri to’rtburchak berilgan silindr yon sirtining yoyilmasi bo’lib, to’la yoyilmani yasash uchun 10101 va 20201 tomonlarga urinuvchi qilib silindrning asoslari chiziladi. Sirtga tegishli A nuqtaning yoyilmadagi o’rnini aniqlash 10.7,a,b-rasmdan ko’rinib turibdi. Bunda 3′A′=30A0, A0A01=h1, ya’ni A nuqtaning applikatasiga teng bo’ladi.


10.8-rasmda tasvirlangan og’ma elliptik silindr yon sirtining yoyilmasi dumalatish usulida bajarilgan. Dastavval silindr uning yasovchilariga parallel bo’lgan V tekislikka, proeksiyalar tekisliklarini almashtirish usuli bilan proeksiyalanadi.
Tsilindrning AA­1(AA1, AA1) yasovchisi yoyilmaning boshlanish chizig’i deb olingan. silindr o’zining AA1 yasovchisi orqali o’tgan tekislikka yoyiladi. Buning uchun silindrik sirt yana prizmatik sirtga approksimatsiya іqilinadi va prizmaning yoyilmasini yasash kabi bajariladi. Silindr yasovchilaridan biri BB1(BB1,BB1) ning yoyilmadagi o’rni B0B01 ni yasashni ko’rib chiqaylik. Markazi A1 nuqtada va radiusi AB ga teng bo’lgan aylana yoyi chiziladi. B1″ nuqtadan esa A1A01 yasovchiga perpendikulyar to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Ular o’zaro kesishib, yoyilmaga tegishli B0 nuqtani hosil qiladi. B0 nuqta orkqali A1A01 ga parallel qilib B0B01 (B0B01=A1A01″) yasovchi o’tkaziladi. Yoyilmadagi C0, D0, ... nuqtalar va ular orqali o’tuvchi yasovchilar ham B0 nuqta va B0B01 yasovchi singari yasaladi.

10.8-rasm.



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin