Yechish:
berilgan tekislikning gorizontali va frontalining h′, h″ va f′, f″ chiziqlari o’tkaziladi;
d to’g’ri chiziqning ixtiyoriy D(D′, D″) nuqtasidan n(n′,n″) to’g’ri chiziqning proeksiyalarini n′h′ va n″f″ qilib o’tkaziladi. Hosil bo’lgan d′∩n′ va d″∩n″ kesishuvchi chiziqlar hosil qilgan tekislik berilgan tekislikka perpendikulyar tekislikning proeksiyalari bo’ladi.
4.61-rasm 4.62-rasm
4.63-rasm
3-masala. A(A′, A″) nuqtadan Q(QH, QV) va P(PH, PV) tekisliklarga perpendikulyar bo’lgan T(TH, TV) tekislik o’tkazish talab qilinsin (4.64 -rasm).
Yechish:
Q va P tekisliklarning kesishish chizig’ining l′, l″ proeksiyalarni yasaladi;
A nuqtaning A′ va A″ proeksiyalaridan izlangan tekislikning gorizontali (yoki frontali) ni tekisliklarning kesishish chizig’iga perpendikulyar qilib o’tkaziladi: h′l′ h′A′ va h″||Ox h″A″ va uning izlarning hV′, hV″ proeksiyalarni yasaladi;
izlangan tekislikning frontal izini TVh″, TVl″ THTX, THl′ qilib o’tkaziladi.
Natijada,berilgan ikki tekislikka perpendikulyar bo’lgan uchinchi tekislik yasaladi: TQ va TP .
4.64-rasm
4.12-§. To’g’ri chiziq va tekislik orasidagi burchak aniqlash
Ta’rif. To’g’ri chiziq bilan uning tekislikdagi ortogonal proeksiyasi orasidagi burchak shu to’g’ri chiziq va tekislik orasidagi burchak deyiladi.
|
To’g’ri chiziq va tekislik orasidagi burchak 4.65,a-rasmda ko’rsatilgan. Bu fazoviy modeldan foydalanib quyidagi yasash algoritmlarini keltirish mumkin:
Berilgan A to’g’ri chiziqni Q tekislik bilan kesishish nuqtasi aniqlanadi: L=a∩Q.
To’g’ri chiziqda ixtiyoriy B nuqta tanlab olinadi. Bu nuqtadan berilgan Q tekislikka n perpendikulyarni tushirib, uning Q tekislik bilan kesishuv nuqtasini aniqlanadi: B′ = n∩Q.
So’ngra l va B nuqtalarni o’zaro tutashtirish natijasida hosil bo’lgan burchak A to’g’ri chiziq va Q tekislik orasidagi burchak bo’ladi.
a) b)
4.65-rasm
Chizmada to’g’ri chiziq bilan tekislik orasidagi burchakni aniqalsh uchun yuqorida keltirilgan yasash algoritmlarni to’g’ri chiziq bilan tekislikning perpendikulyarligi va kesishishi qoidalaridan foydalanib bajariladi. Bunda burchak A to’g’ri chiziqning ixtiyoriy B nuqtasidan Q tekislikka tushirilgan perpendikulyar orasidagi burchak orqali aniqlanadi (4.65-a,b rasm). + = 90 bo’lgani uchun =90-0 bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |