D. Q. Usmanova


Solishtiruvchi schyotlarning chizmasi



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   131
sssss

Solishtiruvchi schyotlarning chizmasi 
D-t 
K-t 
Oborot - mazkur operatsiyalar 
bo‘yicha har ikki solishtiruvchi 
summalardan biri (korxonvalariniig 
yalpi zarari, sotilgan resurslar tannarxi 
va hokazo) 
Oborot - mazkur operatsiyalar bo‘yicha 
har 
ikkala solishtiruvchi summalardan 
(ikkinchisi 
(korxonvalarining 
foydasi, 
sotilgan resurslarning sotilish qiymati va 
hokazo) 
Taqqoslovchi schyotlar tarkibiga 9910 «YAkuniy moliyaviy natijalar» 
schyotidan tashqari 9210 «Asosiy vositalarning tugatilishi» va 9220 «Boshqa 
aktivlarning tugatilishi» schyotlarini ham kiritish mumkin. Asosiy vositalar va 
boshqa aktivlarning tugatish jarayoni nixoyasiga etgandan so‘ng bu schyotlarning 
debet va kredit oborot summalari o‘zaro solishtirilib moliyaviy natija aniqlanadi. 
SHuning uchun ham bu schyotlarni taqqoslovchi schyotlar deyish mumkin. Lekin 


82 
yangi schyotlar rejasida bu schyotlarni tranzit schyotlar tarkibiga qo‘shilib, 
taqqoslovchi schyotlar maqomi berilgan. 
 
3.4. Buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi. 
Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini
uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlarning ma’lim bir tizimga solinishi 
schyotlar rejasi
deyiladi. 
Xalq xo‘jaligining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, har xil mulkchilik shaklidagi 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning paydo bo‘lishi, korxonalarning rivojlanishi, 
xalqaro andozalarga mos bo‘lgan hisob tizimi va schyotlar rejasini ishlab chiqishni 
talab qildi. 
SHu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 
sentyabrdagi 103 - sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya 
hisobining Milliy (BHMA) (21-BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 
moliyaviy - xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash 
bo‘yicha yo‘riqnoma»ni tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi. 
Ushbu andoza, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan 
qati nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2004 yil 1 yanvardan 
boshlab qo‘llanila boshlandi.. 
YAngi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari 
schyotlardan iborat bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan. 
Barcha buxgalteriya schyotlari oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan bo‘lib, 
ular quyidagilardan iborat: 
I.Uzoq muddatli aktivlar; 
II. Joriy aktivlar; 
III. Majburiyatlar; 
IV. Xususiy kapital; 
V. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi; 


83 
VI. Balansdan tashqari schyotlar. 
Birinchi to‘rt qism schyotlarining ma’lumotlariga asosan moliyaviy hisobotning 
I - shakli “Buxgalteriya balansi” tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning 
shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobot (2 - shakl ) tuziladi. 
Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo‘limda tizimga keltirilib ko‘rsatilgan: 
1- bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar; 
2- bo‘lim. Tovar - moddiy zahiralar; 
3- bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar -joriy qismi; 
4- bo‘lim. Olinadigan schyotlar - joriy qismi; 
5- bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy 
aktivlar; 
6- bo‘lim. Joriy majburiyatlar; 
7- bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar; 
8- bo‘lim. Kapital, taksimlanmagan foyda va rezervlar; 
9- bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar. 
Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga mos kelsa, 
9 - bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga mos 
keladi. 
Schyotlar rejasining birinchi qismi bir (1- bo‘lim) ikkinchi qismi to‘rt (2, 3,4 va 
5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7), to‘rtinchi qism bir (8- bo‘lim) va beshinchi qism 
bir (9 - bo‘lim) bo‘limlardan iborat. 
YAngi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan. 
1. Aktiv schyotlar (A) - xo‘jalik aktivlarini aks ettiradigan va iqtisodiy 
resurslarning hisobot davridagi ko‘payishini debet tomonida va shu davrdagi 
kamayishini kredit tomonida aks ettiradigan schyotlar. 
2. Passiv schyotlar (P) - xo‘jalikning majburiyatlari va kapitalini aks ettirish 
uchun tayinlangan, hisobot davri boshidagi qoldiqni, hisobot davri mobaynidagi 
majburiyatlarni va kapitalning o‘sishini kredit tomonida va shu davrdagi 


84 
majburiyatlar hamda kapitalning kamayishini debet tomonida aks ettiradigan 
schyotlardir. 
3. Kontr - aktiv schyot (KA) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda aktivning 
sof qiymayishini aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bogliq bo‘lgan aktiv 
schyotning qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot passiv schyotlarga 
mansub bo‘lib ko‘payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi. 
4. Kontr - passiv schyot (KP) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda 
majburiyat yoki sof qiymatni aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq 
bo‘lgan passiv schyotning qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot aktiv 
schyotlarga mansub bo‘lib ko‘payishi debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi. 
YUqorida keltirilgan schyotlarning barchasi doimiy schyotlar hisoblanib, 
ular hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo‘lgan va buxgalteriya balansida 
aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapital schyotlaridir. 
5. Tranzit (o‘tkazuvchi) schyotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan,
lekin yopilib ketadigan va hisobot davri oxiriga qoldig‘i bo‘lmaydigan daromad 
hamda xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir. Bu schyotlarning ma’lumotlari 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga 
oladigan tranzit schyotlar aktiv schyotlarga mansub bo‘lib ko‘payishi 
debetida,kamayishi esa kreditida aks ettiriladi. 
Daromadlarni hisobga oladigan schyotlar passiv schyotlarga mansub bo‘lib, 
daromadning ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi. 
Schyotlarning yuqoridagi guruhlanishidan ko‘rinib turibdiki yangi schyotlar 
rejasida aktiv - passiv schyotlar yo‘q. Schyotlarning barchasi yoki aktiv -
ko‘payishi debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi, yoki passiv – ko‘payishi 
kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi (majburiyatlarning vujudga kelishi va 
ularni to‘lash vaqtlari bir hisob registrida chiziqli yozuv usulida birlashtirilmaydi). 
Eski schyotlar rejasidagi aktiv - passiv schyotlar: boshqa debitor va kreditorlar, 
hisobdor shaxslar bilan hisob - kitoblar, mahsulot sotish va shunga o‘xshagan qator 
schyotlar hozirgi amaldagi schyotlar rejasida bekor qilingan. 


85 
Turli debitor va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob - kitoblar har bir debitor 
va kreditorlik qarzlari bo‘yicha alohida aktiv yoki passiv schyotlarda hisobga 
olinadi: 
a) YAngi schyotlar rejasining 4 - «Olinadigan schyotlar - joriy qismi» bo‘limi 
(4000 - 4900 schyotlar) da mahsulot sotish va boshqa operatsiyalar natijasida 
vujudga keladigan debitorlar hisobga olinadi. 
b) YAngi schyotlar rejasining 6 - «Joriy majburiyatlar» bo‘limi (6000 -6900 
schyotlar) da mol sotib olish va boshqa operatsiyalar natijasida vujudga keladigan 
kreditorlar hisobga olinadi. 
Misol uchun safar xarajatlari bo‘yicha hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan hisob - 
kitoblarni olaylik. Xizmat safari uchun xo‘jalik xodimlaridan biriga naqd pul 
berilsa, 4220 «Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar» aktiv schyoti debetlanib, 
5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyoti kreditlanadi. Hisobdor shaxslar 
olgan bo‘nak summasidan ortiqcha xarajat qilgan bo‘lsa, hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 4220 - schyoti 
kreditlanmaydi, chunki u aktiv schyot, balki 6970 - «Hisobdor shaxslardan qarz» 
passiv schyoti kreditlanadi. Ortiqcha qilingan safar xarajatlar summasi kassadan 
to‘langanda 6970 schyoti debetlanib 5010 schyoti kreditlanadi. Mahsulot sotish 
schyoti (eski 46 - «Mahsulot sotish» aktiv - passiv schyoti) ham shunday. Eski 
schyotlar rejasi bo‘yicha mahsulot sotishdan tushgan tushum 46-schyoti kreditida, 
sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi shu schyotning debetida hisobga 
olingan. Hozirgi amaldagi schyotlar rejasi bo‘yicha mahsulot sotishdan tushgan 
tushum 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar» passiv schyotlarga mansub 
bo‘lgan schyotning kreditida hisobga olinib, sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish 
tannarxi 9110 «Sotilgan mahsulot tannarxi» aktiv schyotlarga mansub bo‘lgan 
schyotning debetida hisobga olinadi. 
Schyotlar korrespondensiyasi faqat tizimli hisob mohiyatini ochib beradi. 
Ko‘plab schyotlar balansli schyotlar bo‘lib, ular tizimlidir. Balansli schyotlar 
korrespondensiyalanadi. Lekin balansdan tashqari deb nomlanadigan tizimsiz, 
korrespondensiyalanmaydigan schyotlar ham mavjud. Balansdan tashqari schyotlar 


86 
bo‘yicha yozuvlar ikkinchi korrespondensiyalanadigan schyotlarsiz amalga 
oshiriladi. 
Balansdan tashqari schyotlarning asosiy xususiyati shundaki, ular tizimsiz, oz 
miqdorda va keng tarqalmagan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, ular aktivlar 
bo‘lib hisoblanadi, lekin balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadigan 
ob’ektlarni aktiv va passivga bo‘lish ma’lum bir ma’noga ega emas. Balansdan 
tashqari schyotlarning ko‘payishi kirimiga, kamayishi chiqimiga yozib boriladi. 
Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. Schyotning 
nomi - bu tub ma’noda schyotning o‘zidir. Schyotlar bilan ish olib borganda, 
asosan ularning tayinlanishi va foydalanish tamoyillarini bilish zarur. 
Hisob sub’ektlari tomonidan qo‘llaniladigan schyotlarning to‘liq ro‘yxati 
schyotlar rejasidir. Ayrim sub’ektlar tomonidan qo‘llaniladigan schyotlar 
ro‘yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar rejasini taqozo etadi: birinchisi 
- namunali, qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasi, ikkinchisi - buxgalteriya 
hisobining ishchi (rabochiy) schyotlar rejasidir. 
Har bir korxonalar umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga 
asosan o‘z ishchi schyotlar rejasini tuzib olishlari kerak. Ishchi schyotlar rejasida 
tanlab olingan schyotlar miqdori xo‘jalik faoliyati turiga qarab barcha 
qo‘llaniladigan xo‘jalik operatsiyalari hisobini ta’minlashi kerak. 
Hisobning barcha sub’ektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga 
majbur. Schyotlar rejasida ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlari buxgalteriya balansi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Faraz qilaylik, oy boshiga korxonalar balansi quyidagicha bo‘lgan: 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin