Eng yaxshi va samarali foydalanish tamoyili – kapitallashtirishdan
so‘ng yerning eng yuqori joriy qiymatini beradigan daromad oqimini
yaratuvchi yer maydonidan qonuniy, jismoniy ehtimoli bo‘lgan, moliyaviy
asoslangan holda foydalanish.
Eskirish – texnologiyaning, odamlarning odatlari va didlari yoki
atrof-muhitning o‘zgarishlari sabab bo‘lgan mulk obyekti foydaliligining
kamayishi natijasida qiymatning yo‘qolishi.
Yaroqsizlik holati – obyektning shunday holatiki, bunda qo‘yilgan
vazifalarni bajarish qobiliyatini ta’riflovchi bitta bo‘lsa ham parametrning
miqdori me’yoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik hujjatlarida belgilangan
talablarga mos kelmasligi.