O‘rin qoplash fondi – hisob uchun davriy pul to‘lovlari, hisobiy
mablag‘lar ustiga qo‘shib hisoblangan foizlar bilan birga aktivlarni
almashtirish yoki qarzlarni uzish uchun foydalaniladi.
Qadrsizlanish – qarang: Yemirilish.
Qayta sotilish narxi – egalik qilish davrining oxirida aktiv sotilishidan
tushgan yalpi summa.
Qiyoslash usuli – sotuvlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri qiyosiy tahliliga
yondashish.
Qiyosiy birlik usuli – umumiy olingan asosiy inshootning 1 kv metri
yoki boshqa birlikning to‘la qiymatini aniqlash orqali binoni qurishga
ketgan xarajatlarni baholash usuli.
Qiyosiy birlik – baholanayotgan mulk va solishtiriluvchi obyektlar
uchun umumiy o‘lchov birligi.
Qiymat – pulda ifodalangan tovar yoki xizmat qiymati.