54
Foydalilik tamoyili – bu muayyan ko‘chmas mulkning
foydalanuvchi ehtiyojlarini qoniqtirish qobiliyati.
Ko‘chmas mulk muayyan foydalanuvchi uchun uning iqtisodiy,
shaxsiy va h.k. ehtiyojlarini amalga oshirish foydali bo‘lgan
taqdirdagina qiymatga ega bo‘ladi. Masalan,
agarda kimdir
ko‘chmas mulk uchun pul to‘lashga tayyor bo‘lsa va shu bilan birga
mulkdorga daromad keltirsagina, bu ko‘chmas mulk foydalidir.
Ko‘chmas mulk o‘z egasini faxrlantirsa
yoki mulk egasining oilaviy
ehtiyojini qoniqtirsagina foydalidir.
O‘rindoshlik tamoyili shundan iboratki, bunda ko‘chmas
mulkning eng yuqori bahosi, o‘xshash foydalilikka ega boshqa
obyekt sotib olinadigan eng kam summa bilan belgilanadi.
O‘ziga xos, tadbirkor xaridor mahalliy bozorda bir xil foyda
keltiruvchi o‘xshash obyekt qiymatidan ko‘proq pulni obyekt uchun
to‘lamaydi. Bunday xaridor yangi
obyekt qurilishi qiymatidan
ko‘proq mablag‘ni mulk uchun sarflamaydi.
Kutish va oldindan ko‘rish tamoyili bo‘lajak foydalarga va
ularning hozirgi qiymatiga nisbatan foydalanuvchining nuqtayi
nazarini belgilaydi. Kelgusi foydalarni kutish ularning miqdorini
va o‘ziga xos tomonlarining o‘zgarishi ehtimoli bilan boshlangan
bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, mulkning haqiqiy qiymatiga ta’sir
etishi mumkin. Kutish tamoyillarining asosida vaqt mobaynida pul
qiymatining o‘zgarishi nazariyasi yotadi.
2.
Dostları ilə paylaş: