129
qiymati»ni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi guruh esa «adolatli qiymat»
yoki «maxsus qiymat»ni o‘zida qamraydi.
Buning o‘ziga xos tomoni shundaki, qiymat va bozor qiymati
o‘rtasidagi farqlar xaridor yoki sotuvchilarni bozorga kirish
maqsadida rag‘batlantiradi.
Bozor qiymati – bu, odatda, talab etiladigan baza bo‘lsa-da,
biroq bozorni tahlil qilish va tushunish
boshqa baholash bazalarini
ham talab qiladi.
«Adolatli qiymat»ni bozor qiymatidan farqlash lozim. U har bir
tomon mazkur bitimdan (kelishuvdan) oladigan tegishli ustunlik yoki
noqulayliklarni e’tiborga oluvchi ikki maxsus tomon uchun adolatli
hisoblangan narxning nominal bahosini talab etadi. Bozor qiymati
ushbu mezonlarga javob berishi mumkin bo‘lsa-da,
ammo bu har
doim ham ro‘y berishi majburiy emas. Mazkur ikki tomonning
maxsus qo‘shma xatti-harakatlari ular o‘rtasida adolatli hisoblangan
narxning nisbatan keng bozordagi maqbul bo‘lishi mumkin bo‘lgan
narxdan yuqori ekanligini bildirganda, korporativ bitimlarda
(kelishuvlarda) majburiy choralar ko‘riladigan bo‘lsa, ko‘pincha
«adolatli qiymat» ishlatiladi. Boshqacha
qilib aytganda, «maxsus
qiymat» olinishi mumkin. Bozor qiymati maxsus qiymatning ushbu
unsurining e’tiborga olinmasligini talab qilsa ham, lekin u «adolatli
qiymat»ning nominal bahosining bir qismi bo‘lib hisoblanadi.
Maxsus qiymat ikki manfaatlar summasiga qaraganda, agar ular
yakka sotilganda, yuqoriroq qiymatdagi aktivlarni yaratuvchi ikki
manfaatlarning birlashishidan hosil bo‘ladi. Qo‘shimcha
aktiv yoki
aktivlarga ega maxsus tomonda aktivning jismoniy, funksional yoki
iqtisodiy xususiyatlari o‘ziga xos qiymatga ega bo‘lganda bu narsa
hosil bo‘lishi mumkin.
Umumiy foydalanishdagi bunday
atamalarning namunalari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Dostları ilə paylaş: