9.3. KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARINING
XUSUSIYATLARI VA BELGILARI
Iqtisodiyot nuqtayi nazaridan ko‘chmas mulk obyektiga manfaat
va daromad manbayi sifatida qarash mumkin.
Manfaat tushunchasiga iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi
talabini qoniqtira oladigan (farovonlik darajasini oshira oladigan)
har bir iste’molchi tanlovi obyekti deb qaraladi. Predmetlar bilan
birgalikda harakatlar ham manfaat sifatida xizmat qilishi mumkin
(bu holda, ko‘chmas mulk obyektlari va ko‘chmas mulk bozorida
ko‘rsatiladigan xizmatlar tushuniladi). Shuni ta’kidlash lozimki,
bunda moddiy va nomoddiy xarakterga ega manfaatlar orasida hech
qanday farqlar ajratilmaydi.
Ko‘chmas mulk obyektlarining mohiyatini aniqlovchi ko‘r-
satkichlar umumiy va ma’lum obyektga tegishli bo‘lgan turlarga
bo‘linadi. Masalan, yer qishloq joylarda insonlarning yashashlarini
141
va millatning ijtimoiy-hududiy rivojlanishini ta’minlovchi manfaat
bo‘lib xizmat qiladi. Daromad manbayi bo‘lgan yer – qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosi, mustaqil murakkab (qurilgan
binolar, inshootlar va h.k.lar bilan iqtisodiy aloqada) investitsiyalash
obyekti, milliy boylikning bir qismi, soliqqa tortish obyekti, tabiat
boyliklari manbayi (ko‘chmas mulk obyektlari orasida yagona)
hisoblanadi. Ko‘chmas mulkning turar joy obyektlari daromadning
to‘g‘ri va egri manbayi sifatida qaralishi mumkin. Oldi-sotdi
obyekti sifatida turar joy daromadning to‘g‘ridan to‘g‘ri manbayi
bo‘lib hisoblanadi, turar joy qurilishi esa: qurilish materiallari
sanoati, loyihalash faoliyati, infratuzilma obyektlari qurilishi, savdo
korxonalari, yo‘llar qurilishi, shahar transportlarining rivojlanishiga
ilhomlantiruvchi va ko‘maklashuvchi egri daromadlar manbayidir.
Ko‘chmas mulkka daromad manbayi sifatida qarashdan
oldin, turli tashkilotlar uchun biznes sohasidagi ko‘chmas mulk
obyektlarining ahamiyatini va rolini aniqlab olish lozim.
Aktivlarining va kasbiy faoliyatlarining asosini ko‘chmas
mulk obyektlari tashkil qiluvchi qurilish korxonalarning biznesi –
mohiyatan yer uchastkalarini sotib olish, turar va noturar joy
obyektlarini qurish, keyinchalik ko‘chmas mulk bozorida bir necha
bor qimmat narxlarda sotish orqali o‘z investitsion loyihalarni
amalga oshirish hisoblanadi.
Bunday kompaniyalarning tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib
chiqish, ko‘p hollarda, mulk majmuyining qayta tashkil qilinishi,
mulkning qayta taqsimlanishi, investitsiyaviy loyihalarning amalga
oshirilishi, shuningdek, yangi ishlab chiqarishlar va alohida
biznes yo‘nalishlarning rivojlanishi bilan birga kuzatiladi. Bundan
tashqari, bunday tashkilotlarda ko‘chmas mulk operatsiyalari
qo‘shimcha biznes tariqasida ham ahamiyatga molik bo‘lishi
mumkin, misol uchun, norentabel aktivlarning sotilishi yoki
foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk obyektlari (ishlab chiqarish
maydonlari, ma’muriy binolar, yer uchastkalari)ning ijaraga
berilishini keltirish mumkin.
142
Ijtimoiy talab
Iqtisodiy talab
Dostları ilə paylaş: |