D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111
kochmas mulkni baholash

Tayanch so‘z va iboralar: bozor bahosi, bozor qiymati, bozor 
qiymati konsepsiyasi, likvidatsiya, bitim, likvidlilik, baholash 
jarayoni, talab, taklif, mulk obyektlari, trast kompaniya, manfaatdor 
sotuvchilar, ochiq bozor, raqobat bozori. 
Nazorat savollari:
1. Bozor bahosi tushunchasi nima?
2. Qaysi holarda bozor bahosidan foydalaniladi?
3. Qaysi sohada bozor bahosi qo‘llaniladi? 
4. Bozor bahosini aniqlash usullari qanday?
VIII bob.
 BOZOR BAHOSIDAN FARQ QILUVCHI  
BAHO BAZASI
8.1. BOZOR QIYMATI TUSHUNCHASI
Bozor qiymati – odatda, keng ko‘lamda foydalanish uchun talab 
etiladigan asosiy va eng keng tarqalgan, ya’ni unga mos keluvchi 
qiymat. Biroq, qiymatni baholashning muqobil bazalari ma’lum bir 
holatlarga muvofiq bo‘lishi va talab qilinishi mumkin. Baholovchilar 
kabi, ularning xizmatlaridan foydalanuvchilar ham bozor qiymatiga 
asoslangan baholarning nobozor bazalarga asoslangan baholardan 
farqi, shuningdek, ushbu tushunchalar o‘rtasidagi farqning qiymat 
bahosidan foydalanish imkoniyatiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan 
ta’sirni yaqqol tushunishlari muhimdir.


123
Bozor qiymati – har bir tomon yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan, 
rejali va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan tegishli marketing 
tadqiqotlari amalga oshirilganidan keyingi tijoriy bitim (kelishuv) 
natijasida baholash sanasida manfaatdor sotuvchi tomonidan 
manfaatdor xaridorga aktivning sotilishi sodir bo‘lgan hisob-kitob 
pul summasi
1
.
Bozor qiymati ayirboshlash qiymati yoki bozor qiymatini 
aniqlashda mavjud talablarga javob beradigan shart-sharoitlarda 
baholash sanasida ochiq bozorda savdoga qo‘yilgan mol-mulkni 
keltirishi mumkin bo‘lgan pul summasidan iborat. Bozor  qiymatini 
belgilash maqsadida baholovchi dastlab yanada samarali foydalanishi 
yoki  yanada ehtimolli foydalanishni belgilashi lozim. Bunday 
foydalanish mavjud yoki  unga muqobil bo‘lgan foydalanishning 
davomi bo‘lishi mumkin. Ushbu masala bozor ma’lumotlari asosida 
hal etiladi.     
Bozor qiymati mazkur mol-mulkni ko‘proq ehtimollik bilan  
ochiq bozorda sotish mumkin bo‘lgan mol-mulk va majburiyatlarning 
xususiyatini aks ettiruvchi baholash uslublari va jarayonlarini 
qo‘llash yo‘li bilan belgilanadi. Savdo-sotiqlarni tenglashtirish 
uslubi, daromadlarni kapitallashtirish uslubi yoki diskontlangan 
pul oqimi uslubi, shuningdek, xarajatlar uslubi bozor qiymatini 
belgilashning eng keng tarqalgan uslublariga kiradi.
Xarajatlar uslubini qo‘llashning ikki varianti mavjud bo‘lib, 
ulardan biri bozor qiymatini belgilash uchun qo‘llanilishi mumkin, 
ikkinchisi esa – qo‘llanilmaydi. Bozor qiymatini belgilash uchun 
xarajatlar yondashuvi qo‘llanilganda, yondashuvning barcha 
unsurlari ochiq bozor ma’lumotlari asosida quriladi. Agar nobozor 
qiymat turlari holatlarida xarajat yondashuvi qo‘llanilayotgan 
bo‘lsa, u holda nobozor unsurlari olinadi. Eskirishni hisobga olgan 
holda o‘rinbosar xarajat yondashuvi o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, 
1
 O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti «Bozor 
qiymatini baholash bazasi sifatida» (2-sonli MBMS). 2006-yil 14-iyun.


124
unda bozor va nobozor unsurlari uyg‘unlashtirilgan hamda u bozor   
qiymatini baholash uslubi sifatida qaralishi mumkin emas.
Xarajat yondashuvining mazkur farqli holatlarini aralashtirib 
yuborish mumkin emas hamda bozor qiymati ma’nolarini aniqlash, 
tasavvur qilish yoki qo‘llashda ularning noto‘g‘ri talqin etilishi 
xavfi mavjud.
Bozor qiymatini hisoblashning barcha yondashuvlari, usullari va 
jarayonlari, agar ular qo‘llaniladigan bo‘lsa, to‘g‘ri foydalaniladi 
va bozorga oid kelib chiqishga ega mezonlarga asoslanib, 
bozor qiymatining umumiy ifodasiga olib keladi. Savdo-sotiqni 
qiyoslash yondashuvi yoki boshqa bozor qiyosiy yondashuvi 
bozor tadqiqotlariga asoslanishi lozim. Qurilish xarajatlari va 
eskirish summasi xarajatlar va eskirish summasi bo‘yicha bozor 
ma’lumotlarining tahlili asosida aniqlanishi lozim. Daromadlarni 
kapitallashtirish usuli yoki diskontlangan pul oqimi usuli bozor 
nuqtayi nazaridan aniqlangan pul oqimlari va bozor ma’lumotlariga 
asoslangan daromad stavkalariga asoslanishi lozim. Garchi ma’lumot 
olish imkoniyatlari, shuningdek, bozor va mol-mulk obyektining 
atrofidagi  holat  qaysi  baholash  usulining  maqbulligi  va  mosligini 
aniqlaydigan bo‘lsa, u holda yuqorida ta’kidlangan har qanday 
jarayonlardan foydalanishi, agar har bir usul bozor ma’lumotlariga 
asoslanadigan bo‘lsa, bozor qiymatining belgilanishiga olib keladi.
Ochiq bozorda qanday mulk sotilishidan kelib chiqqan holda 
mulkning bozor qiymatini aniqlashda u yoki bu usullarning 
hamda jarayonlarning qo‘llanilishiga aniqlik kiritiladi. Bozor 
ma’lumotlariga asoslangan jarayonlar o‘z mohiyatiga ko‘ra qiyosiy 
yonashuv hisoblanadi. Har bir baholash holatida bir yoki bir nechta 
yondashuvlar ochiq bozor faoliyati to‘g‘risidagi tasavvurni beradi. 
Bozor qiymatini aniqlash bo‘yicha har bir topshiriqda baholovchi 
barcha yondashuvlarni ko‘rib chiqishi va ulardan eng maqbullarini 
aniqlab olishi lozim.
Bozor qiymati tushunchasi aynan tenglashtirilgan taxminlarga  
asoslangan. Qolgan  baholash bazalari qiymat bahosining noto‘g‘ri 


125
talqin etilishiga olib kelmasligi uchun aniq tenglashtirilishi lozim 
bo‘lgan turli taxminlarning qo‘llanilishini talab etadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin