121
Bozor qiymati konsepsiyasi narxning ochiq va raqobat bozorida
muzokaralar yo‘li bilan aniqlanishini ko‘zda tutadi. Ba’zan ushbu
holat «bozor qiymati» atamasini «ochiq bozordagi qiymat»
atamasi bilan almashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
«Ochiq» va «raqobatli» so‘zlari mutlaq ahamiyatga ega emas.
Bitta aktiv uchun bozor xalqaro yoki mahalliy bo‘lishi mumkin.
Bozor ko‘p sonli xaridor va sotuvchilardan iborat bo‘lishi yoki
ishtirokchilarning cheklangan soni bilan xarakterlanishi mumkin.
Aktiv sotishga qo‘yilgan bozor ta’rif bo‘yicha cheklangan yoki tor
deb hisoblanmaydi. Boshqacha
qilib aytganda, «ochiq» so‘zining
mavjud emasligi bitimning (kelishuvning) xususiy yoki yopiq
xarakterga egaligini bildirmaydi.
Bozor baholari, odatda, taqqoslanadigan mol-mulk obyektlariga
tegishli bo‘lgan ma’lumotga asoslanadi.
Baholash jarayoni
baholovchining zarur va mos tadqiqot, oqilona tahlilni amalga
oshirishi hamda ma’lumot va dalillar bilan mustahkamlangan xulosa
chiqarishini talab etadi.
Baholovchilar ushbu jarayonda ma’lumotlarga ishonmaydilar,
ular bozorda kuzatiladigan va
ishga tegishli barcha dalillar,
tendensiyalar, taqqoslama bitimlar (kelishuvlar) va boshqa
ma’lumotlarni ko‘rib chiqishlari lozim.
Investitsiya kompaniyalari, pensiya jamg‘armasi, trast
kompaniyalari yoki mol-mulk huquqlarining o‘xshash
shakllariga
ega kompaniyalarning uzoq muddatli investitsiyalariga oid bo‘lgan
mol-mulkning daromad obyektlari, odatda, belgilangan savdo-sotiq
rejasiga muvofiq individual asosda aktivlarning sotilishi asosida
baholanadi. Portfel investitsiyalar yoki mol-mulk obyektlarining
guruhi sifatida qaraladigan bunday
aktivlarning umumiy qiymati
alohida olingan barcha aktivlarning bozor qiymati summasidan
ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi mumkin.
Barcha baholash jarayonlarida ularning maqsadi va funksiyalarini
ta’kidlash lozim. Agar baholash funksiyasi moliyaviy hisobotlarni
tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lsa, u
holda baholovchi baholash
122
to‘g‘risidagi hisobotning boshqa talablariga qo‘shimcha qilib, har
bir aktivning qaysi toifaga kiritilishini batafsil aniqlikda ta’kidlashi
lozim.
Istisno hollarda bozor qiymati manfiy miqdorga ega bo‘lishi
mumkin. Bunday holatlarga muayyan ijaraga olingan mol-
mulk, ayrim ixtisoslashtirilgan mol-mulk obyektlari,
buzilishi yer
uchastkasining qiymatidan qimmatroqqa tushadigan eskirib qolgan
mulk obyektlari, atrof-muhitning ifloslanishi ta’siriga uchragan
ayrim obyektlar va boshqalar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: