D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   111
kochmas mulkni baholash

Tayanch so‘z va iboralar: daromad yondashuvi,  xarajat 
yondashuvi, qiyosiy yondashuv,
  kapitallashuv usuli, pul oqimlarini 
diskontlash usuli, tugatish qiymati usuli, sof aktivlar usuli, kapital 
bozor usuli, bitimlar usuli, tarmoq koeffitsiyentlar usuli.
Nazorat savollari:
1. Mulk qiymatini baholashning daromad yondashuvi qanday holatlarda 
qo‘llaniladi?
2. Mulk qiymatini baholashning xarajat yondashuvi qanday holatlarda 
qo‘llaniladi?
3. Mulk qiymatini baholashning qiyosiy yondashuvi qanday holatlarda 
qo‘llaniladi?


114
VII bob
. BOZOR BAHOSI
7.1. BOZOR BAHOSI BAHOLASH ASOSI SIFATIDA
 Bozor bahosini baholash sifatida bozor qiymatini ayirboshlash 
qiymati yoki bozor qiymatini aniqlashda mavjud talablarga javob 
beradigan shart-sharoitlarda baholash sanasida ochiq bozorda savdoga 
qo‘yilgan mol-mulk keltirishi mumkin bo‘lgan pul summasidan 
iborat. Bozor qiymatini belgilash maqsadida baholovchi dastlab 
yanada samarali foydalanish yoki yanada ehtimolli foydalanishni 
belgilashi lozim. Bunday foydalanish mavjud yoki unga muqobil 
bo‘lgan foydalanishning davomi bo‘lishi mumkin. Ushbu masala 
bozor ma’lumotlari asosida hal etiladi.
Biznesning  bozor  bahosining  har  xil  ta’riflari  mavjud.  Ulardan 
har birini alohida ko‘rib chiqamiz. 
Bozor iqtisodiyoti o‘z mexanizmi bilan ajralib turadi. Shu 
ma’noda vaqt butun bozor jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim 
omil bo‘lib, biznesning (tashkilotning) bahosini qamrab oladi. 
Daromad olish vaqti yoki foydani olgungacha bo‘lgan vaqt interval 
yoki oraliq davr bilan o‘lchanadi. Bu interval yoki oraliq davr kun, 
hafta, oy, kvartal, yarim va hatto bir yilga teng bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot davrining davomiyligi bozor narxi qiymatiga, avvalo, 
diskontlash davriga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Biznesning bozor narxi 
bir qator omillar ta’sirida, vaqtda o‘zgaradi. Shuning uchun u 
aniq kunga bog‘liq bo‘ladi. Bir necha oydan keyin esa hammasi 
boshqacha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun obyektlarni doimiy 
ravishda qayta baholab turish zarur.
Bozor iqtisodi sharoitida boshqa muhim omillardan biri xavf-
xatardir. Xavf-xatar deganda bozordagi holatning, makroiqtisodiy 
jarayon va hokazolarning doimiy emasligi va aniq emasligi 
tushuniladi. Boshqacha aytganda xavf-xatar – baholangan biznes 
keltiradigan daromadning prognoz qilinganidan ko‘pligi yoki 
kamligi ehtimolidir. Biznesni baholashda xavf-xatarning har xil 


115
turlari mavjudligini, bozor sharoitida mablag‘ning hech biri xavf-
xatardan xoli emasligini hamisha yodda tutish lozim.
Hisoblab chiqilgan miqdorning bozor narxi yoki uning boshqa 
turi belgilangan narxning natijasi bo‘lib xizmat qiladi. Bozor 
narxi – mazkur obyektning bahosi ochiq bozorda aslidan ancha 
uzoqlashgan, bo‘lishi mumkin bo‘lgan narx hisoblanadi. Agar 
tomonlar bitimni barcha ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda oqilona 
tuzsalar, favqulodda holatlar ularning bitimlariga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatmaydi.
Bozor narxi albatta pul birligida, masalan, so‘m yoki dollar 
shaklida aniqlanadi. Bunda, avvalo, tanlangan valuta asosida ish olib 
borish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  ish  tutishning 
mazkur usuli hisob-kitobning aniq bo‘lishiga va valutaning bir 
turidan ikkinchisiga o‘tishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan 
xatoliklarning oldini olishga erishiladi.
Biznesning narxini belgilashda baholovchi baholanayotgan 
obyektning aylanma daromadi, xavf-xatar, bu foydani nazorat 
qilib olish, bozor sharoitida o‘rtacha foyda olish darajasi, shunga 
o‘xshash boshqa obyektlarning bahosi, baholanayotgan obyektning 
xarakterli tomonlari, aktivlarning tarkibi va vazifalari (tarkibiy 
qismlari), bozor holati kabi asosiy omillarni to‘liq hisobga olishga 
harakat qiladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin