D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova


 MULK QIYMATINI BAHOLASHNING XARAJAT



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111
kochmas mulkni baholash

6.2. MULK QIYMATINI BAHOLASHNING XARAJAT 
YONDASHUVI
Xarajatli yondashish o‘z ichiga bir necha usullarni oladi. 
Jumladan:
– balans qiymati usuli va tuzatilgan balans qiymati usuli;
– o‘rindoshlik usuli;
– tugatish qiymati usuli;
– tiklash usuli.
a)  Balans  qiymati  usuli  va  tuzatilgan  balans  qiymati  usuli. 
Ko‘chmas mulk (korxona)ning qiymati u o‘tmishda qanday 


105
salohiyat to‘plaganiga bog‘liq. Bu salohiyatning eng muhim tavsifi 
uning aktivlari qiymatidir. Aktivlarni baholash negizida balans 
(yoki kitobiy) qiymat usuli yotadi. Xalqaro buxgalteriya hisobi 
tamoyillariga  muvofiq,  korxonaning  balans  qiymati  korxonaning 
yemirilish natijasida olib tashlangan aktivlari bilan uning 
majburiyatlari orasidagi farqdan iborat.
b)  O‘rindoshlik  usuli.  Aktivlarning joriy qiymatini baholash 
negizida o‘rindoshlik va tugatish qiymatlari usullari yotadi. 
O‘rindoshlik usuli quyidagi savolga javob olish imkonini beradi: 
shunday biznesni hozir boshlash va bozorda o‘xshash mavqega 
erishish uchun qancha mablag‘ zarur? Mazkur usul baholanadigan 
mulkning funksional, iqtisodiy va jismoniy yemirilishi uchun 
qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda uning o‘rindoshlik 
qiymatini belgilash orqali korxona mulkining iqtisodiy qiymatini 
aniqlashni o‘z ichiga oladi.
d)  Tugatish  qiymati  usuli. Tugatish qiymati korxona 
tugatilganidan, aktivlar sotilganidan va qarzlar to‘langanidan keyin 
qancha mablag‘ qolishini ko‘rsatadi. Ma’lumki, tugatish qiymati 
tuzatilgan balans qiymatidan tugatishga ketgan chiqimlar miqdoriga 
qaraganda kamdir. Bu komission olib sotishlarni, tovar zaxiralarini 
sotishga, debitorlik qarzini yig‘ishga, xodimlarni bo‘shatishga 
ketadigan xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tezkor 
sotuvlarda sotilish narxi, odatda, bozordagi normal narxdan kamroq 
bo‘ladi.
e) Tiklash usuli. Tiklash usuli deganda, binoning aniq nusxadagi 
qurilishining joriy baholardagi qiymati tushuniladi. Unda xuddi 
shunday materiallardan, qurilish me’yorlaridan foydalaniladi, sifati, 
nuqsonlar ham o‘xshash bo‘ladi. Tiklash usuli quyidagi savolga 
javob olish imkonini beradi: hozir mavjud bo‘lgan obyektni tiklash 
uchun va shunga o‘xshash mavjud obyektda o‘xshash natijaga 
erishish uchun qancha mablag‘ lozim? Bu usul smeta hujjatlardagi 
summani,  indeksatsiya  koeffitsiyentiga  ko‘paytirish  yo‘li  bilan 
obyekt qiymatini aniqlashni o‘z ichiga oladi.


106
Xarajatli yondashishda yemirilishlarni aniqlash.
Yemirilish shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:
– jismoniy yemirilish – tiklanadigan va tiklanmaydigan;
– vazifaviy yemirilish – tiklanadigan va tiklanmaydigan;
– tashqi yoki iqtisodiy yemirilish.
Vaqt o‘tishi bilan turli omillar ta’sirida ko‘chmas mulk qiyma-
tining pasayishi yemirilish deb yuritiladi.
Agar yemirilishni tuzatishga ketadigan xarajat ayni paytda 
qo‘shiladigan qiymatdan kam bo‘lsa, u tiklanadigan deb sanaladi.
Agar  yemirilishni  tiklashga  sarflanadigan  chiqim  binoning 
qo‘shiladigan qiymatidan ko‘p bo‘lsa, u tiklanmaydigan hisoblanadi.
Binoning jismoniy yemirilishi.
Jismoniy yemirilish deganda, vaqt o‘tishi bilan qurilish 
konstruksiyalari, muhandislik asbob-uskunalari va umuman bino 
holatining yomonlashuvi tushuniladi. Jismoniy yemirilish natijasida 
konstruksiya elementlari va butun obyekt qiymati yo‘qolib boradi. 
Bino 70% yemirilganda foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Yemirilish darajasi bahosining obyektivligi oxir-oqibat muhandis-
ekspert, baholovchining tayyorgarlik darajasi va tajribasiga bog‘liq. 
Chunki, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalardagi shikast ajratib turuvchi 
konstruksiya qismlariga qaraganda ancha jiddiy ahamiyatga ega. 
Shuning uchun konstruksiyadagi shikast ta’mirlash va qayta tiklash 
qiymatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Binoning jismoniy yemirilishi ayrim konstruktiv elementlarning 
uzil-kesil yemirilishi sifatida belgilanadi
1
.
Ij = ∑ gi x Li/100,
bu yerda: 
Ij – binoning dastlabki paytdagi darajasiga ko‘ra jismoniy 
yemirilishi;
1
 O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (10-son 
MBMS) «Ko‘chmas mulk qiymatini baholash» 2009-yil 12-oktabrda qabul 
qilingan.


107
gi – binoning ayrim elementlari yemirilishi;
Li
 – bino elementi qiymatining butun bino qiymatiga nisbatan 
ulushi.
Jismoniy yemirilishni hisobga olgan holda binoning qiymati 
quyidagicha ifodalanadi
1
:
Kmk = Ksk · 100 – Ij / 100,
bu yerda:
Kmk – binoning yemirilishni hisobga olib baholanayotgan 
paytdagi qiymati;
Ksk – tiklash qiymati. Aniqrog‘i, xuddi shunday yangi binoning 
hozirgi narxi;
Ij – binoning jismoniy yemirilishini hisobga oluvchi koeffitsiyent 
(foizda).
Ba’zan jismoniy yemirilish darajasi xizmat muddatiga qarab 
belgilanadi. Taxminiy hisoblarda shunday qilsa bo‘ladi. Bunday 
hollarda xatolik 1,5–2 baravar oshib ketadi. Tiklanadigan va 
tiklanmaydigan yemirilishlar bo‘ladi.
Tiklanadigan  jismoniy  yemirilish. Bu xildagi yemirilishning 
nomi o‘z mazmunidan anglatib turibdi. Tiklanadigan yemirilish – 
bu unchalik katta bo‘lmagan joriy ta’mir bilan o‘z holiga keltirish 
mumkin bo‘lgan yemirilishdir.
Tiklanmaydigan  jismoniy  yemirilish. Tiklanmaydigan jismoniy 
yemirilishni qurilish konstruksiyasining xizmat ko‘rsatish muddati 
bo‘yicha ikkiga ajratish mumkin:
– kapital ta’mirlash orqali almashtirish mumkin bo‘lgan 
yemirilish;
– kapital ta’mirlash orqali qisman almashtiriladigan qurilish 
konstruksiyasining eskirganligi. 
Vazifaviy  yemirilish.  Ushbu yemirilish – hajmiy, rejaviy va 
konstruktiv yechimlar bo‘yicha zamonaviy talab hamda davlat 
1
 O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (10-son 
MBMS) «Ko‘chmas mulk qiymatini baholash» 2009-yil 12-oktabrda qabul 
qilingan.


108
andozalariga mos kelmaslikni anglatadi. Ya’ni obyekt ishlab 
turaveradi, biroq zamonaviy ekspluatatsiya talablariga javob 
bermaydi. Vazifaviy yemirilish ham ikkiga – tiklanadigan va 
tiklanmaydigan xillarga ajraladi.
Tiklanadigan  vazifaviy  yemirilish. Tiklanadigan vazifaviy 
yemirilish obyekt qiymatining yangi qurilish obyekti qiymatiga 
nisbatan pasayganligida namoyon bo‘ladi.
Tiklanmaydigan vazifaviy yemirilish. Tiklanmaydigan vazifaviy 
yemirilish hajmiy, rejaviy va konstruktiv yechimlar, materiallarning 
zamonaviy talablarga mos kelmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan tannarx 
pasayishida  aks  etadi.  Bunday  nomuvofiqlikni  iqtisodiy  nuqtayi 
nazardan to‘g‘rilash maqsadga muvofiqdir.
Tashqi  yoki  iqtisodiy  yemirilish.  Tashqi, ma’naviy yemirilish 
ko‘chmas mulk omillari chegaralariga nisbatan tashqi zararlarni 
anglatadi. Ular iqtisodiy, siyosiy, ekologik bo‘lishi mumkin 
va asosan ko‘chmas mulk joylashgan o‘ringa bog‘liqdir. 
Obyektning qiymatiga uning yonida qurilgan shovqinli ishlab 
chiqarish korxonalari – aeroport, restoranlar salbiy ta’sir etishi 
mumkin. Yomon  landshaft,  ya’ni  botqoq,  joyning  ifloslanganligi 
uning iqtisodiy jihatdan eskirganligini, keraksizligini anglatadi. 
Muayyan turdagi binolar uchun kommunal to‘lovlar, mulk 
solig‘ining oshishi binoning yemirilishiga siyosiy yoki ma’muriy 
ta’sir ko‘rsatadi.
Xarajat yondashuvi baholanayotgan obyekt qiymati jismoniy va 
ma’naviy eskirish hisobga olingan holda uni ishga tushirish yoki 
o‘rnini almashtirish uchun resurslar xarajati miqdori bilan aniqlanadi. 
Bu yondashuv xaridor obyektni sotib olish xarajatlarini o‘xshash 
obyektni tashkil qilish bo‘yicha xarajatlar bilan qiyoslashga harakat 
qilgan vaqtda yanada samarali tus oladi. Usulning kamchiligi 
shundan iboratki, nou-xau, tovar markasi, mijoz bazasi kabi 
nomoddiy aktivlar qiymatini individual baholash ancha murakkab 
va subyektiv jarayon sanaladi. 


109
Xarajat yondashuvining bazaviy formulasi quyidagicha:
Xususiy kapital = aktivlar – majburiyatlar
1
Aktivlar qiymatini aniqlashga asoslanadigan baholashning ikkita 
asosiy usuli mavjud: sof aktivlar usuli va tugatish qiymati usuli.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin