D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   111
kochmas mulkni baholash

Xarajat yondashuvi
Sof aktivlar usuli
Tugatish qiymati usuli
6.2-rasm. Xarajat yondashuvi usullari
2
.
Sof  aktivlar  usuli. Buxgalteriya balansi moddalari bozor 
qiymatiga keltiriladi. Baholash bir necha bosqichda olib boriladi: 
buxgalteriya balansiga oid hisobotlar tahlili; hisob tuzatishlarini 
kiritish; moliyaviy aktivlarni bozor qiymatiga o‘tkazish; moddiy va 
nomoddiy aktivlarning bozor qiymatini baholash; majburiyatlarni 
joriy qiymatga o‘tkazish. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 
kompaniyaning o‘z kapitali qiymati jami aktivlarning bozor 
qiymatidan barcha majburiyatlarning joriy qiymati ayirmasi sifatida 
hisoblanadi.
Tugatish  qiymati  usuli. Korxona aktivlari tugatilib, uning qarzi 
to‘langandan so‘ng olingan sof tushum joriy qiymatga keltiriladi. 
Ushbu usul, xususan, korxonalar bankrotligi holatida ham 
qo‘llaniladi. Nomoddiy aktivlar, odatda, o‘xshashini olish uchun 
bajarilishi lozim bo‘lgan xarajatlar bo‘yicha baholanadi. Aytaylik, 
muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya 
1
  Алгоритм  расчета  в  «Порядке  оценки  стоимости  чистых  активов 
акционерных  обществ»,  утвержденном  приказом  Министерства  финан-
сов Российской Федерации от 5 августа 1996 г.
2
 O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (10-son 
MBMS) «Ko‘chmas mulk qiymatini baholash» 2009-yil 12-oktabrda qabul 
qilingan.


110
uni  olish  uchun  zarur  vaqt  va  unga  sarflanishi  lozim  bo‘lgan 
mablag‘ sifatida baholanadi. Agar biznesning mazkur turi bilan 
shug‘ullanish uchun litsenziyalar berilib bo‘lingan bo‘lsa (masalan, 
baliq ovlash uchun kvotalar tugagan yoki muayyan radiochastota 
litsenziya allaqachon kimgadir tegishli bo‘lsa), u holda litsenziya 
qiymati ko‘p marta oshadi. Savdo belgini sotish: baholovchilar 
iste’molchilar o‘rtasida ushbu belgi taniqlilik darajasini aniqlash 
maqsadida marketing tadqiqotlari o‘tkazadi. Tadqiqot natijalari 
asosida ushbu belgiga ega mahsulotlarni sotishdan taxmin qilingan 
bo‘lg‘usi daromadlar haqida xulosalar chiqariladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin