D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111
kochmas mulkni baholash

10.1-rasm. Mustaqillikning dastlabki yillarida asosiy vositalarni baholash 
jarayonida qo‘llanilgan baholar
1
.
O‘zbekistonda moliya-kredit tizimining rivojlanishi bilan 
banklarning garov ta’minotini baholash, ekspert xulosalarini 
berish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga kuchli ehtiyoj tug‘ila 
boshladi. Bu, o‘z navbatida, moliya-kredit bozorlarida, shuningdek, 
mol-mulklar bozorida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni tayyorlash 
zaruriyatini keltirib chiqardi, shunday mutaxassislardan biri ko‘char 
va ko‘chmas mulklarni baholash bilan shug‘ullanuvchi ekspert 
baholovchilar hisoblanadi. Bu masala mamlakatimiz Prezidenti 
va hukumati e’tiborida bo‘lib, ko‘p marta bu masalaning naqadar 
muhimligi ta’kidlab o‘tilgan. Bularning natijasi sifatida konsalting, 
bank, moliya, sug‘urta, lizing xizmatlari, ko‘char-ko‘chmas mulklar 
bozorini tartibga solish va ularni baholash jarayonini amalga 
oshirish bo‘yicha qator qarorlar qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida 2006– 
2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni 
jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2006-yil 17-apreldagi 
PQ-325-sonli va «Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada 
1
  D.  Abdikarimova. Bank kreditlari garov ta’minotini baholash. 
Monografiya. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2016-yil. 167-b.


169
takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning 
mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida»gi 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-
sonli Qarorlari shular jumlasidandir.
O‘rganishlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatimizda 
baholash faoliyati mustaqil faoliyat turi sifatida davlat obyektlarini 
xususiylashtirishning boshlanish jarayonida vujudga keldi. 
Keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarining 
chuqurlashuvi, ko‘char va ko‘chmas mulklar hamda fond 
bozorlarining tashkil topishi, sug‘urta tizimining rivojlanishi, tijorat 
banklari mol-mulk garovi ostida kredit ajratishga o‘tishi yangi 
faoliyat turi bo‘lmish mulkning bozor qiymatini aniqlash xizmatiga 
ehtiyoj tug‘dirdi.
O‘zbekistonda bozor qiymatini aniqlashning huquqiy asosini 
1996-yil 26-aprelda qabul qilingan «Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun 
tashkil etadi. Qonunning 46-moddasida mol-mulkning bozor 
qiymatiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Mol-mulkning bozor 
qiymati, shu jumladan, jamiyatga qarashli aksiyalar yoki boshqa 
qimmatli qog‘ozlarning qiymati shunday bahodirki, mol-mulkning 
qiymati to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lgan va uni sotishga 
majbur bo‘lmagan sotuvchi uni shu bahoda sotishga rozi bo‘lishi 
mumkin, mol-mulkning qiymati to‘g‘risida to‘liq axborotga ega 
bo‘lgan va uni sotib olishga majbur bo‘lmagan oluvchi esa uni shu 
bahoda sotib olishga rozi bo‘lishi mumkin»
1
, deb aytib o‘tilgan.
Baholash xizmatini, baholovchi va baholash hisobotlariga 
bo‘lgan talab, dastlab baholashda omillarning ta’sirini hisoblashni 
tizimlashtirish intellektual mulkni baholash tartibida ishlatildi 
va chet el kapitali ishtirokida xorijiy korxonaning ustav fondiga 
ulush sifatida kiritilishi ko‘rsatib o‘tildi. Baholash faoliyatining 
keyingi tizimlashtirish jarayoni baholash standartlarida o‘z ifodasini 
1
 O‘zbekiston Respublikasining Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Qonuni. 1996-yil 
26-aprel, 223-I-son, 46-modda.


170
topdi. Davlat mulki qo‘mitasining umumiy rahbarligida dastlabki 
«Mulkni baholash milliy standarti» ishlab chiqildi. Ushbu standart
1
 
mulkni (ko‘chmas mulk, mashina, uskuna, avtotransport vositalari, 
intellektual mulk obyektlari, nomoddiy aktivlar) baholashning 
umumiy apparati tushunchasi, baholash tamoyillari, baholashga 
bo‘lgan yondashuvlar, uslublarga aniqlik kiritib tarmoq xususiyatiga 
ega bo‘lib, xalqaro baholash faoliyati bilan uzviy bog‘langan edi.
Shuni qayd etish lozimki, bulardan tashqari, mulkning bozor 
qiymatini baholashning usullari va yo‘nalishlari Adliya vazirligida 
1998-yil 13-yanvarda 390-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga olib kirilayotgan mahsulotlarning bojxona 
qiymatini aniqlash tartibida ham ko‘rish mumkin edi. Mazkur 
hujjatga  muvofiq  mahsulotning bojxona qiymatini hisoblash 
aynan ushbu mahsulot va uning analoglari qiymati to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni to‘plagan holda aniqlandi.
Bizning  fikrimizcha,  baholash  faoliyatining  rivojlanishi  va 
uning jahon amaliyoti standartlari bilan uyg‘unlashuvida 1999-yil 
19-avgustdagi «Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning qabul 
qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Qonun bir vaqtning o‘zida 
bozor qiymati to‘g‘risida, baholashning qanday amalga oshirilishi 
va hisobotning tuzilishi to‘g‘risidagi tushunchalar berilishi orqali 
baholash faoliyatining metodologik asosiga ham xizmat qildi. 
Qonun  baholash  faoliyati  ustidan  sertifikatlash  va  litsenziyalash 
orqali  shaffof  nazorat  yuritilishini  o‘rnatdi.  Shuningdek,  qonun 
baholovchilarning huquq va majburiyatlarini belgilab berish bilan 
birga ularni professional uyushma yoki ittifoqlarga birlashgan holda 
himoya qiluvchi jihatlarini ham belgilab qo‘ydi. 
Xususan, mazkur qonunni amaliyotda chuqurroq joriy etish 
maqsadida mamlakatimizda 1999-yilda dastlabki professional 
uyushma sifatida «O‘zbekiston baholovchilar uyushmasi» tashkil 
etildi. Keyinchalik majburiy bo‘lgan davlat standartlarining joriy 
1
 O‘zR BSt 77-01-97; O‘zR BSt 77-02-97; O‘zR BSt 852-98; O‘zR BSt 
76-01-98; O‘zR BSt 76-05-98.


171
etilishigacha bo‘lgan davrda bir qancha xususiy hollarda baholash 
faoliyatini amalga oshirishni belgilovchi bir nechta me’yoriy 
hujjatlar qabul qilindi.
2001-yilda «O‘zbekiston Respublikasining mulkni baholash 
milliy  tizimi»  standartlariga  mos  ravishda  davlat  tasurrufidan 
chiqarilayotgan aktivlarni baholash (xususiylashtirilayotgan) tartibi 
ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu tartibda baholashning xarajat, 
daromad va qiyosiy yondashuvlarda olib borilishi belgilab qo‘yildi. 
Ta’kidlash joizki, ushbu tartibning qabul qilinishi mamlakatimizda 
ko‘char va ko‘chmas mulklarning bozor qiymatini baholash 
davrini boshlab berdi. Shu paytgacha davlat aktivlarini baholashda 
qo‘llanilgan me’yoriy (indeksli) baholashdan voz kechildi.
Bundan tashqari, 2002-yilda asosiy fondlarni har yili 1-yanvar 
holatiga qayta baholash tartibi to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, 
Adliya  vazirligidan  2002-yil  4-dekabrda  № 1192-son  bilan 
ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu qarorga ko‘ra mamlakatimizda 
aktivlarning boshlang‘ich qiymatini aniqlashda indeksli baholashga 
muqobil sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri baholash tartibi belgilab 
qo‘yildi. Shu bilan birga mazkur qarorda xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarga o‘z aktivlarini bozor qiymatida balansda aks ettirish 
huquqi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 
18-apreldagi 188-sonli qarori bilan restrukturizatsiya qilinayotgan 
hamda bankrot deb topilgan tashkilotlarning mol-mulki qiymatini 
baholashda bozor qiymatidan farqli ravishda yangi qiymatlarni 
aniqlash joriy etildi. Bunga ko‘ra investitsion, likvidatsion, 
utilizatsiya qilingan mulklarning qiymati kreditorlar tomonidan 
o‘rnatilishi belgilandi va baholovchi belgilagan qiymat bilan mos 
kelmasligi mumkinligi e’tirof etildi. Mazkur holatning shu jihati 
muhimki, qaror buxgalteriya hisobotlari uchun foydalaniladigan 
aktivlarning balans qiymati bilan aktivlar bo‘yicha tuziladigan bitim 
tuzish (almashuv uchun qiymat, bozor qiymati, likvidatsion qiymat) 
uchun asos hisoblanadigan qiymat o‘rtasidagi farqni aniqlab berdi. 


172
Haqiqatan ham aynan bir xil mulk bir vaqtning o‘zida turli xil 
qiymatlarda bo‘lishi hamda mazkur qiymatlarni belgilash mulk egasi 
yoki bunday huquqqa ega bo‘lgan shaxslar tomonidan belgilanishi 
mumkin.
O‘zbekistonda mol-mulklarni baholash orqali bozor qiymatini 
aniqlash bo‘yicha mutaxassislarga kuchli ehtiyoj paydo bo‘lganligini 
e’tiborga olib, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 
210-sonli qarori asosida baholash faoliyatini litsenziyalash tartibi 
joriy etildi, 2008-yilga qadar baholash tashkilotlarining soni 
 
240 taga va maxsus o‘quv kurslaridan o‘tgan va attestatsiya olingan 
professional baholovchilar soni 1000 tadan ortib ketdi
1

Shu bilan birga, baholash jarayonini tartibga soluvchi standartlar 
qabul qilish jarayoni tezlashib ketdi. Xususan, 2006-yilda 
baholashning umummajburiy (nafaqat baholovchilar, balki barcha 
uchun) beshta milliy standarti ishlab chiqildi
2
. Ayni paytda ham 
ushbu standartlar respublikada baholash faoliyatini tartibga solib 
turuvchi me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatimizda 
baholash faoliyatining yanada rivojlanishi uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida 2006– 
2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni 
jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2006-yil 17-apreldagi 
PQ-325-sonli Qarori juda muhim o‘rin tutadi. Bu hujjat bilan 
baholash faoliyati ham yuqori malakali professional faoliyat turlari 
qatoriga kiritildi. 
Shu yilning o‘zida Adliya vazirligida 28-noyabrda 1643-son 
bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan sud ijrochilari tomonidan xatlangan 
1
  D.  Abdikarimova. Bank kreditlari garov ta’minotini baholash. 
Monografiya. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2016-yil. 168-b.
2
 
MBMS  №1  «Baholashning  umumiy  tushunchasi  va  baholash  tamoyillari», 
MBMS  №2  «Bozor  qiymati  baholashning  bazaviy  qiymati  sifatida»,  MBMS  №3 
«Bozor  qiymatidan  farqli  baholash  bazalari»,  MBMS  №4  «Moliyaviy  hisobot 
va  aralash  hujjatlashtirish  uchun  baholash»,  MBMS  №5  «Ssuda,  zaklad  va  qarz 
majburiyatli munosabatlarda baholash» standartlari.


173
mol-mulklar bo‘yicha ijro harakatlarini yuritish maqsadida baholash 
tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra mol-mulkni muddatidan oldin 
sotish jarayonida boshlang‘ich qiymat sifatida likvidatsion qiymat 
foydalanishi belgilab qo‘yildi va bu qiymat baholovchi tomonidan 
bozor qiymatiga asoslangan holda aniqlanadi. 2008-yilda bozor 
qiymatini baholash elementlari harbiy texnikalarni baholash 
jarayonlarida foydalanishga ham joriy etildi va MBMS №6 «Harbiy-
texnik mulklarni baholash» qabul qilindi (Adliya vazirligidan 
16.02.2008-yil № 1769-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan).
Baholash faoliyati rivojlanishining birinchi o‘n yilligining 
mantiqiy yakuni sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va 
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini 
oshirish to‘g‘risida»gi 2008-yil 24-aprelda PQ-843-sonli Qarorining 
qabul qilinishi bo‘ldi. Ushbu qarorda: «Qayd etib o‘tilsinki, 
respublikada baholash faoliyatini amalga oshirish uchun zarur 
qonuniy-huquqiy baza shakllantirilgan, uni faol rivojlantirish uchun 
iqtisodiy rag‘batlantirish vositalari yaratilgan, litsenziyalar berish 
tartibi sezilarli darajada soddalashtirilgan. Ayni vaqtda baholovchi 
tashkilotlarning amaliy faoliyati o‘sib borayotgan zamonaviy 
talablarni qoniqtirmayapti. Baholash ishlari bir qator hollarda yuzaki 
va past professional darajada o‘tkazilmoqda, xususiylashtiriladigan 
obyektlarning haqiqiy qiymati va ko‘rsatiladigan xizmatlarning 
sifati xolisona baholanishi uchun baholovchi tashkilotlarning zarur 
darajadagi mas’uliyati ta’minlab berilmayapti»
1
, deya ta’kidlab 
o‘tildi. 
Mazkur qaror qabul qilinishi natijasida mamlakatimiz baholash 
jarayonida tashkiliy-huquqiy jihatdan jiddiy o‘zgartirishlar 
amalga oshirildi. Xususan, «Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi 
Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi, O‘zbekiston Respublikasi 
1
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Baholovchi tashkilotlar 
faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun 
ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida»gi 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-
sonli qarori. http://www.lex.uz/


174
Vazirlar Mahkamasining «Baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning 
haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish mexanizmini tasdiqlash 
haqida»gi 2008-yil 28-iyuldagi 161-sonli qarori qabul qilindi, 
Adliya vazirligidan 05.09.2008-yilda 1851-son bilan ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan «Baholovchiga malaka sertifikatini berish to‘g‘risida»gi 
tartib, Adliya vazirligidan 1851-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
«Baholovchilar faoliyati sifatini aniqlashdagi ichki qoidalar 
to‘g‘risidagi tartib» 7-sonli mulkni baholashning milliy standartlari 
tasdiqlandi. 
Bundan tashqari, 2009-yil 21-dekabrda Vazirlar Mahkamasining 
«Mol-mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdialash, 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risidagi nozomni 
tasdiqlash haqida»gi 322-sonli qarori va Adliya vazirligidan 2009-
yil 8-mayda 1953-son bilan ro‘yxatga olingan «Intellektual mulk 
qiymatini baholash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi tartiblari 
 
qabul qilindi. 
2009-yilda  MBMS  № 8  «Xususiylashtirish  maqsadlarida 
mulk qiymatini baholash» Adliya vazirligida 28.10.2009-yilda 
2025-son  bilan  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan;  MBMS  № 9  «Biznes 
qiymatini baholash» Adliya vazirligida 28.10.2009-yilda 2026-
son  bilan  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan;  MBMS  № 10  «Ko‘chmas  mulk 
qiymatini baholash» Adliya vazirligida 28.10.2009-yilda 2044-
son  bilan  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan;  MBMS  № 11  «Davlat  turar  joy 
fondini xususiylashtirish maqsadida baholash» Adliya vazirligida 
19.10.2011-yilda 2279-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan; MBMS 
№ 12  Ko‘chmas  mulk  qiymatini  soliqqa  tortish  maqsadida 
yalpi baholash» Adliya vazirligida 08.05.2012-yilda 2359-son 
bilan  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan;  MBMS  № 13  «Intellektual  mulk 
obyektlarini baholash» Adliya vazirligida 18.06.2012-yilda 2371-
son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan milliy standartlar qabul qilindi
1

1
 O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘mak-
lashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotlari asosida 
tayyorlandi (www.gki.uz).


175
Hozirgi kunda MBMS № 14 «Ko‘char mulk obyektlarini baholash» 
standartini qabul qilish ustida ishlar olib borilmoqda. 
Albatta, O‘zbekistonda biznesni baholash instituti shakllanishining 
birinchi bosqichida baholashga bo‘lgan talab yuqori darajada 
bo‘lmaganligi, shuningdek, malakali va tajribali mutaxassislarning 
yetishmasligi  tashkiliy-huquqiy  bazaning  zaifligi  bilan  izohlanadi. 
Shunga qaramasdan, moddiy va nomoddiy aktivlar hamda mulklarni 
baholashning o‘sha davrda amal qilgan tartibi uning iste’molchilari 
talablarini qondirganligi bilan xarakterlidir. O‘z navbatida, 
iqtisodiyotda bozor munosabatlari amal qilgan sharoitda yuqori 
malakali va tajribali baholovchi-ekspertlarning faoliyat yuritishi 
juda muhim hisoblanadi, aks holda bozorda iqtisodiy munosabatga 
kirishayotgan sotuvchi yoki sotib oluvchi moliyaviy jihatdan katta 
talafot ko‘rishi mumkin.
Mamlakatimizda baholash institutini tashkil etish va baholash 
munosabatlari rivojlanishining keyingi bosqichlarida 1999-yil 
19-avgustda qabul qilingan «Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. 
Qonunning 4-moddasida O‘zbekistonda baholovchi tashkilotlar 
faoliyatini litsenziyalash tartibini O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yilgan O‘zbekiston 
Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va 
raqobatni rivoj 
lantirish davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklab 
qo‘yilgan.
O‘zbekistonda mazkur qonunda belgilab qo‘yilganidek, 
baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini 
beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi. 
Baholovchi tashkilotlarning qator huquq va majburiyatlari 
mavjud bo‘lib, xususan, buyurtmachi yoki boshqa manfaatdor 
shaxslar ularning faoliyatiga aralashishi mumkin emas. Baholash 
tashkiloti litsenziya olish uchun quyidagi shartlarni bajarishi 
zarur. Xususan:


176
– tashkil etilayotgan baholash tashkilotining rahbari baholash 
huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘lishi;
–  tashkilotning  shtat  birligida  malaka  sertifikatiga  ega  bo‘lgan 
baholovchilar qonunchilikda belgilangan shtatdagi eng kam soni 
2–4 ta ta’minlangan bo‘lishi;
– zarur summadagi ustav fondini shakllantirgan bo‘lishi;
– 
baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligi 
sug‘urtalanganligi bo‘yicha sug‘urta polisining mavjud bo‘lishi;
–  baholash  sertifikatiga  ega  bo‘lgan  baholovchi  faqat  bitta 
baholovchi tashkilotning muassisi bo‘lishi lozimligi kabi talablar 
belgilab qo‘yilgan.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan baholash tashkilotlari 
uyushmasi xalqaro baholash uyushmalari va fondlari bilan o‘zaro 
aloqasini yo‘lga qo‘yishi, bu soha bo‘yicha xalqaro amaliyotda 
ro‘y berayotgan samarali tajribalarini milliy amaliyotda joriy etishi 
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Fikrimizcha, mamlakatimizda baholash standartlari bilan bog‘liq 
ishlarning yuqoridagi tartibda amalga oshirilishi, birinchidan, 
baholash standartlarining amaliy izchilligini ta’minlasa, ikkinchidan, 
ushbu munosabatlarda ishtirok etayotgan tomonlarning manfaatlarini 
himoya qilishga xizmat qiladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin