21
II BOB. ATOM VA MOLEKULALAR IDENTIFIKATSIYASI.
2.1.
Yadro magnit rezonans, ultrabinafsha, infraqizil va mass-
spektroskopiyalar.
Spektroskopiya,
jumladan,
molekulyar
spektroskopiya
elektromagnit
to’lqinlarning moddada yutilishi, qaytishi va sochilishi jarayonlari vositasida
moddani tashkil etgan molekulalarning tuzilishi va xossalarini o’rganuvchi fandir.
Spektroskopik tadqiqotlarning obyekti sifatida turli agregat holatida bo’lgan
turli-tuman moddalardan foydalanish mumkin. Bunday obyektlarning eng oddiy
holi molekulalari bir-biridan ularni mustaqil deb hisoblash mumkin bo’lgan
masofada joylashgan siyraklashgan gazlardir. Eng
murakkab holi esa har bir
zarrachasi molekulalararo o’zaro ta’sirda ishtirok etuvchi kondensirlangan muhit
hisoblanadi. Spektroskopik ma’lumotlardan nafaqat molekulaning tuzilishi va
xossalari, shuningdek, molekulalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari haqida,
modda
tuzilishi bo’yicha ham ma’lumotga ega bo’lish mumkin.
Ma’lumki, elektromagnit nurlanish energiyasining to’lqin uzunligi bo’yicha
taqsimlanishi spektr deyiladi. Nurlanishning modda bilan ta’siriga qarab nurlanish
spektri, yutilish spektri, sochilish spektri va qaytish spektriga ajraladi.
Spektroskopiyani umumiy holda atom yadro spektroskopiyasi, molekulyar
spektroskopiya va kristallar spektroskopiyasiga bo’lib o’rganiladi. Kogerent
yorug’lik manbalari – lazerlar kashf qilinganidan
keyin spektroskopiya yana
kogerent nurlar spektroskopiyasi, ya’ni lazerlar spektroskopiyasi, kogerent
bo’lmagan nurlar spekroskopiyasi – klassik spektroskopiyaga bo’lindi.
Elektromagnit nurlanishning sohasiga qarab spektroskopiya:
nurlar spektroskopiyasi (to’lqin
uzunligi
10
–10
-10
–11
m yoki chastotasi
=3×10
18
-3×10
20
Hz),
rentgen nurlari spektroskopiyasi (to’lqin uzunligi
10
-8
-10
-10
m yoki
chastotasi =3×10
16
-3×10
18
Hz),
22
optik spektroskopiya (to’lqin uzunligi
10
-3
-10
-8
m
yoki chastotasi
=3×10
12
- 3×10
16
Hz, (bu sohaning o’zi yana infraqizil, ko’rish sohasi va
ultrabinafsha sohalarga bo’linadi),
radiospektroskopiya (to’lqin uzunligi =10
–4
-10
-2
m yoki chastotasi =3×10
6
-
3×10
12
Hz (bunga mikroto’lqin spektroskopiyasi, EPR va YAMR ham kiradi)
sohalarga bo’linadi.
Har bir soha molekulyar sistema harakatining ma’lum bir turi haqida
ma’lumot beradi. Masalan, ko’rish va ultrabinafsha sohada elektron o’tishlar
haqida ma’lumot olinsa, infraqizil sohada molekula
atomlarining muvozanat
vaziyati atrofida tebranishi haqida ma’lumot olish mumkin.
Molekulaning spektri moddaning xususiyatlari haqida to’liq ma’lumot
beradi. Molekulaning spektriga qarab nafaqat modda qanday molekulalardan
tashkil topganligi haqida, hatto molekuladagi atomlarning o’zaro joylashishi,
molekulalarning izomerlari haqida ham ma’lumot olish mumkin.
Misol uchun,
AlCl
3
, Al
2
Cl
6
, C
6
H
5
Cl va hokazo moddalarning tuzilishini keltirib o’tish mumkin.
Molekulyar spektroskopiyaning muhim ustunliklaridan biri tajriba paytida modda
holati va xususiyatlari o’zgarmay qoladi, ya’ni moddaning barcha xususiyatlari
saqlanib qoladi. Molekulalarning spektri atomning spektriga nisbatan ancha
murakkab.
Molekulalarda elektronlarning harakati bilan birgalikda
atom yadrolarining
bir-biriga nisbatan tebranma harakati va fazodagi holatining davriy o’zgarishi
aylanma harakati mavjud. Shuning uchun spektrni hosil qiladigan energetik
sathlarning holatiga qarab aylanma, tebranma- aylanma,
elektron-tebranma-
aylanma spektrlar mavjud (2.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: