D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/59
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203007
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
61e54be6345e45.35724858

“A” sinf manzillari.
―A‖ sinf tarmoqlari manzildagi eng katta (chap) bitning 
0 qiymati bilan aniqlanadi. Birinchi oktet (0 dan 7 gacha bitlar) manzildagi chap 
bitdan boshlanadi. Ushbu oktet tarmoqdagi tarmoqosti (tarmoqning ichidagi kichik 
tarmoq)lar sonini belgilaydi, ayni vaqtda qolgan uchta oktet (8 dan 31 ga qadar 
bitlar) tarmoqdagi xostlar sonini ifoda etadi. Misol uchun, tarmoqdagi A 124.0.0.1 
sinfi manzilini olaylik. Bunda 124. - tarmoq manzilini ifoda etadi, manzil ohiridagi 
0.0.1 esa, ushbu tarmoqdagi birinchi xostni anglatadi. ―A‖ sinf manzillari 
yordamida, har bir tarmoqda faqatgina 16 777 214 (2
24
-2) ta xostlarni ifoda etish 
mumkin.


63 
“B” sinf manzillari.
―B‖ sinf tarmoqlari manzilning katta bitlarida 10 
qiymatlar bilan belgilanadi. Manzildagi birinchi ikkita oktet (0 dan 15 ga qadar 
bitlar) tarmoq manzillarini ifoda etish uchun xizmat qiladi, qolgan ikkita oktet esa, 
ushbu tarmoqlardagi xost raqamlarini ifoda etadi. 16384 ta tarmoqning har birida 
65534 ta xostga ega bo‘lamiz. Misol uchun, ―B‖ sinfi manzilidagi 172.16.0.1, 
tarmoq manzili - 172.16, xost raqami - 0.1.

C” sinf manzillari.
―C‖ sinf tarmoqlari manzildagi katta bitlar 110 
qiymatlari bilan aniqlanadi. Birinchi uchta oktet (bitlar 0 dan 23 ga qadar) tarmoq 
raqamlarini ifoda etish uchun foydalaniladi, so‗nggi oktet esa (bitlar 24 dan 31 ga 
qadar) tarmoqdagi xostlar raqamini o‗zida ifoda etadi. Shunday qilib, 2 097 152 ta 
tarmoqqa ega bo‗lamiz. Ularning har birida 254 ta xost bo‗ladi. Misol uchun C 
sinfi tarmog‗idagi 192.11.2.1 manzilni olaylik. Undagi 192.11.2 tarmoq manzilini 
o‗zida ifoda etadi. Tarmoqdagi xostning raqami esa – 1.
“D” sinf manzillari.
―D‖ sinf tarmoqlari IP – manzilning birinchi to‗rtta 
bitlarida 1110 qiymatlari bilan belgilanadi. ―D‖ sinfining manzil kengligi 
qurilmalar to‗plamini manzillash uchun foydalanuvchi, guruhli IP – manzillarni 
ifoda etish uchun zahiralashtirilgan. Bu mazkur paketning manzil maydonida 
ko‗rsatilgan raqam bilan guruhni tashkil etuvchi bir nechta qurilmalarga darhol 
yetkazilish lozimligini anglatadi.

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin