64
IPv6 protokoli
IPv6 4-versiyaning vorisi bo‗lgan Internet protokolining yangi versiyasini
ifoda etadi. IPv4 ga nisbatan IPv6 dagi o‗zgarishlarni quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin:
-
manzillashning kengayishi
. IPv6 da manzil uzunligi 128 bitgacha
kengaytirilgan (IPv4 da 32 bit). Bu esa manzillash ierarxiyasining ko‗proq
pog‗onalarini ta‘minlash, manzillashtiriladigan qurilmalar sonini oshirish, avto-
konfiguratsiyani soddalashtirish imkonini beradi. Multikasting-marshrutlashtirish
imkoniyatlarini kengaytirish uchun manzil maydoniga ―scope‖ (manzillar guruhi)
kiritilgan. Manzilning yangi ―anycast address‖ turi aniqlangan.
U mijoz
so‗rovlarini serverning istalgan guruhiga yuborish uchun foydalaniladi. Anycast
manzillash o‗zaro xarakat qiluvchi serverlar to‗plamidan foydalanish uchun
mo‗ljallangan bo‗lib, ularning manzillari mijozga oldindan ma‘lum bo‗lmaydi;
-
qo‘shimcha opsiyalar
. IP-sarlovhalarning opsiyalari kodlashtirilishining
o‗zgartirilishi paketlarni qayta manzillashtirilishini yengillashtirish imkonini
beradi. Opsiyalar uzunligiga bo‗lgan cheklovlarni
kamaytiradi va kelajakda
qo‗shimcha opsiyalar kiritilishini yanada ochiqroq qiladi;
-
ma’lumot oqimlariga belgilar qo‘yish imkoniyati
.
Muayyan transport
oqimlariga tegishli bo‗lgan, ular uchun jo‗natuvchi qayta ishlashning muayyan
tartibini so‗ragan paketlarga belgi qo‗yish imkoniyati. Masalan TOS (xizmatlar
turi)ning nostandart turi yoki ma‘lumotlarga vaqtning real tizimida qayta ishlash
joriy qilindi;
-
xususiy almashishlarni identifikatsiyalash va himoyalash. IPv6 da
ma‘lumotlarning yaxlitligini va istalganda xususiy ma‘lumotni himoyalash uchun
tarmoq ob‘ektlarida yoki sub‘ektlarida identifikatsiyalash tasnifi joriy qilingan.
Dostları ilə paylaş: