IPv6 versiyasida manzillash va manzillar yozuvlarini taqdim
etish arxitekturasi
Manzillarning uchta turi mavjud:
Unicast:
Birlik interfeys identifikatori. Unicast manzildan yuborilgan paket
manzilda ko‗rsatilgan interfeysga yetkaziladi.
Anycast:
turli qurilmalarga tegishli bo‗lgan interfeyslar to‗plamini
identifikatsiyalovchi. Anycast manzildan yuborilgan paket manzilda ko‗rsatilgan
interfeyslardan biriga yetkaziladi (marshrutlashtirish protokolida belgilanganlardan
eng yaqini).
Multicast:
Turli qurilmalarga tegishli bo‗lgan interfeyslar to‗plamini
identifikatsiyalovchi. Multicast manzil bo‗yicha yuborilgan paket ushbu manzil
67
tomonidan berilgan barcha interfeyslarga yetkaziladi.
IPv6 da keng ravishda oldindan xabar beruvchi manzillar mavjud emas.
Ularning funksiyalari multikast manzillarga o‗tkazilgan.
IPv6 manzillarini matn satrlari ko‗rinishida ifoda etishning uchta standart
shakllari mavjud:
1. Asosiy shakli x: x: x: x: x: x: x: x ko‗rinishiga ega. Bunda ―x‖ – 16 bitlik
– o‗n oltilik sonlar.
Misollar:
FEDC:BA98:7654:3210:FEDC:BA98:7654:3210
1080:0:0:0:8:800:200S:417A
E‘tibor qiling, har bir muayyan maydonlarda boshlang‗ich nollarni yozishga
hojat yo‗q, biroq har bir maydonda hech bo‗lmaganda bitta raqam bo‗lishi lozim
(2-bandda bayon etilgan xolatdan tashqari).
2. IPv6 manzillari ayrim turlarida ko‗pincha o‗zlarida nolli bitlarning uzun
ketma-ketligini mujassamlashtiradi. Nol bitlik manzillar yozuvini qulayroq qilish
uchun, ortiqcha nollarni olib tashlash uchun maxsus sintaksis nazarda tutilgan. « ::
» yozuvidan foydalanish 16 ta nollik bitlardan iborat guruhlar borligiga ishora
qiladi. « :: » kombinatsiyasi faqatgina manzil yozilishida paydo bo‗lishi mumkin.
«::» ketma-ketligi shuningdek yozuvdan manzildagi boshlang‗ich va yakunlovchi
nollarni olib tashlash uchun foydalanilishi mumkin. Masalan:
1080:0:0:0:8:800:200S:417A unicast manzil
FF01:0:0:0:0:0:0:43
multicast manzil
0:0:0:0:0:0:0:1
teskari aloqa manzili
quyidagi ko‗rinishda ifoda etilishi mumkin:
1080::8:800:200S:417A
unicast manzil
FF01::43
multicast manzil
:: 1
teskari aloqa manzili
3. IPv4 va IPv6 larda ishlash uchun qulayroq bo‗lgan yozuvning muqobil
shakli bo‗lib x:x:x:x:x:x:d.d.d.d xizmat qiladi, bunda ―x‖ – manzilning o‗n
oltinchilik 16 bitlik kodlari, ―d‖ esa – manzilning kichik qismini tashkil etuvchi
68
o‗nlik 8 bitlik kodlari (standart IPv4 ifodasi), Misol uchun:
0:0:0:0:0:0:13.1.68.3 (siqilgan ko‗rinishda ::13.1.68.3)
0:0:0:0:0:FFFF:129.144.52.38 (siqilgan ko‗rinishda ::FFFF:129.144.52.38)
Jadvaldan ko‗rinib turibdiki bu ikki protokol bir-biri bilan solishtirilganda
ustunlik va kamchiliklari bor. IPv6 protokolida xavfsizlik choralari ko‗rilgani,
ya‘ni IPSec protokolini ishini osonlashtirish uchun qo‗shimcha maydon
qo‗shilganligi, ma‘lumotlarni yetib borishi sifati va ishonchliligi, IPv6 asosidagi
qurilgan tarmoqning sodda arxitekturaga ega bo‗lishi, ya‘ni NAT – tarmoq
manzillarini ishlatmagan holda end-to-end asosida ishlashni tashkil etgani uchun
ham bu protokolga o‗tish eng to‗g‗ri yechimdek ko‗rinishi mumkin. Ammo,
hozirdagi
ko‗plab
tarmoq
qurilmalarining
IPv6
protokolini
qo‗llab
quvvatlamasligi, ko‗plab kontent ma‘lumotlardan IPv6 orqali foydalanish ilojsiz
bo‗lgani, qurilmalarni yangilash uchun esa katta xarajat va vaqt talab etilishi bu
protokolni qo‗llashda ko‗plab qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Hozirda IPv4 manzillari qolmagani va keyingi ulanayotgan yangi
foydalanuvchilarni faqat IPv6 orqali manzillash mumkin bo‗lganligi, IPv6
protokoliga o‗tish muqarrarligini anglatadi.
3.2.
Marshrutizatsiya protokollari
TCP/IP stekining yo‗nalish axborotlari bilan almashishning hamma
protokollari adaptiv protokollar sinfiga kiradi. Ular o‗z navbatida ikki guruhga
bo‗lingan, ularning har biri quyidagi algoritmlar turi bilan bog‗langan:
-
masofa-vektor algoritmi
(Distance Vector Algorithms, DVA);
-
aloqa xolati algoritmi
(Link State Algorithms, LSA).
Masofa-vektor turidagi algoritmlarda marshrutizator vaqti-vaqti bilan va
keng ogox qilingan holda tarmoq bo‗yicha o‗zidan to unga ma‘lum bo‗lgan
tarmoqlarga masofa vektorini yuboradi. Masofa deganda odatda paket muvofiq
tarmoqqa tushishdan oldin nechta oraliq marshrutizatorlar orqali o‗tishi tushiniladi.
Nafaqat paket o‗tgan oraliq nuqtalar, u qo‗shni marshrutizatorlar orasida aloqa
69
bo‗yicha o‗tgan vaqtini ham hisobga oluvchi boshqa metrika ham ishlatiladi.
Qo‗shni marshrutizatordan vektorni qabul qilib har bir marshrutizator o‗zi bevosita
(agar tarmoqlar uning portiga ulangan bo‗lsa) yoki qo‗shni marshrutizatorlarning
o‗xshash elementlaridan bilib olgan unga ma‘lum boshqa tarmoqlar to‗g‗risida
axborotni vektorga qo‗shadi va tarmoq bo‗yicha vektorning yangi mazmunini
jo‗natadi, oxir oqibat har bir marshrutizator inter tarmoqdagi tarmoqlar va qo‗shni
marshrutizatorlar orqali ularga bo‗lgan masofa to‗g‗risida axborotni bilib oladi.
Masofa-vektor algoritmlari uncha katta bo‗lmagan tarmoqlardagina yaxshi
ishlaydi. Katta tarmoqlarda ular intensiv keng ogoxlantirish trafigi bilan aloqa
liniyalarini sifatsiz qiladilar. Bundan tashqari bu algoritm konfiguratsiyaning
o‗zgarishi har doim ham to‗g‗ri bajarilmaydi, chunki marshrutizatorlar tarmoqdagi
aloqalar topologiyasi aniq tushunchaga ega emaslar, ular faqat vositachilar orqali
olingan, umumlashgan axborotga – masofa-vektoriga egalar. Masofa-vektori
protokoliga muvofiq marshrutizator ishi ko‗prik ishini eslatadi, chunki bunday
marshrutizator tarmoqning aniq topologik sur‘atiga ega emas.
Masofa – vektori algoritmi asosidagi eng ko‗p tarqalgan protokol bo‗lib, RIP
protokoli hisoblanadi.
Aloqa xolatining algoritmi, har bir marshrutizatorni tarmoq aloqalarining
aniq grafasini qurish uchun yetarli axborot bilan ta‘minlaydi. Hamma
marshrutizatorlar bir xil graflar asosida ishlaydi, bu marshrutlash jarayonini
konfiguratsiyasi o‗zgarishiga mustaxkamliroq qiladi. Keng ogoxlantirishli
jo‗natmalar faqat aloqalar xolatining o‗zgarishidagina ishlatiladi, bunday xolat
ishonchli tarmoqlarda kam uchraydi. Aloqa liniyalar xolatini qandayligini
tushunish uchun uning portlariga ulangan marshrutizator o‗zining yaqin qo‗shnilari
bilan kalta paketlarni vaqti-vaqti bilan almashib turadi. Ushbu grafik ham keng
ogohlantiruvchi, lekin u qo‗shnilar orasida bo‗lganligi sababli tarmoqni kamroq
sifatsizlantiradi.
TCP/IP stekida aloqalar xolatining algoritmi asosidagi protokol bo‗lib,
OSPF protokoli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |