D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/59
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203007
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59
61e54be6345e45.35724858

 
IP protokoli 
Internetda ko‗plab turli xil paketlardan foydalaniladi, lekin asosiylaridan biri 
bu - IP-paketdir (RFC-791). IP-protokol ishonchli bo‗lmagan transport muhitini 
taklif etadi. Mazkur protokolning ma‘lumotlarni uzatish algoritmi juda ham oddiy: 
xato hollarda deytagramma tashlab yuboriladi, jo‗natuvchiga esa tegishli ICMP-
xabar yuboriladi (yoki hech narsa yuborilmaydi).


59 
IP-protokolida tarmoqlararo xizmatlarni ta‘minlash uchun to‗rtta asosiy 
mexanizm qo‗llaniladi: xizmat ko‗rsatish turi, paket yashash vaqti, sarlovhaning 
nazorat yig‗indisi, qo‗shimcha imkoniyatlar.
Xizmat ko‗rsatish turi tarmoqlararo deytagrammaning uzatilishida talab 
etiladigan sifatni ko‗rsatishi uchun foydalaniladi. 
Paketning yashash vaqti tarmoqdagi paketning mavjud bo‗lish vaqtining 
yuqori chegarasini ko‗rsatadi. Ushbu ko‗rsatkich jo‗natuvchi tomonidan beriladi va 
paketning marshrut nuqtalari bo‗ylab xarakatlanishiga ko‗ra kamayib boradi. 
Paketning vaqti qabul qilib oluvchiga yetib borguniga qadar nol bo‗lsa, u holda 
ushbu paket yo‗q qilinadi. 
Sarlovhaning nazorat yig‗indisi undagi ma‘lumotlarning himoyasini 
ta‘minlaydi. Agarda modul sarlovhada xatolikni aniqlasa, ushbu paket uni 
aniqlagan modul tomonidan yo‗q qilinadi. 
Qo‗shimcha imkoniyatlar ayrim qo‗shimcha xizmatlar bajarilishini 
ta‘minlaydi. Masalan, ma‘lumotlarni himoyalash va maxsus marshrutlashtirish 
usullari.
IPv4 protokoli 
IPv4 protokoli o‗tgan asrning 70-yillarida ishlab chiqilgan. 2
32 
ta 
manzillarini taqdim eta olish imkoniga ega bo‗lgan ushbu protokol bir qancha 
kamchiliklarga ega. Eng asosiysi, manzillar soni barcha ehtiyojlarni qondirish 
uchun kamlik qiladi. Bundan tashqari xavfsizlik masalalari ushbu protokolda 
ko‗rib chiqilmagan. 

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin