Esse ko'proq fikrlash, bilim mazmunining yuqori bosqichiga xos. U talabalarning yozma nutq ko'nikmalarini takomillashti- rishga yordam beradi. Uni tuzish nisbatan oson hamda talabalar tomonidan tavakkal javoblar tanlanishiga yo'l qo'ymaydi.
Masala yechish metodi — berilgan ma’lumotlar, raqamlar, dalillar, hujjatlar asosida hisob-kitob qilish orqali noma’lum natijani topish, uni tahlil qilish va xulosa chiqarishni o'rgatadigan metod.
Iqtisodiy fanlarni, ayniqsa, mutaxassislik fanlarini o'rganishda masala mashqlardan foydalanish muhim va asosiy o'rin tutadi. Masala yechish faqat topshiriqni hisob-kitob qilish emas, balki chuqur fikr yuritishni ham taqozo etadi. Masalalar amaliy yo'nalishga ega bo'lgani uchun fanni o'rganishda muhim rol o'ynaydi.
Mashq deganda odatda kishi o'zining bilimlarini chuqur- lashtirish hamda tegishli malaka va ko'nikmalar hosil qilish maqsadida harakatlarni og'zaki va yozma ravishda takror amalga oshirishini tushunamiz.
Mashqlardan foydalanish metodi esa fanni o'rganish, malaka, ko'nikmalar hosil qilish uchun tayyorgarlik ko'rish, takrorlash va sinab ko'risliga qaratilgan metoddir.
Ma’ruza darsida foydalaniladigan masala mashqlari qisqa vaqtda yechiladigan va o'rganilayotgan mavzuning tushinishga yordam beradi, murakkab hisob-kitoblami talab qilmaydigan bo'lishi lozim.
Amaliy darslarda masala mashq yechish imkoni katta murakkab, hisob-kitoblarni talab etadigan masalalarni uyga vazifa qilib berish mumkin.
Test metodi ko'zlangan maqsadga ko‘ra, savol qo'yib, unga bir-biriga yaqin bir necha, lekin to'g'risi bitta bo'lgan javoblar mu- jassamlangan topshiriq, mashqni bajarish orqali fanni, mavzuni o'rganishga, o'quvchi-talabalar bilimini sinashga qaratilgan metod bo'lib uni barcha fanlarni o'rganishda qo'llash mumkin.
Esse yozish metodi muallifning individual pozitsiyasini, dun- yoqarashini alohida ajratib ko'rsatish orqali erkin yozma bayon qilishga yo'naltirilgan, talabalarni iqtisodiy fikr yuritish va uni yozma ravishda ifodalashga o'rgatadigan va ularning bilimini baholashda qo'llaniladigan metod bo'lib, bu metoda savollarni to'g'ri tanlay bilish nihoyatda katta rol o'ynaydi.