D. V. Rasulova I. Xotam ov X. S. Asatullayev


Marketingning asosiy kategoriyalari34



Yüklə 19,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/78
tarix03.12.2023
ölçüsü19,43 Kb.
#172221
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
D. V. Rasulova. Biznesni tadqiq etish usullari. 2019

Marketingning asosiy kategoriyalari34
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga 
imkon beradi. Muhtojlik kishining biror-bir narsa yetishmasligini his
36 Qosimova M.S., Yusupov M.A., Ergashxodjayeva SH.D. Marketing. Darslik. — T.: TDIU, 
2010. 265 b.
123


etishidir. Ehtiyoj individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus 
shaklga m uhtojlikdir. Talab xarid quvvatiga ega ehtiyoj .Talab -
mavjud, potensial hamda xohish talabga bo‘linadi. Tovar - ehtiyoj yoki 
muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e ’tibom i tortish, sotib 
olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha 
narsalardir. M arketingning mohiyati iste’molchilar talabiga mos 
tovam i ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hamda unga talab, ishlab 
chiqarish 
imkoniyatlarini 
moMjallashdan 
iborat. 
Bunda 
faol 
marketingdan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
M amlakatimiz ishbilarmonlari orasida marketing tizim laridan 
qaysi 
birini 
q o ‘llash, 
respublikamizning 
qaysi 
sharoitlarini, 
xususiyatlarini qanday tartibda e ’tiborga olish lozim, degan savollar 
tu g ‘ilishi tabiiydir. Bu savollarga to ‘liq javob topish murakkab va u 
birqancha om illarga bog‘liq, y a ’ni korxonalaming iqtisodiy-moliyaviy 
holati, shakllanayotgan bozor konyunkturasi, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot turi, raqobat va korxonaning bozor talablarining o ‘zgarishiga 
mos ravishda m ahsulotni takomillashtirish va boshqalar. Kichik biznes 
faoliyatida ishlab chiqarish va savdo faoliyatini tashkil qilishning 
o ‘ziga xos xususiyati bu turdagi tadbirkorlik sohasiga marketing 
tamoyllarini tatbiq etish jarayoniga o‘z ta’sirini k o ‘rsatadi. Kichik 
biznes faoliyatida m arketing tizimini qoMlashning eng muhim tomoni, 
korxonaning iste’m olchilar bilan to‘g ‘ridan to ‘g ‘ri m uloqotda boMish 
zaruriyati va imkoniyatidir. Shuning uchun ham kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing funksiyasi bozom i tashkil 
etishdan boshlab, sotuv oldi va sotuvdan keyingi xizm atlam i tashkil 
etishgacha o ‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Kichik biznes faoliyati 
ishlab chiqarish xarakteriga ega boMgan korxona boMganligi uchun 
marketing faoliyatning barcha elementlarini o ‘zlashtiradi va ular 
orasida quydagilar asosiy o ‘rinda turadi;
- bozor vaziyatlarini va tendensiyalarini o ‘rganish, prognozlash va 
eng samarali bozor segmentlarini aniqlash; - ilmiy-tekshirish va tajriba 
konstruktorlik kashfiyotlari va mahsulot turini doimiy mukammal- 
Iashtirish, iste’m olchilar buyurtmasi asosida ishlab chiqarishni tashkil 
etish; - xaridorlar bilan to‘g ‘ridan to‘g ‘ri doimiy aloqa o ‘rnatish va 
ulam ing toMov qobilyatini nazorat qilish; -mahsulotni sotish usullarini 
va tarqatish kanallarini takomillashtirish; - reklama va sotuvni
124


rag batlantirish, yetkazib berilayotgan mahsulotlar uchun sotuvdan 
keyin xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish va hokazo.
Kichik biznes faoliyatida marketingni tatbiq etish darajasidan kelib 
chiqqan holda marketing konsepsiyasining uchta turini ko‘rsatish 
mumkin; - birinchidan, kichik biznes faoliyatida nafaqat marketing 
xizmatini tashkil etish, balki boshqarish uslubini o ‘zgartirish va 
faoliyatni to ialigicha bozomi boshqarish konsepsiyasi hisoblangan 
marketinga y o ‘naltirish; - ikkinchidan, biznes va xususiy tadbirkorlikda 
marketing faoliyatining ayrim o ‘zaro b o g iiq uslub va manbalar 
kompleksini ishlatish, y a’ni mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni 
bozor konyunkturasi va talabni o'rganish asosida amalga oshirish, 
sotuvdan keyingi xizmatni tashkil etish va hokazo; - uchinchidan, 
biznes va xususiy tadbirkorlikda marketingni ayrim elementlarini 
amalga oshirish, masalan, reklama, sotuvni rag‘batlantirish talabidan 
kelib chiqqan holda narxni belgilash. Hozirgi bozor munosabatlari 
sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida yuqorida 
ko rsatib o ‘tilgan marketing konsepsiyalarining ikkinchi turidan 
samarali foydalanilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik miqyosining kichikligi tufayli kam 
xarajatli 
samarali 
marketing 
tadbirlarini 
o ‘tkazish 
zarur deb 
hisoblaymiz.
O zbekiston Respublikasi sharoitida marketing bilan mustaqil 
shug ullanuvchi, y a ’ni bozor izlanishlarini olib boruvchi va xaridorlar 
bilan faol aloqada boiuvchi iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi 
korxonalar ozchilikni tashkil etadi.
Aksincha, ommaviy talab mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kichik 
korxonalar asosiy o ‘rin egallaydi va ular tashqaridan ko‘rsatiladigan 
marketing 
xizmatlariga 
muhtojdirlar. 
Shuning 
uchun, 
bunday 
korxonalami o ‘z vaqtida mahsulotlar, bozor, iste’molchilar talabi va 
narx - navo to ‘g ‘risidagi aniq m a’lumotlar bilan ta’minlash zarurdir. 
Shu sababli marketing samaradorligi tahlil qilinganda turli kanallar, 
mahsulotlar, 
hududlar 
va 
boshqa 
marketing 
obyektlarining 
keltirayotgan nisbiy daromadi ko‘rinadi.
Korxonadagi yoki uning boiinm asidagi marketing samaradorligi 
uning y o ‘nalishining 5 ta asosiy tashkiliy qismlariga bogiiq, 
xaridorlarga 
e ’tiborini 
qaratish, 
marketing 
integratsiyasi,
125


m a’lumotlarining ishonchliligi, strategik yo ‘naltirganlik va tezkor 
samaradorlik.
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni 
ishlab chiqishda kichik biznes va tadbirkorlikning samarali vositasi 
hamda asosi bo‘lib m arketing hisoblanadi hamda kichik biznes va 
tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, 
rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
M arketing kichik biznes va tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu 
nafaqat yoqilg‘i, balki kema komandasidir.
7.2-rasm. Korxonadagi marketing samaradorligi yo‘nalishining

Yüklə 19,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin